Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili qollanma 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lug‘at bilan ishlash
- Darsni mustahkamlash.
- O‘quvchilarni baholash.
Darslik bilan ishlash.
2-topshiriq. «O‘zbekiston» matni avval «Zanjir» usulida o‘qitiladi. Keyin 3-4 o‘quvchi mazmunini so‘zlab beradi. Matn yu- zasidan o‘qituvchi quyidagi savollar asosida suhbat o‘tkazadi. 1. Sizning vataningiz qayer? 2. Vatan – bu sening kindik qoning tomgan tuproq, deganda nimani tushunasiz? 3. Inson uchun aziz bo‘lgan narsalarni sanang. 4. Ona vatanga muhabbat deganda nimalar ko‘z oldingizga ke- ladi? 5. O‘zbekiston qanday o‘lka? Lug‘at bilan ishlash. O‘quvchilar matn asosida berilgan lug‘atni o‘qib eslab qoladilar. O‘qituvchi slaydda lug‘atlarni ko‘rsatadi. O‘quvchilar lug‘atlarning tarjimasini topib yozadilar. 26 1-mashqni o‘quvchilar sinf doskasida bajaradilar. So‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, gaplarni to‘g‘ri tuzadilar. Mashqni vaqtdan unumli foydalanish uchun sinf doskasini uchga bo‘lib bajarish mumkin. 2-mashq. O‘quvchilar maqollarni zanjir usulida o‘qiydilar va mazmunini so‘zlab beradilar. Maqollarni daftarlariga ko‘chiradilar. Guruhlarda ishlash. Slaydda ayrim so‘zlar tushirib qoldirilgan matn ko‘rsatiladi. Guruhlarga kartochkalar tarqatiladi. Kartoch- kalarda tushirib qoldirilgan so‘zlar yozilgan. O‘quvchilar tushirib qoldirilgan so‘zlarni joy-joyiga qo‘yib yozadilar va o‘qiydilar. Top- shiriqni birinchi bajargan guruh taqdimot qiladi. Guruhlar bir-bir- larining xatolarini tuzatib boradilar. Namuna: Mening vatanim – O‘zbekiston. Men Buxoro shah- rida tug‘ildim. Bu shaharga ko‘p sayyohlar keladi. O‘zbekistonda qadimiy shaharlar ko‘p. Grammatik mavzu bo‘yicha topshiriq beriladi va guruhlarda ishlanadi. Topshiriq: Qayer so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni ajratib yozish, 2-3 ta gap tuzish. Namuna: bormoqda, ko‘cha, kelyapti, O‘zbekiston, kelmoqda, shahar, daryo, qishloq, o‘ynamoqda, tog‘, rivojlandi, sahro, quril- moqda. III. Darsni mustahkamlash. «Aql charxi» o‘yini. O‘qituvchi 4 ta so‘zni o‘qiydi. O‘quvchilar eslab qolganlarini yozadilar va o‘qiydilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning yozganlarini tekshiradi va xatolar o‘quvchilar tomonidan tuzatib boriladi. Namuna: go‘zal, shahar, katta, mashhur. IV. O‘quvchilarni baholash. O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadi, darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. V. Uyga vazifa berish. 2-mashqdagi maqollarni yod olish. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling