O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet32/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

3.Shakliy yozuv- bu qoidaga ko’ra boshqa tillardan kirgan so’zlar o’sha tillarda qanday yozilsa, shunday yozamiz: stol(stul emas), zoologiya (zo’o’lo’giya emas), tonna (tunna emas).
4.Tarixiy – an’anaviy yozuv-bo’yicha so’z va qo’shimchalar tarixan, an’anaviy tarzda qanday yozib kelingan bo’lsa, hozir ham shunday yozilishi mumkin: sarizm – chorizm, borgin – borgil, borar – borur.
5.Differensiyalash (farqlash) yozuvi- so’zlarni urg’u yoki boshqa fonetik vositalar (masalan, ayirish belgisi) yordamida farqlab yozishdir: olma – olma, sher – she’r.
1995 yil 24 avgustda qabul qilingan “O’zbek alifbosinig yangi imlo qoidalari”da ayrim o’zgarishlar mavjud:
1)juft so’zlar orasida yuklamalar bog’lovchi bo’lib kelgan o’rinlarda yuklama so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi:do’st – u dushman, kecha – yu kunduz.
2)yil, oyni ko’rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo’yiladi: 1995 – yil 24 – avgusta, 1993 – yil 2 – sentyabr.
3)kirilchadagiuharfi so’z boshida va oxirida sharfi bilan beriladi:цирк - sirk, абзац – abzas. So’z o’rtasida unlidan keyin ts harfiy birikmasi, undoshdan keyin esas harfi bilan beriladi: лицей – litsey, акция – aktsiya.
4) tutuq belgisi ‘ o’rnida, shunindek, s, h harflari yonma – yon kelganda ularni shharfiy birikmasidan farqlash uchun: ma’no, is’hoq.


Tayanch so’zlar: orfografiya, grafika, imlo, tamoyil, fonetik, differensial, etimologik, morfologik.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Orfografiya nimani o’rgatadi?
2.O’zbek orfografiyasi qanday tamoyillarga asoslanadi?
3. Orfoepik va orfografik tamoyillarni taqqoslang.

Topshiriqlar

1-topshiriq: Unli harflarning yozilishi va o’qilishini taqqoslang.
Aka, alanga, aloqa, og'a, sentabr, noyabr ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin, mukofot ish, iz, qil, xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki, volida, piramida, bilan, biroq, uy, kun, buzoq, buloq, Buxoro, butun, uchuq, usul, yulduz, mafkura, ko'zgu, uyqu o't, o'q, o'zbek, o'simlik, do'ppi, bo'tako'z, semizo't, gulko'rpa, ekin, esla, evara, ekran, eksport, kel, zehn, kecha, behi, telefon, teatr.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling