DEVONU LUĜOTIT TURK"DA TILLAR TASNIFI
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM:
a) “Devoni lug’otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarining o’rganilishi xususida
b) “Devoni lug’otit turk” asaridagi muhabbat mavzusidagi badiiyat namunalari.
d) "Devoni lug'otit turk"asarida tabiat mavzudagi badiiyat namunalari.
f)"Devoni lug'otit turk"asarida axloqiy-ta’limiy mavzudagi badiiyat namunalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Boshqa mamlakatlar qatori o’zbek xalqi ham o‘zining boy adabiy yodgorliklariga ega bo‘lib, “Devoni lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Avesto”, “O‘rxun-Enasoy yodgorliklari” singari muhim manbalarning mavjudligi O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida nasrning o‘ziga xos yo‘l bosib o‘tganligi va rang-barang boyliklarga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Dunyoga siyosiy-iqtisodiy yutuqlari bilan tanilayotgan O‘zbekiston va o‘zbek xalqining shuhrati, albatta, bugun yoxud kuni kecha boshlangani yo‘q. Ushbu yutuqlar ajdodlardan meros mustahkam ma’naviy zaminga ega bo‘lsagina millat millat sifatida o‘zligini bor bo‘y-basti bilan namoyon qila oladi. «Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va, men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham, albatta, bo‘ladi”1. Shu davrga qadar “Devoni lug‘otit turk” asari ustida olimlar qator ishlar olib borganlar. Ammo bu asar orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalari yetarlicha o‘rganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |