O‟zbek tili va adabiyoti o‟qitish metodikasi


Download 0.63 Mb.
Pdf просмотр
bet1/7
Sana08.06.2018
Hajmi0.63 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7

 

“O‟zbek tili 



va adabiyoti 

o‟qitish 

metodikasi” 

kafedrasi  

R.Niyozmetova 

Ped.f.d., prof 

Ochilova Iroda 

Bahodir qizi 

(404-guruh) 

Ta'lim bosqichlarida  

Bobur ruboiylarini 

o„rganish. 

H.Aliqulova 

Ички такризчи 

A.Anorbekova 

(O‟zDJTU) 

 

 

 



                                                   

  Mundarija:  

  

Kirish. BMI  umumiy tavsifi……………………………………………………2 

I bob.  Bobur faoliyati va adabiy merosini  o„rganish. 

1.1.Ta‟lim bosqichlarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini        

o„rganish………………………………………………………………………….8 

 1.2.  Bobur  hayoti  va  ijodini  о„rganishda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan 

foydalanish……………………………………………………………………….16 



1.3.  Bobur  hayoti  va  ijodini  o„rganishda  qo„shimcha  manbalardan  foydalanish 

usullari……………………………………………………………………………21 

  II bob. Bobur ruboiylarini o„rganish metodikasi. 

2.1. Bobur ruboiylarini mavzu qamroviga ko„ra tahlil qilish……………………34 

2.2. Ruboiy tahlili jarayonida o„quvchilar bilim va ko„nikmalarini rivojlantirish.48 

2.3. Bobur ruboiylari tahlili - ma‟naviy barkamollik omili sifatida………………58 

III bob. BMI ning amaliyotda tadbiqi. 

3. 1. Bobur hayoti va ijodini o„rganish bo„yicha ochiq dars ishlanmasi…………65 

 Umumiy xulosalar...............................................................................................78 



Tayanch so„zlarning  o„zbek-ingliz lug„ati……………………………………83 

Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati…………………………………………..87 

Ilovalar…………………………………………………………………………… 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 

KIRISH 

                                                                           Umrning butun ma‟nosi  

                                                                         mavhumlikni to„xtovsiz  

    zabt etish, tobora va hamisha 

                                                                               ko„proq bilishga intilishdir

1



 

Mavzuning  dolzarbligi:  O„zbekiston  davlatining  mustaqillik  davridagi  taraqqiyoti 

ijtimoiy-siyosiy  hayotimizning  barcha  qirralarida  bo„lgani  singari  madaniy-ma‟rifiy 

sohalarda  ham  tarixiy  o„zarishlarni  yuzaga  keltirmoqda.  Istiqlol  mafkurasi  tufayli 

“Tilimizni,  dinimizni,  urf-odatimizni,  ma‟naviy  qadriyatlarimizni  butkul  yo„qotib 

qo„yish  xavfidan  saqlab,  asrab-avaylab,  ularning  azaliy  mazmuni  va  qudratini    

tiklash…”

darajasiga erishdik. Qadimiy merosimiz ildizlarini ko„rsatish, o„tmishdagi 



boy  an‟analarni,  milliy  qadriyat  va  ma‟naviy  boyliklarimizni  yangi  jamiyat 

qurilishiga tadbiq etish bugungi hayotimizning bosh vazifalaridan biriga aylandi.  

         Agar  biz  istiqlolga  qadar  Bobur  ijodi  adabiyotshunoslikda  kam  darajada 

o„rganilgan  edi,  desak  haqiqatga  to„g„ri  kelmaydi.  Uning  badiiy,  ilmiy  va  tarixiy 

merosi  xususida  ko„plab  ilmiy  tadqiqotlar  yaratilgan,  asarlari  qayta-qayta  nashr 

etilgan.  Lekin  mustabit  tuzum  davrida  diniy-tasavvufiy  adabiyotni  zararli  deb 

tushunish,  ba‟zan  uning  vakillari  ijodini  qoralash  natijasida  Bobur  yaratgan  diniy-

ma‟rifiy  ruhdagi  asarlarni  o„rganish  e‟tibordan  chetda  qolib  ketgan  edi.  Vatanimiz 

mustaqillikni  qo„lga  kiritgandan  so„ng  bu  yo„lda  juda  katta  ishlar  amalga  oshirildi. 

                                                           

1

 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – T.: Uzbekiston milliy ensiklopediyasi. 1999, 195-bet. 



2

 Karimov I.A. Istiklol va ma‟naviyat. – T.: Uzbekiston.1993-yil, 71-bet.                                                                          



 

Ammo  shunday  bo„lishiga  qaramasdan,  adabiyot  darslarida    Zahiriddin  Muhammad 



Boburning  hayoti  va  ijodining  o„rganilishida  ko„proq  qaysi  jihatlarga  e‟tibor  qaratish 

lozimligi,  uning  she‟riyatining  badiiyati,    ma‟rifiy  ahamiyati  nimada  ekanligi  to„la 

yoritilmadi.  Shoir  she‟riyatidagi  mana  shu  jihatlarni  ochib  berish  mavzuning 

dolzarbligi hisoblanadi.  



Mavzuning o„rganilganlik darajasi:  Buyuk sarkarda, davlat va madaniyat arbobi, 

donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimon Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti 

va  faoliyati  haqida  ko„plab  izlanish  va  tadqiqotlar  olib  borilgan.  Ammo 

B.Valixo„jayev  haqli  ta‟kidlaganidek:  “…bu  qutlug„  ishni  Boburning  o„zi 

“Boburnoma”da boshlab bergan edi. Shundan so„ng  Movarounnahr, Afg„oniston va 

Hindistonda  yozilgan  tazkira  va  tarixiy  asarlarda  Bobur  haqida  ma‟lumot  berish 

kuzatiladi”.

.3 


 Darhaqiqat, Bobur hayoti va ijodi haqida ma‟lumot beruvchi eng noyob 

ishonchli  manba  uning  “Boburnoma”sidir.  Shuningdek,  bu  ulug„  shoir  va 

sarkardaning  qizi  Gulbadanbegimning  “Humoyunnoma”,  Muhammad  Haydarning 

“Tarixi  Rashidiy”  asarlari  ham  “Vaqoe”  maqomiga  yaqin  turuvchi  asarlar  sirasiga 

mansub.  Buning  boisi  shuki,  Gulbadanbegim  va  Muhammad  Haydar  Bobur  Mirzo 

bilan  yaqindan  muloqotda  bo„lishgani  sababli  o„z  asarlarida  buyuk  hukmdorning 

faoliyati,  shaxsiyatiga  aloqador  qimmatli  ma‟lumotlartni  keltirishgan.  Hasanxo„ja 

Nisoriyning  “Muzakkir  ul-ahbob”  (1566)  asarida  Bobur  Mirzo  bilan  aloqador 

ishonchli qaydlar o„z ifodasini topgan. Xuddi shunday fikrni Hindistonni idora qilgan 

boburiy  hukmdorlar  Akbarshoh,  Jahongirshoh  va  Shoh  Jahon  zamonida  vujudga 

kelgan tarixiy asarlar borasida ham aytish mumkin.  

Hindiston inglizlar tomonidan fath etilgandan so„ng, aniqrog„i, XVIII asrdan 

boshlab Boburning faoliyati, hayoti, ijodi kabi masalalar Ovrupa sharqshunoslarining 

diqqatini  o„ziga  jalb  etdi.  Vitsen,  Jon  Leyden,  U.Erskin,  R.M.Kalenot,  Pave  de 

Kurteyl,  Denison  Ross,  A.Beverijd  xonim,  Len  Pul,  E.Holden,  V.H.Morland

4

  va 



boshqa tadqiqotchilar  Boburning hayoti va  faoliyatini o„rganish,  asarlarini  nashr  va 

tarjima qilish ishlari bilan shug„ullandilar. Bu ilmlar orasida ingliz tarixchisi Uilyam 

                                                           

1 Valixо„jayev B. Mumtoz siymolar. – T.:A. Qodiriy nomidagi «Xalq merosi» nashriyoti. 2002-yil, 247-bet. 

2

 Vohidov R.J., Eshonqulov H.P.O‟zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – T.: O‟zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot 



jamg„armasi nashriyoti.2006-yil, 439-bet. 

 

Erskinning olib borgan izlanishlari mutaxassislar tomonidan juda ko„p e‟tirof etiladi. 



U  1809-yilda  Jon  Leyden  boshlagan  “Boburnoma”ning  tarjimasini  nihoyasiga 

yetkazgan.  Shuningdek,  U.Erskinning  “Temuriylar  avlodidan  bo„lmish  Bobur  va 

Humoyun  davridagi  Hindiston  tarixi”  nomli  600  sahifaga  yaqin  hajmdagi  yirik 

tadqiqoti 1854-yilda, muallif vafotidan keyin nashr etilgan.  

Rus sharqshunoslaridan N.I.Ilminskiy, N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, N.I.Veselovskiy, 

V.V.Vyatkin,  A.Samoylovich,  V.Bartold;  afg„on  olimlaridan  Ahmad  Ali  Kohzod, 

Abdulhay  Habibiy,  Gulchin  Maoniy;  hind  olimlaridan  Zokir  Husayn,  Nurul  Hasan, 

S.A.Sharmi,  R.P.Tripatxi,  P.Saron,  Kanunga;  turk  olimlaridan  Fuod  Kupruluzoda, 

Rashid Rahmati Arad kabilar ham Bobur faoliyati va merosi bilan shug„ullandilar.  

Boburning hayoti, faoliyati, ilmiy, badiiy merosini o„rganish, asarlarini nashr etish 

borasida o„zbek olimlari ham muayyan ishlarni amalga oshirdilar. Adibning memuar 

asari  “Boburnoma”dan  parchalar  1928-yilda  Fitratning  “O„zbek  adabiyoti 

namunalari”  majmuasida  e‟lon  qilindi.  Shundan  so„ng  bu  asar  1948-1949-yilda  2 

jildda,  1960-,  1989-yillarda  esa  asarning  to„ldirilgan  nusxasi  nashr  etildi.  Umuman, 

boburshunoslik ravnaqida Yahyo G„ulomov, Vohid Zohidov, Homil Yoqubov, Porso 

Shamsiyev,  Sabohat  Azimjonova,  Aziz  Qayumov,  Hamid  Sulaymon,  Said  Aliyev, 

Botirxon  Valixo„jayev  kabilarning  ilmiy  tadqiqotlari  muhim  hissa  bo„lib  qo„shildi. 

Ammo  shunga  qaramasdan,  metodika  sohasida  yetarli  ishlar  amalga  oshirilmagan. 

Biz  jurnallarning  sahifalarida  ba‟zan  Bobur  hayotini  yoki  ijodini  o„qitish  bo„yicha 

tafsiyalarga duch kelsak-da, uni ilmiy ish darajasida ishlanganini uchratmadik. 



  Ilmiy  ishning  ilmiy-tadqiqot  ishlari  bilan  bog„liqligi.  Ushbu  ilmiy  bitiruv 

ishimning  mavzusi  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  uneversitetining 

o„zbek tili  va adabiyoti  fakulteti, amaliy tilshunoslik, o„zbek tili va adabiyot o„qitish 

metodikasi    kafedrasining  ilmiy  tadqiqot  ishlari  bilan  bog„liq  bo„lib,  kafedraning 

umumiy mavzusidan kelib chiqqan holda tanlangan.  

Tadqiqotning  maqsadi:  Bobur  ruboiylarini  o„rganish  orqali  ta‟lim  bosqichlarida 

samaradorlikka erishish. 

Belgilangan maqsad asosida amalga oshiriladigan vazifalar  quyidagilar: 

 

Bobur hayoti va faoliyatini darsliklarda berilishini tahlil qilish; 



 

 



 Bobur  ruboiylarini  adabiyot  darslarida  qay  darajada  o„rganilishi  va  bunda 

nimalarga ahamiyat berishni o„rganib chiqish; 

 

Bobur lirikasining ma‟rifiy ahamiyatini aniqlash; 



 

Dars samaradorligini oshiruvchi mavzuga oid metodlar ishlab chiqish. 



 Tadqiqot  obyekti  va  predmeti.  Tadqiqotni  yoritib  berishda  prezidentimiz 

I.A.Karimovning  ilmiy  asarlari,  “Ta‟lim  to„g„risida”gi  qonun,  “Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturi”,  Bobur  asarlari,  umumiy  o„rta  va  o„rta  maxsus  ta‟limning  adabiyot 

darsliklari  va  bu  mavzuga  doir  monografiyalar,  dissertatsiyalar,  metodik 

qo„llanmalar  hamda ilmiy maqolalarga tayaniladi.  

Tadqiqot metodlari. Obyektiv kuzatgan holda, biografik, germenevtika,  struktural 

va qiyosiy-tarixiy metodlardan foydalanildi. 



Ishning  yangiligi:  Yuqorida  aytib  o„tganimizdek,  Bobur  hayoti  va  ijodi  o„zbek 

adabiyoti  va  metodika  sohalarida  o„rganilgan  bo„lsa-da,  Bobur  lirikasining  ma‟rifiy 

ahamiyati  va  yosh-avlodni  tarbiyalashdagi  roli  o„rganilmagan,  ruboiylarini  mavzu 

qamroviga ko„ra tahlil qilishga erishilmagan edi. Biz o„z bitiruv malakaviy ishimizda 

mana shu jihatga e‟tibor qaratdik.   

Tadqiqotning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati:  Ish  amalga  oshirilish  jarayonida 

maktab  va  akademik  litsey  darsliklarida  o„quvchilarning  o„quv,  bilish  faoliyatini 

izchil  shakllantirishga  yo„naltirilgan  nazariy  yondashuvlar  bilan  boyitildi. 

Shuningdek,  Bobur  hayoti  va  ijodini  o„rganish  bo„yicha  tegishli  ko„rsatma  va 

tafsiyalar beriladi.  

Tadqiqot  natijalarining  amaliyotga  joriy  qilinishi.  BMI  Nizomiy  nomidagi 

Toshkent  davlat  pedagogika  universiteti  O„zbek  tili  va  adabiyoti  o„qitish  metodika 

kafedrasi  qo„shma  yig„lishida  muhokama  qilinib,  himoyaga  tavsiya  qilingan.  

Tadqiqot natijalari bo„yicha O„zDJTU qoshidagi Uchtepa akademik litseyi pedagogik 

kengashida  ma‟ruza  qilindi  va  ochiq  dars  o„tkazildi.  (Ochiq  dars  ishlanmasi  ilova 

qilinadi). O„z iqtidorimizdan kelib chiqib, kichik tajribalarga tayanib mavzuni yoritib 

berishga harakat qildik. 


 

Tadqiqotning tuzilishi: Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosa, 

ingliz-o„zbek  lug„ati,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro„yxatidan  tashkil  topgan.  Ishning 

umumiy hajmi 89 sahifani tashkil qiladi. 

 

 

 



 

 

 



I BOB. BOBUR FAOLIYATI VA ADABIY MEROSINI 

O„RGANISH 

      Tarixdan  ma‟lumki,  О„rta  Osiyo  dunyoga  kо„plab  mutafakkir  olimlarni, 

shoirlarni va jahongashta sarkardalarni yetkazib berdi. 

     Madaniyatning, ilm-fan, me‟morchilik va san‟atning rivojlangan, taraqqiy etgan 

davri hisoblangan XV asr Movorounnahr tarixida о„ziga xos yorqin va ahamiyatli iz 

qoldirdi. 

     Mumtoz  inson,  boburshunoslar  ta‟biri  bilan  aytganda,  tariximizning  eng 

murakkab,  eng  jozibador,  eng  dramatik  siymolaridan  biri  Zahiriddin  Muhammad 

Bobur Mirzo ayni mana shu davrda yashab ijod etdi. Bor-yо„g„i qirq yetti yillik qisqa 

umri davomida jahon tarixidan shavkatli о„rin olib ulgurdi. 

        Ismi  –  jismining  bir-biriga  monand  kelishi  kamyob  hodisadir.  Ammo  bu 

azamat  shaxs  –  Bobur  Mirzo  timsolida  olmos  iste‟dodini  sinab  kо„rmagan  insoniy 

faoliyat  sohasi  juda  kam  topiladi.  Ilm-u  ma‟rifatga  tashna  bu  insonning  muallimi  – 

ustodi  Buxoroi  sharif  madrasalarida,  Bog„dod-u  Basrada  emas,  shavqatsiz,  otasiz 

hayot  sahnida,  jang  maydonida  edi.  Murabbiyi  –  tarbiyatkunandasi  ham  ayni 

hayotning о„zi edi. 

         Qismat uni, bir tomondan, о„n tо„qqiz yoshida tug„ilgan diyorini tark etishga, 

ikkinchi  tomondan,  yigirma  besh  yoshida  Afg„oniston,  Pokiston,  Hindiston, 

Bangladesh  kabi qator  mamlakatlarning  aksar  qismini  zabt  etishga, shu  bilan buyuk 

boburiylar saltanatiga asos solishga musharraf qildi.  



 

           Uning  mamlakatdorlik  siyosati, harb  ilmi  asrlar  davomida  jahon  hukmdorlari 



uchun ibrat maktabi bо„lib xizmat qildi. 

              Shu  sababli,  uning  bu  boradagi  noyob  tajribalari  Yuliy  Sezar,  Bonapart 

Napaleon, Atilla, Amir Temur singari mumtoz davlat arboblarining nomlari bilan bir 

qatorga qо„yib о„rganiladi. 

     Bugungi  kunda  ota-bobolarimizning  asrlar  davomida  tо„plagan  hayotiy 

tajribalari,  diniy,  axloqiy,  ilmiy  qarashlarini  о„zida  mujassam  etgan  nodir 

qо„lyozmalarni  jiddiy  о„rganish  davri  keldi.  Bugun  biz  ajdodlarimiz  haqida  xorijda 

yaratilgan  ilmiy-tarixiy  va  adabiy  asrlar  bilan  bevosita  tanishish  imkoniga  ega 

bо„ldik. Ular orasida Prezident Islom Karimov ta‟kidlaganidek: “Buyuk madaniyat va 

sharqona odob-axloq timsoli” bо„lgan bobokalonimiz Bobur Mirzo va u asos solgan 

sulola vakillari saltanati tarix oldida buyuk ahamiyat kasb etdi. 

          Kimki  о„zbek  nomini,  о„zbek  millatining  kuch-qudratini,  adolatparvarligini, 

cheksiz  imkoniyatlarini,  uning  umumbashariyat  rivojiga  qо„shgan  hissasini,  shu 

asosda  kelajakka  ishonchini  anglamoqchi  bо„lsa,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur 

siymosini  anglashi  kerak.  Mustaqil  О„zbekistonning  kuch-qudrati,  manbai  – 

xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir,-deb yozadi Islom Karimov.

5

 

       Bobur  Mirzo  shoir,  adib,  she‟rshunos-adabiyotshunos,  donishmand  fiqih, 



tilshunos, tabiatshunos, mantiq va riyoziyot ilmlaridan puxta xabardor jamoat arbobi 

sifatida  о„zidan  bebaho  ma‟naviy  meros  qoldirdi.  Sherniki  kabi  jur‟at  va  matonat 

egasi bо„lgan bu mukarram zot aql bovar qilmaydigan kashfiyotlar bilan yuzma-yuz 

yashab о„tdi, о„zidan bemisl ma‟naviy xazina, buyuk nom qoldirish uchun kurashdi. 

U  yaxshilik  va  gо„zallik  shaydosi  edi.  Oxirgi  nafasigacha  ezgulik  yalovini  baland 

tutdi, farzandlariga – vorislariga ham shu haqda vasiyat qildi.  

         Bobur о„n  olti -  o„n  yetti  yoshlaridan  ijod  qila  boshlagan. U  “Boburnoma”da 

1499-1500 yillar voqeasini sо„zlar ekan “ul fursatlarda biror-ikkiror bayt aytur erdim, 

vale‟ g„azal tugatmaydur erdim”,-deydi. 

           Bobur  о„zbek  mumtoz  adabiyotining,  ayniqsa,  Alisher  Navoiyning  boy 

adabiy  merosini  hamda  fors-tojik  tilidagi  adabiyotning  ustoz  san‟atkorlari  adabiy 

                                                           

5

 I.Karimov. Ma‟naviy yuksalish yо„lida. T .: “О„zbekiston”, 1998 y. 



 

tajribalarini  о„rganadi,  о„zbek  va  fors-tojik  tillarida  yangi,  о„ziga  xos  she‟rlar 



yaratadi,  bu  she‟rlarini  tо„plab,  ikki  devon  tuzadi.  Bu  devonlardagi  ayrim  she‟rlari 

“Boburnoma”ga  ham  kiritilgan.  U  20  yoshida  yangi  bir  yozuv  -  “Xatti  Boburiy”ni 

ixtiro  qiladi.  Musiqa  bilan  shug„ullanib,  “Chorgoh”  maqomiga  “savt”lar  bitadi. 

“Boburnoma”dek  ulkan  tarixiy  –  badiiy  asarni  yaratadi.  Soliq  ishlarini  tartibga 

soluvchi  “Mubayyin  al-zakot”  (“Zakot  bayoni”)  asarini  she‟riy  yо„lda  yozadi.  Aruz 

nazariyasi haqida risola tuzadi. “Muxtasar” nomi bilan shuhrat topgan bu asar Alisher 

Navoiyning  “Mezon  ul-avzon”idan  keyin  aruz  ilmiga  bag„ishlangan  yirik  asar  edi. 

Uning  “Harb  ishi”,  “Musiqa  ilmi”  nomli  asarlari  hozirgacha  topilgan  emas.  Bobur 

tarjima bilan ham shug„ullanib, Xо„ja Axrorning “Volidiya” asarini she‟riy yо„l bilan 

о„zbekchaga tarjima qiladi. Bu esa uning arab tilini ham yaxshi bilganligidan dalolat 

beradi. 

         Shoirning lirik merosi hajmi jihatdan uncha kо„p bо„lmasa-da, mavzu doirasi, 

shakliy  takomili  va  badiiy  tomonidan  g„oyat  gо„zal  va  mukammalligi  bilan  ham 

alohida e‟tiborga loyiq.  

          Bobur  lirikasini  g„azal,  ruboiy,  qit‟a,  tuyuq,  masnaviy,  fard,  muammo  kabi 

janrlarda bitilgan g„oyaviy-badiiy jihatdan puxta-pishiq bо„lgan asarlar tashkil etadi. 

         Mislsiz  sо„z  san‟atkori  va  salohiyat  sohibi  Zahiriddin  Muhammad  Bobur 

ma‟naviyatimiz sultoni, sarvaridir. Uning ijodiy merosini, xususan, “Boburnoma” va 

hatto kichik she‟riy misralarining о„zini ham gо„yo qatraga tengdir. 

1.1.Ta‟lim bosqichlarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini  

o„rganish 

 “…Buyuk  davlat,  buyuk  kelajagimizga  erishish  uchun  oqil,  ma‟rifatli,  ayni 

paytda o„zining o„tmishi, ulug„ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka 

ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak”

6

ligini har bir murabbiy chin yurakdan 



his qilmog„i lozim. Buni o„quvchi-yoshlarga tez va oson yetib borishini ta‟minlashda 

esa,  bizga  adabiyot  fani  yordamga  keladi.  Chunki,  adabiyotning  bosh  vazifasi  ham 

tarbiyalashdir. O„z shaxsiyati va asarlari bilan insonlarga ibrat bo„la oladigan, ularga 

                                                           

6

 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – T.: Uzbekiston milliy ensiklopediyasi. 1999, 55-bet. 



 

ma‟rifat nuri ulashadigan buyuk siymolarning hayoti va faoliyatini o„rganishimizning 



ham asl mohiyati shunda. 

“Yozuvchining  hayoti  va  ijodiy  faoliyatini  o„rganish  uning  dunyoqarashini 

aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga to„g„ri baho berish uchun zamin hozirlaydi”

7



Ba‟zan  yozuvchi  va  shoirlarning  hayotini  o„rganish  shart  emas,  degan  qarashlarga 

ham  duch  kelamiz.  Holbuki,  adib-u  shoirlar  hayotiga  oid  faktlarni  to„plash  ilmning 

chinakam  “qora  ishi”  sifatida  baholanishi  kerak.  Sababi,  bu  xil  ishlar  konkret 

ijodkorning  shaxs  va  san‟atkor  sifatidagi  tadrijini  kuzatish  yoki  konkret  asarning 

ijodiy  tarixini  to„g„ri  talqin  qilish  uchungina  emas,  ijod  psixologiyasi,  ijodkor  va 

jamiyat  munosabati  kabi  qator  umumestetik  muammolarni  yoritishda  ham  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Adib  hayotiga  oid  ma‟lumotlar  o„zi  yozib  qoldirgan  tarjimayi 

hollardan,  adib  haqida  aytilgan  zamondoshlari,  uning  tengdoshlari,  ustozlari  yoki 

shogirdlari,  tanish-bilishlari  va  muxlislari  tomonidan  aytilgan  yoki  yozma  holida 

yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin.  

Zahiriddin Muhammad Bobur ham xalqimiz, ham madaniyatimiz tarixida yorqin 

iz  qoldirgan  buyuk  shaxslardan.  Bugun  uni  katta-kichik  biladi.  U  radio  va 

televideniya,  turli-tuman  ilmiy-ommaviy,  hujjatli-badiiy  filmlar  orqali  kichik 

yoshdagi maktab o„quvchilariga ozmi-ko„pmi tanish. Binobarin, darsni boshlashdan 

oldin  men  o„quvchilarga  Bobur  haqida  ular  bilmaydigan,  mutlaqo  yangi  gapni 

aytaman, degan tasavvurdan uzoq  bo„lishim kerak. Shuning uchun dars avvalidanoq 

sinfni erkin fikrga chorlab, “Bu shoirimiz haqida kim nimalar biladi?” degan savolni 

o„rtaga  tashlab,  o„quvchilarning  fikrini  tinglab,  davom  ettirib,  to„ldirilib  borishdan 

boshlansa,  birinchidan,  o„quvchilarning  bilimi  boyiydi,  ikkinchidan,  diqqat-e‟tibori 

bir joyga jamlanadi hamda rag„batlantiriladi. 

Har  bir  darsning  o„z  rejasi  bo„ladi.  Reja  darsning  maqsadidan  kelib  chiqadi. 

Tabiiyki,  biz ushbu mavzu bilan Bobur haqidagi dunyoda bor ma‟lumotning barisini 

to„plab  bermaymiz,  berolmaymiz  ham.  Uning  imkoni  yo„q,  zarurati  ham  yo„q. 

Bizdan  ikki  narsa  talab  qilinyapti:  Bobur  haqida  qisqa  va  umumiy  bir  ma‟lumot 

berish; ruboiylari haqida muayyan tasavvur hosil qilish. 

                                                           

7

Dolimov S., Ubaydullayev H., Ahmedov Q. Adabiyot о„qitish metodikasi. – T.: О„qituvchi, 1967-yil, 239-bet.  



10 

 

Aql-zakovati  va  salohiyati  bilan  butun  dunyoni  lol  qoldirgan  Zahiriddin 



Muhammad  Bobur  aynan  namuna  qilib  ko„rsatishga  arzigulik  shaxs  edi.  Shuning 

uchun umumta‟lim maktablarining 5-, 9-sinf o„quvchilari va o„rta maxsus ta‟limning 

2-kurs  akademik  litsey  o„quvchilari  uchun  mo„ljallangan  darsliklarda  shoh  va  shoir 

Boburning  hayot  yo„li,  ijodiy  merosi  atroflicha  bayon  qilingan.  5-sinfda  2  soat,  9-

sinfda 7-soat, 2-kurs akademik litseyda esa 6 soat ajratilgan. Bunda o„quvchilarning 

yosh xususiyatlari e‟tiborga olingan holda, darsliklardagi ma‟lumotlar izchillik bilan 

soddalikdan  murakkablikka,  mavhumlikdan  aniqlikka  tomon  siljib  boradi.  Bu 

xususiyatni ravshanroq ko„rsatib berish uchun darsliklarga murojaat qilamiz:  

5-sinf  adabiyot  darsligida  berilgan  matnda  tarixiy  sanalar  ko„p  uchramaydi, 

shoir  yozgan  asarlarga  ishora  berilsa-da,  ularning  aniq  nomi  keltirilmaydi.  Chunki 

o„quvchilarda  ma‟lum  bir  tushuncha  bo„lmay  ularga  murakkab  matn  berilsa,  bu 

ta‟limning samarasi uchun emas, balki zarari uchun xizmat qiladi. Mana shu tomonni 

e‟tiborga olgan holda  5-sinf adabiyot darsligida Bobur hayoti va ijodi haqida qisman 

to„xtalib o„tilgan, xolos. Biz bu darslikdagi ma‟lumotni “Z.M.Bobur hayotiga kirish” 

deb baholadik. 

9-sinf  adabiyot  darsligiga  murojaat  qiladigan  bo„lsak,  5-sinfga  nisbatan  ancha 

murakkab.  Chunki  bu  yerda  yosh  xususiyati  hisobga  olingan.  5-sinfda  2  soat 

berilgan  bo„lsa,  9-sinfga  kelib  esa  7  soat  vaqt  ajratilgan.  Shundan  bilsa  bo„ladiki, 

material  ancha  murakkab.  Biz  bu  darslikni  Z.M.Boburning  hayoti  va  ijodining 

asosiy  qismi  desak  yanglishmaymiz,  chunki    akademik  litsey  darsligida  5-  va  9-

sinfdagi ma‟lumotlar takrorlangan.  

Biz 9-sinf va akademik litseylardagi (II qism darsligi) shoir hayoti va ijodiga oid 

ma‟lumotlarni  ta‟limning  “Asosiy  qism”i  deb  atamoqni  ma‟qul  ko„rdik.  Bobur 

hayotidan  qisman  bo„lsa-da  xabardor  bo„lgan  o„quvchilar  endi  uning  dunyoni  lol 

qoldirgan  durdona  asarlari  bilan  tanishadilar.  Ko„rganimizdek,  darsliklar  izchillik 

bilan  bir-birini  to„ldirib  boradi.  5-sinf  adabiyot  darsligida  Bobur  hayoti  va  asarlari 

haqida o„quvchilar keng va umumiy ma‟lumot oladilar. 9-sinf adabiyot darsligi tarix 

fani  bilan  bog„liqlikda  Boburiylar  saltanati  asoschisining  ziddiyatli  hayoti  tasviriga 

qaratilgan.  Ya‟ni  unda  12  yoshli  Boburning  taxtga  o„tirishi  voqealaridan  tortib, 


11 

 

Hindistonda buyuk davlat tuzishigacha bo„lgan voqealar qalamga olingan. Akademik 



litsey  darsligida  “Boburnoma”  asari  va  “Mubayyin”,  “Xatti  Boburiy”  hamda 

“Risolayi volidiya” asarining tarjimasi haqida ma‟lumot berilgan.  

Ayrim  adiblarning  tarjimayi  holini  o„rganishda  boshqa  kishilar,  mashhur 

shaxslar, yirik olimlar, buyuk davlat va jamoat arboblarining fikrlaridan foydalanish 

ta‟limda yaxshi samara beradi. Shu sababli Z.M.Bobur hayoti haqida so„z yuritganda 

bunday  mulohazalardan  foydalanmoq  lozim.  Ammo  taassufki,  biz  o„rganayotgan 

siymo  haqida  maktab  darsliklarida  ham,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari 

darsliklarida  ham  birorta  shaxsning  mulohazasi  keltirilmaydi,  balki  umumiy 

ma‟lumot beriladi, xolos. Agar Bobur ijodi va shaxsiyati to„g„risidagi ba‟zi qarashlar 

o„quvchilar  hukmiga  havola  etilsa  maqsadga  muvofiq  bo„lar  edi.  Chunki  bu  orqali 

o„quvchi ijodkor shaxsiyati haqida kengroq tushuncha hosil qiladi.   

Boburga berilgan ta‟riflarning adabiyot darsliklaridagi namoyishi: 

“U turli go„zal fazilatlar, maqtovlarga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha 

sifatlari ichida shijoat va muruvvat peshaligi ustun kelardi” (Hasanxo„ja Nisoriy). 

“Bobur  dilbar  shaxs.  Uyg„onish  davrining  tipik  hukmdori,  mard  va  tadbirkor 

odam  bo„lgan,  u  san‟atni,  adabiyotni  sevardi,  hayotdan  huzur  qilishni  yaxshi 

ko„rardi” (Javoharlal Neru). 

“U turli go„zal fazilatlar, maqtovlarga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha 

sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelardi” (Mirzo Haydar). 

“Uning  uslubi  oddiy  va  mardona,  jonli  va  obrazli.  U  o„z  zamondoshlarining 

qiyofalari,  urf-odatlari  va  intilishlarini,  qiliqlarini  oynadek  ravshan  tasvirlaydi…” 

(Monstyuart Elfinston). 

“Bobur  davlati,  garchi  bobolariniki  singari  bepoyon  mintaqalarga  yoyilmagan 

bo„lsa-da,  u  o„z  saltanatining  sultoni,  buyuk  imperatori  darajasiga  ko„tarildi.  O„z 

mulkida  boshqaruv  tizimini  mahkam  tutib,  uni  mohirlik  bilan  idora    qildi.  Bu 

o„lkani  332  yil  davomida  mahorat  bilan  boshqargan  buyuk  sulolaga  asos  soldi”. 

(Rumer Goden) 

Bobur hayoti  va  ijodini o„rgatishni turlicha  tashkil qilish  mumkin.  Darslikdagi 

ma‟lumotlarga  suyangan  holda  ularni  kengaytirib,  shoir  biografiyasiga  oid 


12 

 

qo„shimcha  dalillar  xronologik  yo„sinda  bayon  etilishi  mumkin.  Bu  –  birinchisi. 



Ikkinchi shakl – “Boburnoma”ga asoslanib shoir ijodini o„rgatish. Uchinchisi – turli 

adabiyotlar,  vaqtli  matbuot  materiallari  asosida  ma‟lumotlarni  o„rgatish  va 

umumlashtirish.  O„qituvchi  qaysi  shaklni  tanlasa  ham  insoniyat  tarixidagi  g„oyat 

dilbar  shaxs  bo„lmish    Boburning  murakkab  hayoti,  serqirra  faoliyati  to„g„risida  

o„quvchilar  imkon  qadar  batafsil  tushunchaga  ega  bo„lishi  darkor.  Oldingi  maktab 

darsliklarida  shoir  to„g„risida  izchil  ma‟lumot  berilgan,  respublikamizning  viloyat, 

tuman  va  shahar  kutubxonalarida  Boburga  oid  ilmiy-ommabop  risolalarini  topish 

mumkin,  qolaversa  har  yili  shoir  tavalludi  kuni  arafasida  u  haqida  mahalliy  va 

markaziy  matbuotda  turli-tuman,  qiziqarli  maqolalar  e‟lon  qilinadi.  O„qituvchi, 

albatta bulardan foydalanish kerak. Bizningcha, darsda adibning hayot yo„lini bayon 

etishda o„qituvchi Boburning shaxslik sifatlarini alohida ta‟kidlab ko„rsatishi lozim. 

Chunki  adib  hayoti  ma‟lumot  uchungina  o„rganilmaydi.  Balki  yosh  avlodga  yetuk 

inson,  butun  shaxs  namunasi    o„laroq  o„rnak  qilib  ko„rsatiladi.  Toki  biz  avlodlar 

ularga  o„xshashga,  hech  bo„lmaganda    ularga  munosib  farzand  bo„lishga  intilaylik.  

Shu  o„rinda  “Boburnoma”ga  murojaat  qilish  o„rinli  bo„ladi.  Bu  bilan  ikki  maqsad 

amalga  oshiriladi:  birinchidan,  aytilganidek,  Boburning  shaxslik  sifatlari  bilan 

tanishtiriladi,  ikkinchidan,  “Boburnoma”  to„g„risida  o„quvchilarga  tushuncha 

beriladi. 

Bobur xarakteri uchun eng birinchi xususiyat Vatan tuyg„usi ota yurtga nisbatan 

e‟zoz va hurmat hislari bilan to„lib toshganligida. Misol tariqasida “Boburnoma” dan 

hamda  ruboiylaridan  o„quvchilarga  ayrim  o„rinlarni  keltirib  o„tish  joiz.  Xoh  afg„on. 

xoh  hind  yerida  bo„lsin,  Bobur  o„z  vatanidagi  daraxtlardan,  mevali  ko„chatlar, 

gullardan  parvarish  qildiradi.  Masalan,  1504-yilda  Kobulda  olubolu  keltirib  ekadi. 

Adabiyot muallimi Boburning ota va o„g„il, shoh va shahzoda munosabati borasidagi 

qarashlarida  ham  diqqat  jalb  etishi  lozim.  U  taxtni  egallash  uchun  Ulug„bekday 

otasini  qatl  qildirgan  Abdullatifni  qattiq  qoralaydi.  Nizomiyning:    “Padarkush  hech 

qachon  podshoh  bo„lolmaydi.  Podshoh  bo„lganda  ham  olti  oydan  ortiq  turmaydi” 

degan  hikmatini  keltirib,  Abdullatifning  ham  juvonmarg  bo„lib  ketganini  aytadi  va 

avlodlarga tanbeh beradi.  


13 

 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling