so’ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo’ldim.
Yana qarang: Розенталь Д. Э., Голуб И. Б., Теленкова М. А. Современный русский язык.-М.: «Айрис Пресс Рольф», 2001, с. 100-102.
Yana: Mamajon lochin yigit. Serharakat, betinim. (Q.M.). Bu gapda lochin so’zi
o’z ma’nosida emas, ko’chma ma’noda - yigitning epchilligini, chaqqon va
jasurligini baholash maqsadida qo’llangan.
Tekshirish savollari va topshiriqlar
1.
Uslubiy bo’yoqdorlik jihatdan so’zlar qanday qatlamlarga ajratiladi?
2.
Emotsional-ekspressiv jihatdan betaraf so’zlar va betaraf bo’lmagan
(bo’yoqdor) so’zlar qanday farqlanadi?
3.
Emotsional-ekspressiv jihatdan bo’yoqdor so’zlardan nutqda qanday
maqsadlarda foydalaniladi?
4.
Nutqda ekspressivlikning ifodalanishi qanday usullarga asoslanadi?
5.
Ekspressivlikni ifodalashning quyidagi usullari haqida ma’lumot bering:
a)
leksik usul;
b)
kontekstual usul;
c)
affiksatsiya usuli;
d)
fonetik usul;
e)
so’zni metaforik qo’llash usuli.
Tayanch tushunchalar
Uslubiy bo’yoq- so’zning leksik ma’nosiga qo’shimcha tarzda orttirilgan
uslubiy ottenka, ifoda semasi.
Do'stlaringiz bilan baham: