1-topshiriq. Ish yuritishda ilgari qo‘llanigan quyidagi so‘zlarning hozirgi tilimizdan ma’nodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing:
Munshaot,yorliq,patta,noma,chopar,munshiy,farmonioliy,mirzaboshi,devonbegi.
Mavzuga oid topshiriqlar
№31 TARQATMA
2-topshiriq.Eski uslubga xos lisoniy qoliplarning ma’nosini izohlang va hozirgi adabiy tilga muqobillarini qavsda ko‘rsating.
1.Xoja Kalonga salom degach,so‘z ulkim, Shamsiddin Muhammad Atovag‘a keldi. Tengri taolodin umid ardoqdurkim, bu oraning ishi Tangri taolo inoyati bila bot saranjom topgan. 2.Qulluq arzadosht ulbardin davlatxoh qullar shodmon bo‘ldilar. Umid ulki, hamisha davlat bila sog‘ va salomat bo‘lub olam ahlig‘a komron bo‘lg‘aysiz.3.Yer-u ko‘kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukrlarbo‘lsinki, yeti iqlim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olim sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini jon quloqlariga taqdilar.
№24 TARQATMA
3-topshiriq.Matnni o‘qib,ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang va shu so‘zlar ishtirokida matn mazmuniga bog‘liq gaplar tuzing.
Har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur-bu tildir. Ayni paytda hujjatchilikda til axborotni faqat qayd etish vazifasigina bajarib qolmasdan, boshqaruv faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham,avvalo, o‘z qadimiy an’analarimizdan kelib chiqib va dunyo hujjatchiligidagi ilg‘or tajribalardan ijodiy foydalangan holda, hujjatchiligimizni takomillashtirish yo‘lidan bormoq kerak.
s
№25 TARQATMA
4-topshiriq. Berilgan matnlarning hujjatning qaysi turga kirishini aniqlang.
Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida Layli otidan-sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom.Mendan- haddu-hisobsiz gunoh, sizdan kechirish. O‘tgan ishga salovat.Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni esga olish mening uchun o‘sha kunlarni siz uniting-unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirgi ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman…
Do'stlaringiz bilan baham: |