“O‘zbek tili fanini o‘qitishda o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning konseptual asoslari”


Download 171.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.09.2023
Hajmi171.56 Kb.
#1680024
1   2   3
Bog'liq
Ei6zuKtDtC3pDJWzDyyvAhzVd38MzpyxnGHycrq8

2.
 
 Rezyume metodi. Franklin piramidasi. 
Rezyume metodining maqsadi: Bu metod murakkab, ko‘ptarmoqli,
mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan.
Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari
bo‘yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida
aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari,
afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu 
interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli 
rivojlantirishga hamda o‘quvchilarning mustaqil gʻoyalari, fikrlarini yozma va 
ogʻzaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. 
“Rezyume” metodidan darslarda individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy
va seminar mashgʻulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan 
bilimlarni mustahkamlash, tahlil qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish 
mumkin. 
O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib 
ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab, taqqoslash usuli yordamida mavzudan kelib 
chiqqan holda o‘quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli qaror qabul 
qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir etishga, mavzuga oid umumiy tushuncha 
berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatadi. 
Bu metod quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1.Kichik guruhlarga bo‘linish. 
2.Tarqatma materiallar tarqatish va ular bilan ishlash. 
3.Fikrlarni yozma tarzda bayon etish. 
4.Taqdimot o‘tkazish. 
9-sinf O‘zbek tili darsligidagi “Tabiat muvozanati – hayot muvozanati” 
mavzusiga “Rezyume” metodi bo‘yicha yondashish: 
Tabiatga munosabatning salbiy va ijobiy, foydali va zararli, kamchilik va 
afzallikka doir tomonlari o‘rganiladi, tahlil qilinadi va xulosalanadi. 
Franklin piramidasi metodi. Franklin piramidasi hayot davomida 
kuzatilishi kerak bo‘lgan 6 nuqtani o‘z ichiga oladi. Bu o‘ziga xos batafsil reja 
bo‘lib, uning yordamida siz keraksiz hamma narsani, muvaffaqiyatga olib 
kelmaydigan, balki vaqtni behuda o‘tkazadigan hamma narsani olib tashlash 
imkoniyatiga egasiz. Shunday qilib, Franklin tizimi quyidagi nuqtalardan iborat: 
1. Asosiy hayotiy qadriyatlar; 
2. Global maqsad; 
3. Hayotning bosh rejasi; 
4. 1,3,5 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli reja; 
5. Bir hafta, bir oy uchun qisqa muddatli reja; 
6. Har bir kun uchun reja. 


O‘zbek tili darslarida “Franklin piramidasi” metodidan foydalanish: 

Download 171.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling