«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Download 445.56 Kb.
bet58/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Leksik neologizmlar

Leksik neologizmlar tilda yangi paydo bo’lgan va yangilik bo’yog’ini
yo’qotmagan so’zlar: internet, marketing, litsenziya va b. 
Har qanday neologizm dastlab ayrim shaxs nutqida voqe bo’ladi, bunday
paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Mas., “Bek akang ko’rinmay qoldi-

ku?- dedi Kesekpolvon labiga sigaret qistirib. Humkalla cho’ntagidan chaqqonlik

bilan yoqqich olib unga olov tutdi...” (T.M.) Bu so’zda yoqqich so’zi ruscha

zajigalka so’zining kalkasi tarzida qo’llangan, uni asar muallifi (Tohir Malik) o’zi


yasagan va o’zi individual nutq neologizmi sifatida birinchi bo’lib ishlatgan. 
1
Qarang: B. To’ychiboyev. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. –T.: “O’qituvchi”, 1996, 126-b.








Demak, bu so’z hozircha umumtil neologizmi darajasiga ko’tarilmagan, chunki u


nutq ixtiyoridan til ixtiyoriga o’tmagan. Ba’zan ancha ilgari yaratilgan individual 
nutq neologizmlari ham umumnutq neologizmiga aylanmay qolib ketadi. Buni
atoqli yozuvchi Abdulhamid Cho’lpon tomonidan o’z vaqtida yasalgan ozitqi so’zi 
misolida yaqqol ko’rsa bo’ladi: “...Har bir ona suti og’zidan ketmagan tentak

gimnazistni bir “ozitqi” deb bilardi”


1
. Abdulhamid Cho’lpon bu gapdagi ozitqi 

so’zini achitqi, qichitqi tipidagi yasalmalar modeliga (qolipiga) suyanib yasagan va


uni “yo’ldan ozdiruvchi” (ruscha “soblaznitel”) ma’nosida qo’llagan. Bu nutqiy 
parchada ozitqi so’zining yangi lisoniy-badiiy topildiq sifatida alohida estetik
qimmat kasb etganligi shubhasiz, ammo u shu matndan tashqariga, umumtil 
doirasiga chiqqan emas, demak, umumtil neologizmi holatiga o’tmagan. Bunday
holat Oybekning “Nur qidirib” povestidan keltirilgan quyidagi gapda ham 
kuzatiladi: “...chorrahada, balandlikda qizil sallali, qisqa ishtonli, qop-qora

regulirovshchik-yo’lbon qo’llarini ohangdor o’ynatib, ko’cha harakatini

boshqaradi” (22-bet) (individual neologizm-yo’lbon, regulirovshchik-yo’lbon).
Umumtil neologizmi til hodisasi, individual neologizm esa uslubiy hodisa 
sanaladi. Leksikologiyada, asosan, umumtil neologizmi o’rganiladi.
Umumtil neologizmi ham nisbiy hodisadir: til taraqqiyotining ma’lum bir 
bosqichida neologizm bo’lgan so’z keyinroq neologizmlik “bo’yog’i”ni yo’qotib,
zamonaviy leksik qatlam birligiga aylanishi mumkin. Mas., telefon, televizor, 

trolleybus, radio so’zlaridastlabki paytlarda neologizm bo’lgan, hozir esa ularning


birortasid yangilik bo’yog’i saqlanmagan, demak, bu so’zlar allaqachon 
neologizmlik holatidan chiqib, qo’llanishi odat tusiga kirgan leksemalrga aylangan.
Bunday holat ba’zan qisqa davr ichida ham yuz berishi mumkin: keyingi 5-10 yil 
ichida o’zbek tili leksikasida paydo bo’lgan test, ball, grant, litsey, kontrakt kabi
yangi so’zlarda, shuningdek, hokim, ishbilarmon, tadbirkor so’zlarining yangi 
ma’nolarida “yangilik bo’yog’ini yo’qotish”, “odat tusidagi so’zga yoki ma’noga
aylanish” sur’ati shu daraja tezlashganki, natijada ularni ko’pchilik qiynalmay 
anglaydigan va ularni qo’llaydigan bo’lib qolgan. Demak, bu so’zlar neologizmlik
holatidan zamonaviy qatlam birligi holatiga o’tib bo’lgan yoki o’tish jarayonini 
boshidan kechirmoqda.

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling