O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan
Download 4.54 Mb.
|
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kitob - insonning yaqin do‘sti
Ajoyib va g‘aroyib kitob
Olimlarning aniqlashicha. Sankt-Peterburgning Saltikov-Shchedrin nomidaga kutubxonasida saqlanayotgan Alisher Navoiyning ilk she’riy to‘plami bundan besh asr ilgari buyuk adibning shaxsiy kutubxonasida bo‘lgan. Kitob oltin suvi bilan ipak qog‘ozda bitilgan va har bir sahifasi naqshlar bilan bezab chiqilgan. Ushbu to‘plam Sharqning mashhur hattoti Sultonali Mashhadiy tomonilan ko‘chirilgan. * * * Dunyodagi eng katta kitob Amsterdamdag muzeylardan birida saqlanadi. Bu kitob «Dengiz qoidalari to‘plami» deb nomlanadi. Uning eni 1 metr, qalinligi chamasi yarim metr, uzunasiga esa o‘rta bo‘yli kishidan ham balanddir. * * * Dunyoning 12 ta eng kichik kitobi bir oshqoshiqqa joylashadi. Ular orasida: Kur'oni Karimning mitti nashri, 12 so‘zli ingiz tili lug‘ati, Galileo Galiley asarlari to‘plami, Injildan Yanga Ahd, shoir Robert Byorns she’rlari to‘plami, fransuz va nemis ma’lumotnomasi, Muso qonunlari kitobi, hindlarning «Gita» kitobi, irland va shotland qo‘shiqlari to‘plami bor. * * * Dunyodagi eng og‘ir kitob Londonning Britaniya muzeyida saqlanadigan gsografik xarita hisoblapadi. Kitobning bo‘yi bir metrdan ortiq va og‘irligi 320 kilogrammdir. * * * Yozuvchi Jyul Vernning 20 ming asar haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oluvchi shaxsiy kartotekasi bo‘lgan. Yozuvchi kunning katta qismini ilmiy adabiyot bilan tanishib chiqishga sarflar edi. Jyul Vernning o‘z zamonasidagi turli-tuman sohalardan yaxshi xabardorligi uning asarlarida yaqqol ko‘rinib turadi va shu bilan hali-hanuz o‘z o‘quvchilarini hayratga solib keladi. Jyul Vernning kartotekasi sifati va boyligi bilan hozirgacha ilmiy jamiyatlarning havasini keltiradi. Gazetada parchalarga bo‘lib nashr qilingan birinchi asar «Robinzon Kruzo» bo‘lgan. Asarning ilk o‘quvchilari 1719-yilning 7-oktyabridan 1720-yilning 17- oktabrigacha Robinzon Kruzoning sarguzashtlarini katta qiziqish bilan kuzatib borganlar. Vazifa: Quyidagi pand-nasihatni o‘qing va yozma tarjima qiling. Kitob - insonning yaqin do‘sti Kitob insonlarni mehnatsevarlikka matonatli bo‘lishga, qobiliyatini o‘stirishga fan va madaniyat boyliklarini egallashga insoniyat tarixini va hozirgi hayotni tushunib olishga yo‘naltiruvchi manbadir. Kitobni o‘qishda quyidagi pandu-nasihatlarga amal qiling: Kitob bilan muomalada eng yaqin do‘stingizga munosabatda bo‘lgandek e’tibor bering. Kitobni yaroqsiz holga keltirmaslik uchun undan to‘g‘ri foydalaning. Ko‘chada keta turib, o‘rinda yotgan holda, transportda mutlaqo kitob o‘qimang. Dasturxon oldida kitob o‘qish odobsizlik, kitobni qunt va diqqat qilmay, mag‘zini chaqmasdan, uqmasdan o‘qish kitobga nisbatan hurmatsizlik bo‘ladi. Qiziq ekan deb tuni bilan o‘qib chiqmang, ertasi kuni lanj bo‘lib yurasiz. Kitobni mustaqil ravishda o‘qiy oling va mazmunini talqin qila oling. O‘qigan kitobingizning kerakli joylarini yon daftaringizga yozib oling, notanish joylarini eslab qolishga harakat qiling. O‘qigan kitobingiz haqida do‘stlaringizga gapirib bering, ularni ham qiziqtirib shu kitobni o‘qitishga harakat qiling. Vazifa. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasini o‘qish. “Ikki qismli kundalik” metodi asosida hikoyani tahlil qilish. Namuna: Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Hikoyada dehqonning asosiy ish quroli, tirikchiligi ho‘kiz bilan bog‘liq. Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa, topiladi. Ellikboshinin tamagirlik uchun aytgan nutqi. Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Odiiy, bechora xalq ustidan kulish, kamsitish O‘ynashmagil arbob bilan….. Pristav oldiga birishda aytiladi. Ammo terisi ko‘nchilikka tushgan bo‘lsa, albatta charm bo‘ldi; xudo biladi, kavush bo‘lib bozorga chiqdimi? Chorasiz odamga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish Paxtafurushning “kichkinagina” sharti bor….Amaldorlarning o‘g‘riligini ko‘rsatishning kulminatsion nuqtasi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling