O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan
Mavzu: Kasbiy muloqot jarayoni. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari. Muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni
Download 4.54 Mb.
|
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Mavzu: Kasbiy muloqot jarayoni. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari. Muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni.
Savollar Muloqot jarayonida notiq qanday jihatlarga ahamiyat berishi zarur? Muloqot texnikasi haqida gapiring. Nutqning aniqligi va tog’riligi deganda nimani tushunasiz? Nutqning boyish manbasini ayting. Muloqot jarayonini osonlashtirish uchun qanday zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish kerak? Nutqning ifodaliligi va jo’yaliligi haqida gapiring. Tayanch so’z va iboralar: muloqot texnikasi, o’qituvchi nutqi, rahbar nutqi Har bir soha va kasb vakillarining oʽziga xos nutqi va notiqligi bor. Har bir odam cholgʻu asbobini chala olmaydi, har kim ham rasm chizolmaydi, har kim ham kuy bastalay olmaydi. Shu kabi har kim ham notiq boʻla olmaydi, omma oldida turib nutq soʽzlay olmaydi. Ana shu ma’noda oʻqituvchi qaysi fandan dars o‘tmasin, u til ilmidan boxabar boʻlishi lozim, yozma va ogʻzaki nutqi shakllangan, tom ma’nodagi notiq boʻlmogi kerak, chunki u auditoriya bilan muloqotda boʻladi. Auditoriyaga kirishdan oldin oʻqituvchi oʽz nutqini rejalashtirib olishi kerak. Nutq soʽzlashda dadillik va ishonch bilan gapirish kerak, shundagina tinglovchilar uning ma’ruzasini eshitadilar. Dadil nutq boʻlishi uchun esa mavzu yaxshi oʽzlashtirilgan boʻlishi, oʻqituvchi oʽzini notiq sifatida erkin tutishi lozim. Nutqni yodlash emas, balki aytiladigan gaplarni o‘ylash, fikrni mushohada qilish, mavzuga moslab gapirish kerak. Shundagina oʻqituvchining oʽzi ham, auditoriya ham zerikmaydi. “So‘zlab turib o‘ylanmaydi,balki o‘ylab turib so‘zlanadi.Agar so‘zlash jarayonida o‘ylansa, har xil parazitlar, varvar va vulgar so‘zlar paydo boʻladi, bu esa tinglovchining gʻashini keltiradi. Shu sababdan hamma nutq so‘zlayotganlar ham notiq boʻlavermaydi. Hamma oʻqituvchilarda ham nutqiy malaka shakllangan deb boʻlmaydi. So‘zda sehr bor: so‘z tuzadi, so‘z buzadi; kuldiradigan ham, kuydiradigan ham so‘z; olqish ham so‘zdan, qargʻish ham soʽzdan; obod qiluvchi ham, barbod qiluvchi ham soʽz; omonlik ham, yomonlik ham soʻzdan; topish ham, qopish ham so‘zdan. Shuning uchun soʽzning qadri baland.” Har bir pedagog ham notiq, zero, uning faoliyati oʻz shogirdlariga nutq bilan murojaat etishdan iborat. Oʻqituvchi auditoriyaga kirar ekan, kasbi bilan bogʻliq ma’lum maqsadga erishish, o‘z xohish-istaklarini roʻyobga chiqarishga intiladi. Albatta, nutq so‘zlar ekan u, avvalo, oʻquvchi talabalarga u yoki bu bilimni, ya’ni axborotni berishga intiladi. Lekin, ma’lumki, har qanday nutqiy muloqot u yoki bu ma’noda axborotni uzatish bilan bogʻliq. Oʻqituvchi ma’ruza o‘qishdan koʻzlagan maqsadining oʽziga xosligi nimada? Oʻzida bor bilimlar bilan o‘rtoqlashish istagining paydo boʻlishiga nima turtki beradi? Umumiy tarzda ularni quyidagicha belgilash mumkin: avvalo, oʽzgalardan o‘z hamfikrlarini tayyorlash. Intellektual hamfikrlar talabalar auditoriyasida yoki olaylik, ilmiy anjumanlarda shakllanadi va professor bu joylarda ma’ruza o‘qib ma’lum masala yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etar ekan, talabalar yoki hamkasblarni oʽz fikrlariga sherik qilishga intiladi. Bundan tashqari, oʻqituvchi-olim kasbining asosini aqliy, jumladan, ilmiy faoliyat tashkil etadi. Ya’ni professor, avvalo, tadqiqotchi, pedagogik faoliyat esa uning ilmiy faoliyatining oʽziga xos davomidir. Aqliy faoliyat bilan doim mashgʻul boʻlgan kishi esa doimo intellektual qoniqmaslik holatida boʻladi Bu tabiiy hol, zero, inson fikrlarining to‘gʻri ekanligidan shubhalangan taqdirdagina fikrlaydi. Oʻz fikr va gʻoyalarini so‘nggi haqiqat deya qabul qilgan va shubhadan toʻxtagan kishi fikrlashdan xam toʻxtaydi. Shuning uchun kasbi fikrlash boʻlgan oʻqituvchi uchun qadim faylasuflardan birining: "Men shubhalanayapman, demak, men yashayapman", - degan soʽzlari o‘ziga xos aqida vazifasini o‘taydi. Kasbiy nutq maqsad yo‘nalishlari xususida gap borar ekan, uning yana bir muhim jihati e’tiborga loyiq. Ma’lumki, nutq orqali inson oʽzi uchun zarur boʻlgan obroʻ-e’tibor qozonadi, ijtimoiy mavqeini oshiradi. "Odamning qimmati - soʽzida", deya bejiz aytmagan xalqimiz. "...Biz odatda e’tibor qilmagan kishi suxango‘yligi bilan bizni rom etishi mumkin. Aql jismga jon ato etishi bilan barcha, muayyan ma’noda uni yangilaydi ham; bir-birini quvib, almashib kelayotgan tuygʻu va fikrlar yuzni jonlantiradi. Rahbar (siyosiy arbob, muassasa yoki korxona rahbari vash.k.) xalq, omma, jamoa diqqat markazida boʻlib, shu makonda hurmat qozonib yetakchilikka erishadi. Rahbarlikni sharaf bilan ado etmoq uchun, kishi oʽzi rahbarlik qiladigan sohani bilishigina emas, balki yana bir qator sifat va fazilatlarga ega boʻlmogʻi kerak. Ular ichida avvalo til va nutq imkoniyatlarini ishga sola bilishni ajratib koʻrsatish darkor. Demokratik islohotlar yoʻlidan borayotgan Oʻzbekistonda shaxs, shaxs tafakkuri jamiyatning asosiy jihatiga aylanib bormoqda. Qurilajak jamiyatning bu xususiyatlari rahbar ongida ham oʽz aksini topmogʻi lozim. Zamonaviy rahbar qolip vazifasini o‘taydigan namuna emas, balki oʽzgalar tushunishga intilgan shaxs sifatida namoyon boʻladi. Nafaqat uning oʽzi, balki u muloqotga kirishgan odamlarning har biri ham betakror individuallikka, o‘z so‘zi va fikriga ega boʻlgan shaxslardir. Bunday sharoitda avtoritarlik emas, Shaxsiy hurmat-e’tiborgina ish berishi mumkin. Rahbar ommaga, jamoaga o‘z fikr-lari, nuqtai nazarini yetkazishga harakat qilar ekan, muhim sinovdan o‘tadi, zero, rahbar hukmu qarori o‘zgalarning taqdiriga ta’sir oʻtkazadi. Shu ma’noda omma (jamoa) muayyan ma’noda rahbarning muxolifi hamdir. Odamlar rahbarning yoʻl qoʻygan xatosiga, noto‘gʻri soʽziga darhol munosabat bildiradilar. Nutqda xato qilmaslikning choralaridan biri chin soʽzni aytish. Shunda soʽz tinglovchi qalbi qulfini ochuvchi kalitga aylanadi, odamlarni inontiradi, zero, "Tiling bila ko‘nglungni bir tut, ko‘ngliyu tili bir kishi aytqan soʽzga but". Kasbiy-pedagogik muloqot murakkab hodisa. Shaxs kasbiy-pedagogik muloqot qilishdan avval oʽz oldiga bir necha vazifalarni qoʻyadi. Jumladan, maqsad qoʻyadi, muloqot qachon, qayerda, necha yoshlilar bilan oʻtkazilishini rejalashtiradi. Pedagogik muloqotning eng muhim bosqichi - bu modellashtirish hisoblanadi. Bu bosqichdan muhim, mas’uliyatli muammoni hal qilishda foydalaniladi. Masalan, darsga tayyorlanish, ma’ruzani rejalashtirish ham shu bosqichga kiradi. Birinchidan, dasturga mos ravishda dars loyihasi tuziladi. Ikkinchidan, oʻquvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinadi. Uchinchidan, dars jarayonida qoʻllaniladigan ta’lim-tarbiya usullari tanlanadi. To‘rtinchidan, bolani aqliy rivojlanish qobiliyati hisobga olinadi. Ikkinchi bosqich-bu bevosita muloqot bosqichi. Buni “kommunikativ hujum”deb atash mumkin. Chunki oʻqituvchi toʻliq tashabbusni oʽz qoʻliga olib dars boshlaydi. Uchinchi bosqich esa bu muloqotni boshqarish bosqichi boʻlib, kasbiy kommunikatsiyaning muhim tarkibiy qismidir. Kasbiy-pedagogik muloqotning vazifasi-texnologiyani oʽzlashtirish boʻlib, unda oʻqituvchi iliq munosabatlarni qoʻllay oladi, natijada pedagog shaxsi namoyon boʻladi. Kasbiy-pedagogik muloqotning muvaffaqiyatli boʻlishida oʻqituvchining kommunikativ madaniyati muhim oʻrin egallaydi. Bola oʻqituvchining dildan gapirayotganligini his qilib turishi kerak. Boʻlmasa koʻngildagidek muloqot amalga oshmaydi. Ayrim pedagoglar bolalar bilan ularning yoshini hisobga olmasdan muloqotda boʻladilar. Oʻqituvchi bola katta boʻlayotganligini sezib tursa, bu uning muloqot madaniyatini shakllanayotganligidan dalolat beradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling