O’zbek teatr tarixi jadid dramaturgiyasi va o’zbek teatri


Download 0.6 Mb.
Sana26.04.2020
Hajmi0.6 Mb.
#101595
Bog'liq
3-мавзу

O’ZBEK TEATR TARIXI

Jadid dramaturgiyasi va o’zbek teatri

  • O’zbek teatri jadidchilik harakatining mevasi — ma'rifiy teatr sifatida tug’ilgan edi.Birinchi o’zbek ijodiy jamoasi bo’lmish «Turon» truppasining «Nizom»ida teatrning bosh maqsadi
  • «a) aholi o’rtasida sahna ishlari va hayriyaga jiddiy munosabatni rivojlantirish,
  • b) xalq uchun spektakl ko’rsatish, unga sog’lom tomosha berish...» deb uqtirilgan edi. Sahna ishini tashkil etgan va uni xalq orasida keng yoygan Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy singari atoqli ma'rifatparvarning sa'y-harakati bilan bu teatr tez orada xalq madaniy hayotining tarkibiy qismiga aylandi. Sanoqli bir necha yil davomida o’ttizga yaqin pеsa yaratildi, aktyorlik va rejissorlik san'atining tub tamoyillariga asos solindi.
  • Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati — uning oila ha­yotini tasvirlash bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma'rifiy tarbiyalash va shu orqali jamiyat hayotida avj olib borayotgan milliy uyg’onish g’oyalarini tarannum etishda ko’ringan edi.

MAHMUDXO’JA BЕHBUDIY (1875 – 1919)

XX asr o’zbek teatri madaniyatimiz tarixida ro’y bergan noyob hodisa­lardandir. 1914-yili Mahmudxo’ja Behbudiyning «Padarkush» pеsasi bilan o’z pardasini ochgan o’zbek teatri ikki-uch o’n yillik ichida har bir xalq hururlansa arzigulik teatr sifatida maydonga chiqdi.

Mahmudxo’ja Bеhbudiy Turkiston jadidchilik harakatining asoschilari bir. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida 20-yillarda mahalliy matbuotda Sadriddin Ayniy, hoji Muin ibn Shukrullo, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomonidan bir qator maqola, xotiralar e'lon qilingan. Kеyingi yillarda, xususan, mustaqillikka erishilgandan so’ng jadidlar faoliyatini o’rganishga qiziqish kuchayishi bilan Bеhbudiy ham qayta kashf etila boshlandi. Bеhbudiy tarjimai holini yoritishda hoji Muinning 1922-23 yillarda o’zi muharrirlik qilgan “Mеhnatkashlar tovushi” (1922), “Zarafshon” (1923) gazеtalarida chop etgan maqolalari muhim ahamiyatga ega.

MAHMUDXO’JA BEHBUDIY TEATR HAQIDA

Teyotr — ibratnomadur... Hech kimni rioya qilmasdan to’g’ri so’zlaguvchi va ochiq haqiqatni bildiruvchidir... Umumiy odatlarni nafi va zararidan paydo bo’laturg’on natijalarni teatrxonada aynan ko’rsaturlarki, har kim mundan ta’sirlanib, yomon odatlarni tark etib, yaxshilikni ziyoda ishlamoqg’a sabab bo’lur... teyotr xonalari masxarabozxona bo’lmay, balki ibratxonadur, mushaxxis-aktyor muallimi axloqdurlar.



MAHMUDXO’JA BEHBUDIY ZAMONDOSHLARI XOTIRASIDA

Siyosiy, ijtimoiy faoliyat va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o’sha vaqtdagi jadidlaridan unga teng keladigani yo’q, deb o’ylayman.



Fayzulla Xo’jayev

PADARKUSH YOXUD O’QIMAGAN BOLANING HOLI

«Padarkush» pyesasida o’qimishli bo’lishdan ko’ra o’qimaslikni afzal ko’rgan bir boy va o’qimay, otasi pullarini ichkilikka sarf qilib, oxiri o’z otasi o’limiga sababchi bo’lgan bebosh o’g’il Toshmurodlarning fojiali qismati haqida hikoya qilingan.

Asar ilk bor 1914-yilning yanvarida Samarqandda, so’ng o’sha yilning 27-fevralida Toshkentda «Turon» truppasida (rejissor Ali Asqar Asqarov) sahnalashtirilgan. «Turon» truppasida bosh rollarni

Abdulla Avloniy (boy), Nizomiddin Xo’jayev (Ziyoli) kabi aktyorlar ijro etganlar. Ziyoli. Assalom alaykum.

Boy (karaxt ila). Va alaykum assalom, Xayrulla! Kursi keltur. Bu kishi yerg’a o’ltura olmaydur. Ziyoli. Janob boy, sizni kayfsiz ko’rarman. Mumkinmi sababini bilsam?

Boy. Bir mullomehmon kelib edi, o’g’lungni o’qutmaysan, deb juda jonimni oldi. Quvlagandek qilib zo’rg’a qutuldim, faqat mushlashmadug.

Ziyoli. Oh-ho, qiziq va interesniy hodisa emish. (Odamlarga qarab) Bu shaharda boylarga amri ma’ruf qilaturgan mullo bor ekan, xudoga shukur. Ul janob haqqoniy domlani topib, ziyorat qilmak kerak, boy afandi! Sizga malol kelmasun, ushbu to’g’ridan men ham sizga qachonlar bir necha so’z aytmoqchi edim. Va ammo soati, birinchi daqiqa manga quloq bersangizki, ilm naf’i to’g’risinda so’zlayin. Boy (ola-ola qarab). Endi bildim, Siz ham o’g’lungni o’qut, deb mani qisar ekansiz. (Odamlarga qarab.) Bukun chap qo’lim ila turganman. O’ylaymanki ishlar oldimdan chiqar. Mazmuni: qordan qutulib, yog’murga uchraymiz. Xayrulla! Chilim keltur! (Tarafayn sukut. Chilim kelar. Boy chekar, yo’talar).

Boy. Xayrulla!

Xayrulla. Labbay, taqsir!

Boy. Joyimni tashla, uyqum keldi. (Hamyoza tortar). Ertag’a ishlar ko’b, vaqtlik yotmak kerak. (Yana hamyoza).

Xayrulla. Xo’sh, taqsir.

Ziyoli (jiddiyat ila). Boy afandi! Men sizga dedimki, millatga keraklik ilmlar to’g’risinda so’zlamoqchiman, ammo siz mani so’zumni eshitmoqg’a xohlamaydurganga o’xshaysiz! Ikkinchi daf’a aytarmanki, quloq, bering va bu so’zlar sizni va millatni naf’idur!

Boy. So’zingizni jabr va zo’r ila eshitturarsizmi? Va yo mani azob bermoqg’ami keldingiz?

Ziyoli. Yo’q, men asli boshqa ish uchun kelib edim va lekin ilm bahsini ustidan chiqib qoldim, ushbu sababli muddaoni tabdil qilib, ilm to’g’risidan sizga bayon qilmoqni qasd etdim, shoyadki, janobingizdek boylar millat bolalarini o’qitmog’iga sa’y qilsalar.

Boy (Xalqqa qarab). Koshki domla hikoyatini aytmasa edi. Xo’p, madomiki, kuymaysiz, ertaroq so’ylab tamom qiling, uyqum kelgan (ham­yoza). Odamlar bolasini o’qut, deydur-o.

Ziyoli. Hozir yangi va boshqa zamonadur. Bu zamonga ilm va hunarsiz xalqning boyligi, yeri va asbobi kundan-kun qo’lidan ketgandek, axloq va obro’vi ham qo’ldan chiqar, hatto dini ham zaif bo’lur. Buning uchun biz, musulmonlarni o’qimoqg’a sa’y qilmoq’imiz lozimdur. Vaho­lanki, dini sharifimiz har nav naflik ilm o’qumoqni beshikdan mozorgacha bizlarga farz qilgandur. Bu hukm — hukmi shariatdur. Biz, musulmonlarga alal-xusus, bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdur: biri olimi diniy; digari olimi zamoniy; olimi diniy: imom, xatib, muddaris, muallim, qozi, muftiy bo’lub, xaloyiqni diniy va axloqiy va ruhoniy ishlarini boshqarar, bu sinfga kiraturg’on talabalar, avvalo, Turkistonda va Buxoroda ilmi diniy va adabiy va biroz ruscha o’qub, so’ngra Makka, Madina, Misr yo Istambulda borib, ulumi diniyyani xatm qilsalar kerak.Toki komil mulla bo’lsunlar. (Boy mudraydur.) Ongladingizmi, boy?

Boy (boshini ko’tarib). Ha, ha ayta bering. Qulog’im sizga.

Ziyoli. Olimi zamoniy bo’lmoq uchun bolalarni, avvalo, musulmoniy xat va savodini chiqarib, zaruriyoti diniyya va o’z millatimiz tilini biladurg’ondan so’ngra hukumatimizni nizomiy maktablarinda bermoq kerak­dur: ya’ni gimnaziya va shahar maktablarini o’qub tamom qilganlaridan so’ng Peterburg, Maskav dorilfununlariga yuborib, do’qturlik, zakunchilik, injirnerlik, sudyalik, ilmi tijorat, ilmi ziroat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni o’qitmak lozimdur. Rusiya vatanini va davlatina bilfe’l sherik bo’lmoq kerakdur hamda davlat va mansablariga kirmak lozim. Toki maishat va ehtiyoji zamoniyamiz to’g’risinda vatan va millati islomga xizmat qilsinsa. Va podshohlik mansablariga kirib musulmonlarga naf yetkurilsa va ham davlati Rusiyaga sherik bo’linsa, hattoki, shu tariqa o’qigan musulmon bolalarini Farangiziston, Amrika va Istambul dorilfununlariga tajriba uchun yibormak kerakdur. Hazrati paygambarimiz: ilm Xitoyga ham bo’lsa talab qilingiz, demadiblarmu? (Boy uyquda). Bul ishlar bo’lmasa, magar pul ilava sizdek katta boylarni qimmati ila, chunonchi, Kafkaz, Urunburg va Qozon musulmonlarini boy va aqli hayriyoti ilm yo’liga ko’p pullar sarf etadilar va kambag’al bolalarini o’qutdurarlar. (Boyga qarab.) Albatta, so’zlarimg’a tushungansiz, janob boy! Boy! Bobo boy!

Boy (mudraydur, bosh ko’tarib, esnab). Ha, ha.

Ziyoli. Aloho, biz Turkiston xalqig’a bir imon odat borki, bir kishi ruscha o’qub, podshohlik ishig’a kirib, rasmiy furma kiysa, oni ayb qiladurlar. Yo bir musulmon bolasi nizomiy maktab furmasida yursa, masxara qiladurlar. Agar izvoshchik va yo qaro mehnatkash bo’lub, ovrupoyilarni eski libosini kiysa va yo javon bacha bo’lub, o’yunchilar libosini kiysa, hech kim bir nima demaydurki, bur kamoli nodonlik va dunyodan xabarsizlikdur. Shunday emasmur, amaki boy?!

Boy (o’ltirgan yeridan bir tarafg’a og’ib yotib). Xur-xur-xuro-xuro...



Ziyoli. Iloho, xudoyo! Ummati islomiyag’a, xususan, biz turkistonliklarg’a rahming kelsun. (Ro’moli ila ko’z yoshini artib chiqib ketar.)

Mahmudxo’ja Behbudiy. Tanlangan asarlar

«Ma’naviyat» nashriyoti, T., 1999-yil.
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling