Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd
II. Yangi mavzuning bayoni
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili qollanma 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qituvchining nutqi.
II. Yangi mavzuning bayoni. Video.Video orqali vatanimizning
mustaqillikka erishgandan so‘nggi o‘zgarishlar tasvirlangan video rolik namoyish etiladi. Namoyish vaqtida mayin kuy va quyidagi she’r o‘qiladi. Videolavha asosida shahar ko‘rinishi haqida suhbat o‘tkazilganda quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin: bog‘, teatr, favvora, bekat, mashina, tramvay, maydon, ko‘cha, chorraha, bino, do‘kon, haykal. O‘qituvchining nutqi. «O‘zbekiston – bizning vatanimiz» mavzusidagi slayd ko‘rsatiladi. onamiz Vatan – bu uyimiz ko‘chamiz mahallamiz Biz-ona yurt bag‘rida Sho‘x-u shodon bolamiz. O‘sib-unib tez kunda Kuch-g‘ayratga to‘lamiz. Vatan, Vatan, jon Vatan, Senga fido jon-u tan. Aziz farzandlaringmiz, Seni sevgan jonidan. Jondek aziz Vatanga Sodiq o‘g‘lon kerakdir. Qalbga yoniq alanga, Elga posbon kerakdir. Xizmatlaringga shaymiz. Baxting ko‘zlab yashaymiz. Sen – mehrli quyoshsan, Biz yulduzga o‘xshaymiz. Vatan, Vatan, jon Vatan, Senga fido jon-u tan. Aziz farzandlaringmiz, Seni sevgan jonidan. Vatan, sen-onajonsan, Mehribon, jonajonsan. Toki dunyo turguncha- Bo‘lgil mangu omon san! 22 Vatan – bu biz tug‘ilib o‘sgan joyimiz, uyimiz, oilamizdir. Biz- ning vatanimiz go‘zal va quyoshli O‘zbekiston. O‘zbekiston boy va chiroyli o‘lka. Bizning o‘lka juda ajoyib, unda katta va kichik shaharlar bor. Vatanimizda juda ko‘p millat vakillari yashaydilar. Shu Vatanda bizning kelajagimiz uchun ota-onalarimiz mehnat qiladi. Biz ham shu Vatanga sodiq farzandlar bo‘lib yetishamiz. O‘zbekiston biz uchun aziz. Respublikamiz har sohada rivojlanmoqda. Barcha viloyatlarda qayta qurish ishlari ketmoqda. Yangi sanoat korxonalari qurilmoq- da. Yangidan-yangi ko‘chalar, baland binolar bunyod etilmoqda. Dehqonlarimiz tomonidan poliz ekinlari, bog‘bonlarimiz esa keng bog‘-rog‘lar barpo etib, mevali daraxtlar yetishtirishmoqda. O‘zbek xalqi tinch va farovon hayot kechirmoqda. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Shu jarayonda 1-topshiriq bajariladi. O‘quvchilar rasmlar aso- sida 4-5 ta bog‘lanishli gap tuzadilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling