O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet30/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

TABU VA EVFEMIZM
Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida, ayniqsa, kishili jamiyatining ibtidoiy bosqichlarida ba’zi bir narsalar, harakatlar m« etilgan. Ana shunday man qilish hodisasi tabu deb ataladi. Bu hodisa tik ham uchraydi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida kishil o‘rtasida jin, arvoh va shunga o‘xshash ilohiy narsalarga ishonish juda kucl bo‘lgan. Bunday xalqlar jin va arvohlarga yaqin bo‘lgan shaxs yoki pre
1 Saidniyozov A. Paronimiya hodisasi va definitsiyasi. Ilmiy asarlar to'plami. —' 1987
metning nomi tilga olinmasa, ulardan saqlanish mumkin, deb o'ylashgan. Qadimgi xalqlarda, shuningdek, hozir ham qabila bo‘lib yashayotgan xalqlarda qabila boshliqlari o‘lgandan keyin ularning narsalariga tegish, ularning nomini tilga olish man etilgan. Agar ularning narsalariga tegilsa yoki bu narsalarning nomi tilga olinsa, arvohlar, jinlar urib ketadi, biror zarar yetkazadi, deb tasawur qilganlar. Xuddi shuningdek, ayrim yirtqich, zaharli hayvonlarning nomlarini aytish ham man etilgan. Go‘yo bunday hayvonlarning nomi tilga olingach zarar yetkazishi mumkin emish. Tabu qoldiqlarini hozir ham uchratish mumkin. Masalan, musulmon ayollari orasida erlarini o‘z ismi bilan chaqirishsa, bunday holat erga nisbatan hurmatsizlik sanalgan.
Oqibatda, man etilgan so‘zlar o‘rniga tushunchani ifodalovchi boshqa so‘zni ishlatish zaruriyati tug‘iladi. Ana shunday man etilgan so‘zlarning ishlatilishi evfemizm deb ataladi. Masalan: qizamiq so‘zi o‘miga gulso‘zi, chayon so‘zi o‘rniga eshak, otiyo ‘q so‘zlarining ishlatilishi evfemizm hodi- salaridandir. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida dag‘al, qo‘pol, noqulay so‘zlar o‘rniga yoqimliroq, silliqroq so‘zlarni ishlatish hodisasi hamevfemizm koTinishlaridandir. Masalan, o'ldiso'zi o‘rniga vafotetdi, qazo qildi, dunyodan o ‘tdi, dunyodan ketdi, jonini egasiga topshirdi, ko ‘zi yumildi kabi. Bo‘g‘oz. xotin o‘rniga ikkiqat, oyog'i og‘ir, yuki bor, yukli xotin, homilador kabi so‘z yoki so‘z birikmalari ishlatiladi. Evfemizm adabiyotda stilistik vosita sifatida katta rol o‘ynaydi. Jamiyatning ba’zi bir ijtimoiy guruhlari mehnat qilmay tekinxoTlik bilan hayot kechiruvchilar chunonchi, o‘g‘ri, bezori va qimorbozlar o'zlarining yomon niyatlarini, yovuz maqsadlarini boshqalardan yashirish uchun so‘zlarga har xil ma’no berib qo‘llaydilar. Bunday so‘zlarga argo deyiladi. Masalan, h/so‘zi o‘miga iay, o‘g‘irlamoqso‘zi oTniga ovqatlanmoq, o‘ldirmoqso‘zi o'miga sallasini olib kelmoq so‘zlarini ishlatadilar.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling