O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet120/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

O’ZBEK XALQINING MADANIYATI, MILLIY URF-ODATLARI
Har bir taraqqiy etgan madaniyatli xalqning o'z tili, urf-odati, adabiyoti, moddiy va ma'naviy boyliklari bo'ladi. O'zbek xalqi ham dunyodagi eng qadimiy madaniyatga ega bo'lgan xalqlardan biri sifatida o'zining ma'naviy va moddiy xazinasiga ega. Ajdodlarimizdan bizga qadimiy urf-odatlar, tantanalar xalqona meros bo'lib avloddan-avlodga o'tib kelgan. Bu bilan biz xaqli ravishda faxrlansak arziydi. Buning uchun o'sha qadimiy madaniyatni, urf-odatni bilishimiz, saqlashimiz va keyingi avlodlarga ham yetkazish muqaddas insoniy burchimizdir.
O'zbeklarning an'ana va marosimlari ularning barcha turdagi yo'sinlari muqaddas sanalgan. Shu bois asrlar osha ajdodlardan asosan o'zgarmasdan o'tib kelgan. Shu jihatdan ham alohida ta'kidlamoq joizki, urf-odat, an'ana, marosim va udumlar uzoq vaqt davom etgan tarixiy taraqqiyotning mahsulidir.
Har bir xalqning salomlashish bilan bog'liq bo'lgan o'z urf-odatlari bor. Dasturxon odobi, taom yemak qoidalari xalqimizda azaldan mavjud. Dasturxon odobi qadimiy bo'lib dasturxonga avval keksalar qo'l uzatadilar.
O'zbek xalqining mehmondorchilik odati juda qadim zamonlardan boshlanadi. Bu odat odamiylik, saxovat, madaniy va ma'naviy aloqalar mezoni sifatida qadrlangan. Xalqimiz «Mehmon otangdek ulug'» degan maqolga doimo amal qilgan.
Xalqimizning insoniy tuyg'ular bilan bog'liq yaxshilikka undovchi udumlarimizdan biri kattaga hurmat, kichikka shavqatdir. Bu aqida hech qachon chetda qolmagan.
O'zbek xalqining uzoq asrlar qa'ridan bizgacha yetib kelgan urf odatlari, mehr-oqibati, insoniy fazilatlari bugungi kunda ham juda zaruriy ma'naviy dastuhlamal bo'lib xizmat qilmoqda va barkamol avlod tarbiyasida o'zining yangi qirralari bilan namoyon bo'lmoqda.
Lug'at

urf-odat- обычай; ajdodlar- предки; an'ana- традиция;


azaldan- с давних пор, издревле saxovat- щедрость
2-topshiriq. Milliy urf-odatlariningiz haqida nimalar bilasiz?
Shular haqida gapirib bering.
3-topshiriq. Gaplarni rus tiliga tarjima qiling. Nuqtalar o'rniga tegishli so'zlarni qo'ying va gaplarni grammatik tahlil qiling.
Biz ko'rik tanlovga katta tayyorgarlik
Har bir inson o'z Vatanini sevishi va kerak.
Yurtimizda zamonoviy va ko'rkam juda ko'p qurilmoqda.
Toshkent mustaqillik yana ham ko'rkamlashdi.
Navoiy fors tilida ham yaxshi yaratgan.
4-topshiriq. Quyidagi gaplarni rus tilidan o'zbek tiliga tarjima qiling.
1.Сегодня в Узбекистан приезжают из разных стран мира тысячи туристов.
2.Все спортсмены приняли участие на соревнованиях. 3.Землю солнце красит, а человека труд.

4-topshiriq. Quyidagi gaplarni rus tilidan o'zbek tiliga tarjiir filing.
1 .Сегодня в Узбекистан приезжают из разных стран мира тысячи туристов.
2.Все спортсмены приняли участие на соревнованиях. 3.Землю солнце красит, а человека труд.
Ее л и ты споткнулся о камень, убери его с дороги, чтобы другие не упали.
Сумел ошибиться - сумей и исправиться. 5-topshiriq. O'zmilliytaomlaringizhaqidaso'zlabbering.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling