«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
Leksik neologizmlar
Leksik neologizmlar tilda yangi paydo bo’lgan va yangilik bo’yog’ini yo’qotmagan so’zlar: internet, marketing, litsenziya va b. Har qanday neologizm dastlab ayrim shaxs nutqida voqe bo’ladi, bunday paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Mas., “Bek akang ko’rinmay qoldi- ku?- dedi Kesekpolvon labiga sigaret qistirib. Humkalla cho’ntagidan chaqqonlik bilan yoqqich olib unga olov tutdi...” (T.M.) Bu so’zda yoqqich so’zi ruscha zajigalka so’zining kalkasi tarzida qo’llangan, uni asar muallifi (Tohir Malik) o’zi yasagan va o’zi individual nutq neologizmi sifatida birinchi bo’lib ishlatgan. 1 Qarang: B. To’ychiboyev. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. –T.: “O’qituvchi”, 1996, 126-b. Demak, bu so’z hozircha umumtil neologizmi darajasiga ko’tarilmagan, chunki u nutq ixtiyoridan til ixtiyoriga o’tmagan. Ba’zan ancha ilgari yaratilgan individual nutq neologizmlari ham umumnutq neologizmiga aylanmay qolib ketadi. Buni atoqli yozuvchi Abdulhamid Cho’lpon tomonidan o’z vaqtida yasalgan ozitqi so’zi misolida yaqqol ko’rsa bo’ladi: “...Har bir ona suti og’zidan ketmagan tentak gimnazistni bir “ozitqi” deb bilardi” 1 . Abdulhamid Cho’lpon bu gapdagi ozitqi so’zini achitqi, qichitqi tipidagi yasalmalar modeliga (qolipiga) suyanib yasagan va uni “yo’ldan ozdiruvchi” (ruscha “soblaznitel”) ma’nosida qo’llagan. Bu nutqiy parchada ozitqi so’zining yangi lisoniy-badiiy topildiq sifatida alohida estetik qimmat kasb etganligi shubhasiz, ammo u shu matndan tashqariga, umumtil doirasiga chiqqan emas, demak, umumtil neologizmi holatiga o’tmagan. Bunday holat Oybekning “Nur qidirib” povestidan keltirilgan quyidagi gapda ham kuzatiladi: “...chorrahada, balandlikda qizil sallali, qisqa ishtonli, qop-qora regulirovshchik-yo’lbon qo’llarini ohangdor o’ynatib, ko’cha harakatini boshqaradi” (22-bet) (individual neologizm-yo’lbon, regulirovshchik-yo’lbon).
trolleybus, radio so’zlaridastlabki paytlarda neologizm bo’lgan, hozir esa ularning birortasid yangilik bo’yog’i saqlanmagan, demak, bu so’zlar allaqachon neologizmlik holatidan chiqib, qo’llanishi odat tusiga kirgan leksemalrga aylangan. Bunday holat ba’zan qisqa davr ichida ham yuz berishi mumkin: keyingi 5-10 yil ichida o’zbek tili leksikasida paydo bo’lgan test, ball, grant, litsey, kontrakt kabi yangi so’zlarda, shuningdek, hokim, ishbilarmon, tadbirkor so’zlarining yangi ma’nolarida “yangilik bo’yog’ini yo’qotish”, “odat tusidagi so’zga yoki ma’noga aylanish” sur’ati shu daraja tezlashganki, natijada ularni ko’pchilik qiynalmay anglaydigan va ularni qo’llaydigan bo’lib qolgan. Demak, bu so’zlar neologizmlik holatidan zamonaviy qatlam birligi holatiga o’tib bo’lgan yoki o’tish jarayonini boshidan kechirmoqda. Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling