O‘ZBЕK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI. HARFLAR IMLOSI - Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o‘ziga xos ko‘rinishi sanaladi. So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka yetaklaydi.
- Shu ma’noda har bir xalq o‘z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tadbiq etadi. 13 Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalari 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o‘tishi bilan u eskirdi, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, XX asrning 80-yillari boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi.
LEKSIKOLOGIYA - Lug‘at tarkibi til birliklari sanalgan so‘zlar (leksemalar) va iboralar (frazemalar)dan iboratdir. So‘z lug‘aviy boylik sifatida leksik birlik deb, ibora esa frazeologik birlik deb ataladi. Bular birgalikda lug‘aviy birlikni tashkil etadi. Leksika deb tildagi barcha so‘zlar majmuiga aytiladi. Leksikologiya (yunoncha lexikos «so‘zga doir», logos «ta’limot») tilning lug‘at tarkibi, leksikasi va uning taraqqiyoti haqidagi ta’limot demakdir. Leksika tildagi barcha so‘zlarning oddiy yig‘indisidangina iborat emas, balki ma’lum qonun-qoidalarga bo‘ysunadigan izchil va murakkab sistemadir.
SINONIMIYA - Til birliklarining birlashtiruvchi ma’nosi asosida guruhlanishiga sinonimiya deyiladi. Sinonimiya so‘zi yunoncha bo‘lib, synonimon – «birgalikda ismlash» demakdir.
- Sinonimiya til birliklarining o‘zaro ma’no umumiyligiga ko‘ra yuzaga keladi. Sinonimiyada ikki va undan ortiq til birliklarining o‘zaro ma’no munosabati mavjuddir. Lug’aviy birliklar ham, grammatik birliklar ham sinonimik aloqaga kirisha oladi.
OMONIMIYA - Til birliklarining ma’nolariga ko‘ra har xil bo‘lib, talaffuzida hamda yozilishida teng kelib qolishiga omonimiya deyiladi. Omonimiya so‘zi yunoncha bo‘lib, homos – «birdek», «bir xil», onyma – «ism» demakdir. Omonimiya hodisasi lug‘aviy birliklarda ham, grammatik birliklarda ham mavjud. Shunga ko‘ra dastlab omonimiya 2 xil bo‘ladi: 1. Lug‘aviy omonimiya. Bunda leksik hamda frazeologik birliklarning omonimiyasi nazarda tutiladi. Masalan, to‘r I – tabiiy yoki sun’iy toladan katak-katak ko‘zli qilib to‘qilgan buyum: to‘r parda, ip to‘r, pardabop to‘r, bedana tutadigan to‘r; to‘r II – poygakdagi joyga nisbatan yuqoridagi joy, hurmatli o‘rin : To‘yxonada to‘r aziz mehmonlar uchun jihozlab qo‘yildi – leksik omonimiya. Boshiga ko‘tarmoq I - «qattiq shovqin qilmoq»; boshiga ko‘tarmoq II – «yuksak darajada hurmat qilmoq» - frazeologik omonimiya. 2. Grammatik omonimiya. Bunda grammatik birliklarning omonimiyasi nazarda tutiladi. Masalan, -ma I fe’lning bo‘lishsiz shaklini yasovchi affiks: Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l (maqol);
Do'stlaringiz bilan baham: |