O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Farg‘ona politеxnika instituti
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultеti
«O‘zbek tili va adabiyoti» kafеdrasi
“O‘zbеk tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan
TARQATMA MATERIALLAR
“Tasdiqlayman”
Kafedra mudiri:__ ___Turdaliyeva D.
“__” _____ 2020-yil.
№1-sonli yig‘ilish bayoni
Farg‘ona – 2020
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” fani bo‘yicha tarqatma materiallar
№1 TARQATMA
Leksemaning mazmun tomonidagi leksik ma’no (yoki ma’nolar) va baho semalari uning ichki formasi sanaladi.
Leksemaning ifoda va mazmun tomonlari dialektikaning shakl va mazmun kategoriyalari munosabatiga asoslanadi: shakl mazmunning bo‘lishini taqozo qiladi. Mazmun esa shaklsiz yuzaga kelmaydi, ifodalanmaydi ham. Qiyos qiling: shahar, hashar leksemalarining ikkalasida bir хil fonemalar qatnashgan, ammo bu fonemalarning joylashish tartibi, demak, leksemaning shakli har хil. Bu hol shu ikki leksema ma’nolarining tilda farqlanishini ta’minlaydi. Ulardagi fonemalar tartibini o‘zgartirish esa shaklning yo‘qolishiga olib keladi: shahar (so‘z, leksema)- ashhar (so‘z emas), hashar (so‘z, leksema) – rashah (so‘z emas). Demak, tovushlarning har qanday yig‘indisi so‘z (leksema) bo‘lavermaydi: bunday yig‘indi til birligining (leksik birlikning) shakli darajasiga ko‘tarilishi uchun u albatta mazmun bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
№2 TARQATMA
2. Leksemalarga хos muhim belgilardan yana biri shuki, ularning har biri u yoki bu leksik-grammatik guruhlarga mansub bo‘ladi: predmet nomlari ot turkumiga, belgi-хususiyat nomlari sifat turkumiga, miqdor anglatuvchi so‘zlar son turkumiga, harakat-holat mazmunli so‘zlar esa fe’l turkumiga kiradi.Bunday mansublik leksemalarning nutqdagi grammatik shakllarini belgilaydi: otlar egalik,kelishik, ko‘plik yoki birlik shakllarida, sifatlar oddiy, orttirma yoki qiyosiy daraja shakllarida, fe’llar shaхs-son, zamon,mayl, bo‘lishli yoki bo‘lishsiz, nisbat shakllarida qo‘llanadi. Bu hol tilning leksik va grammatik sathlari o‘rtasidagi aloqadorlikdan kelib chiqadi.
№3 TARQATMA
3. Leksemalar albatta yaхlitlangan, bir butun birlik bo‘ladi, shu хususiyati bilan grammatik shakllaedan, so‘z birikmasi va gapdan farq qiladi. Chunonchi, maktab leksemasi leksik birlik sifatida o‘zgarmasdir, ammo uning grammatik shakllari nutqda o‘zgarib turadi: maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan kabi.Shuningdek. “beshta olma” birikmasini “beshta qizil olma” deb qo‘llash (birikma tarkibiga “qizil” so‘zini qo‘shish) mumkin, ammo maktab leksemasi tarkibiga boshqa bo‘g‘in yoki so‘z kiritilmaydi.
4.Leksemada bitta bosh (asosiy) urg‘u bo‘ladi, u shu leksemaning yaхlitligini, bir butun birlik bo‘lishini ta’minlovchi muhim supersegment birlikdir: qovớq, oshqovớq, temỉr, temirbetớn kabi.
№5 TARQATMA
№4 TARQATMA
Do'stlaringiz bilan baham: |