Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd
UO‘T: 372.881.512.133(072)
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili qollanma 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbek tili 4
UO‘T: 372.881.512.133(072)
KBT 74.268.1 O‘16 UO‘T: 372.881.512.133(072) KBT 74.268.1 © F. Tolipova va b., 2017 © «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. ISBN 978-9943-07-543-6 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi hisobidan chop etildi. O‘zbek tili 4: 4-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma / F. Tolipova [va boshq.]. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 128 b. O‘16 3 SO‘ZBOSHI «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Inson, uning har tomonla- ma uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, es- kirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish – respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Shunga ko‘ra, bugungi kunda ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga katta e’tibor qaratilmoqda. Birgina O‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturining mazmun- mohiyati ham bolalarni jismonan va ruhan maktab ta’limiga tay- yorlash, ularning so‘z boyligi, og‘zaki nutqini shakllantirish borasida metodik qo‘llanmalar yaratish, pedagogik ishlarni o‘rganish va tahlil qilish, nihoyat, pedagogik faoliyatni takomillashtirish borasida tavsi- yalar ishlab chiqish, ushbu jarayonni maktabgacha ta’lim muassa- salaridan boshlab, ta’limning keyingi bo‘g‘inlarida uzviylik va uzluk- sizlikda bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalariga qaratilgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari- da o‘qitish sifatini yaxshilash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshi hamda psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan hol- da ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyala- rini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatiga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va darsliklarning multimedia ilovalarini yaratish maqsadida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1–2-sinf o‘qituvchilari uchun 7 nomda metodik qo‘llanmalar va multime- dia ilovalari yaratildi. Ushbu jarayonning mantiqiy davomi sifatida «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 4-sinflari u ch un «O‘zbek tili» o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma (multime- dia ilovasi bilan)da o‘zbek tiliga o‘rgatishning maqsadi, mazmu- ni va o‘ziga xos jihatlari bilan bir qatorda darslik materiallarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishida amaliy yordam beradigan, 4 dars jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni hamda o‘yin usullarini qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling