O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet112/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

Ariza, bildirishnoma, bildirgi

Ish hujjatlari bilan ishlash.

Ariza muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ish yuritishda faol qo‘llanadigan rasmiy hujjat ham arizadir

Arizalar mazmuni, uslubi, hajmiga ko'ra turlicha bo‘ladi. Chunki o‘quvchi yoki talabaning turli masalalar yuzasidan ta’lim muassasasi rahbariga yozadigan ariza-laridan tortib ishchi-xizmatchining, fuqarolarning korxona boshlig'i, hokimlargacha yozadigan arizalari bir-biridan farq qiladi. Bundan qat‘iy nazar, har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim:

— ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi;

— ariza yozuvchining turarjoyi yoki vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi;

— hujjat nomi (Ariza);

— ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat);

— zarur bo'lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi;

— qog'ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);

— qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi.
Ariza shakli

Qayerga yoki kimga

Ariza yozuvchining turar joyi,
lavozimi, to‘liq nomi

ARIZA

Ariza matni (mazmuni)

Ilova
I. о. va familiyasi



Imzo

sana (yil, kun, oy)



Toshkent arxitektura qurilishinstituti
rektori R. R. Hakimovga
Qurilishni boshqarish”fakultetining
I kurs talabasi Samad Qosimovdan


ARIZA
Men «Umid» jamg‘armasi tanlovida yuqori natijalarga erishib imtiyozli o‘rinni qo‘lga kiritdim Shuning uchun «Umid» jamg‘armasi menga Amerika Qo‘shma shtatlariga o‘qish uchun yonlanma berishga qaror qildi.
O'qishimni Kaliforniya universitetining Qurilish fakultetidadavom ettirish uchun ruxsat berishingizni so‘rayman.
(imzo) S. Qosimov
2017 yil 28 may
2-topshiriq. Berilgan qo'shma fe'llardan gaplar tuzing.
Yordam bermoq, xafa bo'lmoq, uchratib qolmoq, yozib olmoq. gapirib bermoq, taklif qilmoq, qaror qilmoq, olib kelmoq.
3-topshiriq. Nuqtalar o'rniga yuklamalarni qo'yib gapJarni ko'chiring.
Qani, suratni menga ber-..., bir ko'ray. 2. Nok shirin..., lekin kech hosilga kiradi. 3. Cho'milishga u ham bordi... 4. Beri kel-... , tishingni bir ko'rib qo'yay.
2-topshiriq. Berilgan so'zlar ishtirokida to'g'ri va ko'chma ma'noli so'z birikmalari tuzing. Ko'z, yoga, kalit, go'l, oltin, sovug, egri, kumush.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling