O’zbek tili qaysi til oilasiga mansub? turkiy tillar


Download 18.66 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi18.66 Kb.
#262579
Bog'liq
1v


Test

1-variant



  1. O’zbek tili qaysi til oilasiga mansub?



  1. *turkiy tillar

  2. hind-yevropa tillari

  3. xom-son tillari

  4. xitoy-tibet tillari



  1. Qaysi qatordagi so’zda imloviy xato mavjud?



  1. daxl

  2. *es-xushli

  3. mo’jiza

  4. asir



  1. Qaysi qatordagi gapda adabiy til me’yorlariga nomuvofiq qo’llangan birliklar mavjud?



  1. Kitob bilan muomala odamlar bilan muomalaga tayyorlaydi (N.Karamzin)

B. Nihoyat, unday inson ham ko’rindi (Sh.Xolmirzayev)

C. Mol o’tlaydigan, bolalar chillak o’ynaydigan yer-da (Sh. Xolmirzayev)

D.*Ko’l yoqasidan o’tgan zaxkashning muzdek salqin zaxob suviga qiy-chuvlashib cho’milishamiz (S.Ravshanboyev)

4. Qaysi qatordagi gapda tinish belgilarini to’g’ri ishlatish qoidalariga amal qilinmagan?

A. - Iye, biz uning bobosi tengi bo’lsak, bu tirrancha qizaloq ermak qilyaptimi? ( Said Ahmad)

B.Chol salmoqlanib gap boshladi: - E, xotin o’lmaydigan odam bormi? (Said Ahmad)

C. *- Mayli, kelib o’tirsin - mana, hovli ,mana, joy! (Erkin A’zam)

D. -Yigitcha, tushunmaysizmi? - dedi kimdir orqadan (O’. Umarbekov)

5. Nutq odobi haqidagi quyidagi hikmatli baytlardan qaysi biri Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub?

A.* So’zingga ehtiyot bo’l, boshing ketmasin, tilingga ehtiyot bo’l, tishing sinmasin.

B. Bir deganni ikki demak xush emas, So’z chu takror topdi, dilkash emas.

C. Bilib so’zlasa, so’z donolik sanaladi, Nodonning so’zi o’z boshini yeydi.

D. Odobning boshi tildir.

6. Qaysi qatorda so’z qo’llash bilan bog’liq xato mavjud?



  1. Samarqand bilan Toshkent yondosh.

  2. *It beparvo, yondash ketyapti, goho uchgan qushlar ovoziga diqqat qilib, shalpang quloqlarini dikkaytiradi, hamrohlariga ma’nodor qaraydi, so’ng yana lo’killab yo’lida davom etadi (Sh. Xolmirzayev).

  3. Bu masalaga qanday yondashasan?

  4. “ Esli odam so’z boshlamas “men” bilan …” , - degan edi turkman shoiri Maxtumquli.

7. Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari bilan rasmiy xulosalarini qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuv bu…

A. Konferensiya

B.* Brifing

C. Konsalting

D. Bayonot

8. Quyidagi so’zlardan qaysi biri ilgari salbiy bo’yoqli bo’lib, davr taqozosiga ko’ra hozir ijobiy bo’yoq kasb etmoqda?

A. Kapitalizm

B. * Firma

C. Ateist

D).Tijorat

9. Paronim juftiga ega omonim so’zni belgilang.


  1. *Afzal

  2. Kub

  3. Burch

  4. Aql

10. Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan kommunikativ sifatlardan qaysi birining mavjudligi nuqt madaniyating 1-bosqichi hisoblanadi?

  1. Mantiqiylik

  2. *To’g’rilik

  3. Aniqlik

  4. Jo’yalilik

11. O’zbek adabiy tili me’yorlari nechta?

  1. 9

  2. 8

  3. *6

  4. 12

12. Sho’rolar zamonida qo’llangan grajdan so’zi qaysi tildan olingan?



  1. Nemis

  2. Fransuz

C.*Lotin

D. Ingliz

13. Yozma nutqda to’g’rilik sifatining ta’minlanishi uchun amal qilish kerak bo’lgan me’yorlar qaysilar?

1) Punktuatsion; 2) Orfoepik; 3)Orfografik; 4)Dialektik; 5) Fonetik;

A. 2,3

B. 4,5


C. 2,4

D. *1,3


14. Qaysi javoblarda istifoda so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan?

A. Boshlash

B. Yakunlash

C.*Foydalanish

D. Tahlillash

15. “So’z xususida so’z” asarida keltirilishicha, qaysi javoblardagi so’z issiq shamol ma’nosini bildiradi?

A.*Samum


  1. Esin

C. Dabur

D .Sabo



Toshkent viloyati Zangiota tumani 40-umumiy maktabning ona tili adabiyot o’qituvchisi Abdurashidova Shoxista Baxrom qizi
Download 18.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling