O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet30/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

Tayanch so’zlar:orfoepiya, talaffuz, nutq, ohang, meyor, urg’u,sintagma.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Orfoepiya nimani o’rgatadi?
2.Qanday talaffuz qoidalarini bilasiz?
Topshiriqlar

1- topshiriq:Matnni o’qing. So`zlarning og’zaki va yozma tartibiga e’tibor bering.

Haykaltaroshlik
Haykaltaroshlik - tasviriy san’at turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch o’lchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir ob’yekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (animalistika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). Haykaltaroshlikning ikkita asosiy ko’rinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan ko’rishga mo’ljallangan bo’rtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, o’z navbatida, yuzaga nisbatan bir oz bo’rttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha bo’rttirib ishlanadigan gorelyefta bo’linadi; shuningdek nursoya o’yini hisobiga tasvir ko’zga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana o’yma ko’rinish mavjud.
Haykaltaroshlik. bajaradigan vazifasi va mazmuniga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi: monumental haykaltaroshlik, bezak haykaltaroshligi, dastgoh, mayda haykaltaroshlik turlari o’zaro yaqin aloqada rivojlanadi hamda o’ziga xos xususiyatlarga ega. Me’morlik san’ati bilan bog’liq bo’lgan monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o’rnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi, ular o’zida katta mazmunni ifodalaydi hamda mustaqil ahamiyatga ega; biroq haykaltaroshlikning bu turi bevosita muhit, me’moriy insho-otlar hamda tabiat bilan uyg’un bo’lishi lozim, bu unga yanada ulug’vorlik va ta’sirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlikka xos bo’lgan xislatlardan biri qahramonlarni ko’tarinki ruhda tasvirlashdir. Monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko’rishga mo’jallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar ko’rsatilmasligi mumkin.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling