O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan
Mavzu: Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari. Verbal va noverbal muloqot. Yozma muloqot. Muloqot texnologiyasi va texnikasi
Download 4.54 Mb.
|
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Mavzu: Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari. Verbal va noverbal muloqot. Yozma muloqot. Muloqot texnologiyasi va texnikasi.
Savollar Og‘zaki muloqotga xos xususiyatlarni sanang? Noverbal muloqot qanday amalga oshiriladi? Yozma va og‘zaki muloqotning farqini tushuntiring. Qaysi muloqot turi samarali hisoblanadi va nima uchun? Yozma muloqotga misol keltiring? Biz muloqotga kirishayotganimda qanday qoidalarga amal qilamiz? Tayanch so’z va iboralar: og’zaki muloqot, yozma muloqot, verbal, noverbal, pauza, mimika, urg’u. Muloqot og`zaki va yozma ko`rinishlarga ega bo`ladi. Biroq muloqotning bu ikki ko`rinishi bir-biridan ba’zi jihatlari bilan farqlanadi. Og`zaki muloqotso`zlovchi gapirib turgan lahzadagina mavjud bo`ladi, so`zlash jarayoni tugashi bilan og`zaki muloqot ham tugaydi. Lekin muloqot ta’sirida berilgan ma’lumot, axborot tinglovchi ongida uzoq vaqtgacha saqlanishi, uning xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy. Og`zaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Ogʻzaki muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻladi, shuning uchun har kim ifodalayotgan fikriga mos soʽzni, gapni tanlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Ogʻzaki muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi,shuning uchun kishi oʽz nutqida voqeylikdan uzoqroq soʽzni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, koʽzlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ogʻzaki muloqot jarayonida odam bir vaqtning oʽzida fikrlaydi hamda soʽzlaydi, Shuning uchun voqeylikka mos soʽzlarni tanlashga deyarli imkoniyat boʻlmay qoladi. 2. Bunda xotiraning roli katta. Agar xotira sust boʻlsa, ogʻzaki muloqotda gap tuzilishi, soʽz birikmalari oʽzaro mantiqan va grammatik jihatdan bogʻlanmay qoladi. 3. U qanday shaklda namoyon boʻlgan boʻlsa, shundayligicha tinglovchiga yetib boradi. 4. Ya’ni nutqning tejamkor boʻlishi uchun ba’zi gap boʻlaklari tushiriladi. Toʻliqsiz gaplar koʻp qoʻllanadi. Ogʻzaki muloqotda takrorlar, qaytariqlar koʻp uchraydi. 5. Ogʻzaki muloqotda soʽzlovchining faol nutqiy harakati pauza (toʻxtam), ohang, urgʻu, unlilarning choʽzib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning oʽzgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. 6. Gapga ustalikni talaffuz ravonligidan ayricha tasavvur etib boʻlmaydi. Ogʻzaki muloqot ma’lumot yoki xabar ogʻzaki soʽzlar orqali almashilganda sodir bo`ladi. Bu ham yuzma-yuz, ham mexanik uskunalar orqali bajarilishi mumkin. Ikkala holatda ham bu tashkilotda muhim ahamiyatga ega. Tashkilotda yuzma-yuz muloqot konferensiya, guruh muhokama, shaxsiy suhbat va shu kabilar orqali bajarilishi mumkin. Mexanik uskunalar zamonaviy biznes muloqot jarayonida muhim rol o‘ynaydi va oʽz ichiga signallar, telefon, mobil telefoni, elektron pochta, faks va hokazolarni oladi. Verbal va noverbal muloqot. Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin. Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida soʽz muhim oʻrin tutadi. Soʽz talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, koʽz qarash, koʽz yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir soʽzga koʻplab ma’no berish mumkin. Tillarni oʽrgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham oʽrgatish lozim. Aks holda chet til toʻla oʽzlashtirilmaydi. Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham soʽzlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi. Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Noverbal soʽzlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bogʻlanadi. Muloqot qabul qiluvchi soʽzlovchini koʻrish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida boʻlishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi soʽzlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, koʻrinishini aniq koʻrishi va ovozini ham eshitadigan joyda boʻlishi kerak. Bu kuzatish orqali boʻlarkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan boʻlishi mumkin. Soʽzlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi boʻlganda rejalashtirilgan boʻladi. Noverbal muloqot esa, soʽzlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki koʻrinishi qabul qiluvchi tomonidan gʻayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Palapartish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli boʻlsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin. Noverbal muloqotning ahamiyati 1. Geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bogʻliq fikrlarni bidirishda, qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi. 2. Haydovchilar yoki yoʻlovchilardan darhol javob boʻlishi shartligi sababli yoʻl harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy oʻrinni tutadi. 3. Har bir inson odatda tildan koʻra ranglar, rasmlar yoki tovushlarga zudlik bilan javob beradi. 4. Noverbal simvollar orqali savodsiz odamlarga fikr bildirishning yagona metodi. Muloqot jarayonidagi psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir koʻrsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch xil turi ajratiladi: 1.Verbal ta’sir – bu soʽz va nutqimiz orqali koʻrsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar soʽzlar hisoblanadi. Nutq soʽzlashuvdagi oʽzaro muloqot jarayoni boʻlib, uning vositasi soʽzlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi oʽzidagi barcha soʽzlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan soʽzlarni topib sherigiga ta’sir koʻrsatishni xohlaydi. 2. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi uni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillardir. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, toʻxtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, doʻstimiz bizga biror narsani va’da berayotgan boʻlsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. 3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan oʻrinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga koʻra, birinchi marta koʻrishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy boʻlishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Muloqotning qanday kechishi va kimning koʻproq ta’sirga ega boʻlishi sheriklarning rollariga bogʻliq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir koʻrsatish maqsadi boʻladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o‘rnidan turib kutib oladi, quyuq soʻrashadi, keyin maqsadga o‘tadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling