O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet8/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

1.Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh).

2.Qipchoq lahjasi (janubiy-g’arbiy guruh).

3.O’g’uz lahjasi (shimoliy-g’arbiy guruh).

Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o’z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg’ona, Buxoro). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar:
1) so’z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elakelay, terak teray kabi.
2) olashish yuz beradi: aka – oka, Akram –Akrom.
3)qaratqich va tushum kelishigi ni tarzida: ukamni daftari.


Qipchoq lahjasi shevalari O’zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan. Belgilari quyidagilar:
1) y o’rnida j ishlatiladi: yo’l – jo’l, yo’q – jo’q,
2) g’ o’rnida v ishlatiladi: tog’tov , sog’sov
3) k ,q tushuriladi: eti(k), sari(q).


O’g’uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi bir qancha shevalarni o’z ichiga oladi. Belgilari:
1) unlilar qisqa va cho’ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism).
2) t tovushi d, k tovushi g tarzida aytiladi: tog’ – dog’, keldi – galdi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona – Toshkent shevalari asos qilib olingan.
Shevalarning o’ziga xos xususiyatlari adabiy tilning ta’siri bilan asta-sekin yo’qolib boradi.
Tayanch so`zlar: adabiy til, xalq tili, sh`eva, qatlam, me`yor, lahja, dialekt, qarluq, qipchoq, og`uz.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling