o’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun “O’zbek tilida leksik okkazionalizmlar”


Download 0.51 Mb.
bet17/18
Sana14.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1093177
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ozbek tilida leksik okkazionalizmlar

"tekin hurmat" uni hurmatsizlikka o’rgatadi. (P.Qodirov)
Ostin-ustin polkovnik, bir miri kam polkovnik okkazionalizmlari esa tekin hurmat kabi tasavvurda bo’lmagan holatni vujudga keltiradi:Bor, ─ dedi bir miri kam polkovnik, sig’imi o’n litr. ( Mushtum)
Okkazionalizmlar asarning nafaqat ta’sirchan bo’lishini ta’minlaydi, balki muallif hissiyotini ifodalab, voqea, hodisa, predmet va tushunchalarning mohiyatini har tomonlama ochib berishga va betakror obraz yaratishga xizmat qiladi.
Ikkinchi bob yuzasidan xulosa

  1. Okkazional so’zlar eng avvalo nominativ vazifani [futbolgoh

(stadion), molshunos (zootexnik)]; ikkinchidan xabar berish vazifasini [ranjkom, ganjkom, olamgir ,molchi] bajaradi.

  1. Okkazional so’zlar baholash vazifasiga ko’ra uchga bo’linadi:

1. Neytral okkazional so’zlar. 2. Salbiy bo’yoqqa ega bo’lgan okkazional so’zlar. 3. Ijobiy bo’yoqqa ega bo’lgan okkazional so’zlar.

  1. Okkazional so’zlar o’quvchi yoki tinglovchining hissiyotiga ta’sir

etadi va badiiy nutqda obrazlilikni ifodalag uchun yaratiladi.
UMUMIY XULOSALAR
O’zbek tilida okkazionalizmlar va ularning funktsional –uslubiy va badiiy-estetik xususiyatlarini o’rganish quyidagi umumiy xulosalarni chiqarishga imkon beradi:

  1. Tilning lug’at tizimi nihoyatda murakkab va serqirra hodisa bo’lib, unda eski va yangi, me’yoriy va nome’yoriy, funktsional, real va noreal, individual va jamoaviy xususiyatlarga ega bo’lgan leksemalar yonma-yon mavjud bo’ladi va nutqda o’zaro munosabatda yashaydi. Mana shunday lug’aviy tizim tarkibiga kirmagan nutqiy birliklar guruhini okkazional so’zlar tashkil qiladi.

  2. Okkazional so’zlar nutqdagi ifoda vositalaridan biri bo’lib, ular favqulodda yaratiladigan, ijodkor nutqining individual mahsuli bo’lib qoladigan, tilning me’yoriy unsurlariga aylanmaydigan, doimo yangilik bo’yog’ini saqlaydigan nutqiy hodisadir.

  3. Okkazional so’zlar odatiy, ya’ni me’yoriy leksikadan qo’llanish chastotasi, nutqda uchrash darajasiga ko’ra, yangiligi, adabiy normaga bo’ysunmasligi va faqat nutq birligi bo’lib qolishi bilan keskin farqlanib turadi.

  4. O’zbek tili okkazionalizmlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, okkazional so’zlar nutqning mazmunini aniq, to’g’ri, obrazli va barcha qirralari bilan aks ettirish maqsadida yaratiladi.Bu ma’noda ular nutqda muayyan badiiy-estetik vazifani bajaradi.

  5. Okkazionalizm bilan neologizmning qiyosi shuni ko’rsatadiki, okkazionalizmlarning yangiligi tarixiy vaqtga bog’liq emas, ularga tildagi turli davr o’zgarishlari taalluqli bo’lmaydi va tilning me’yoriy leksikasi tarkibiga kirishi muammolidir. SHu sababli turli davrlarda yashab ijod etgan mualliflar yaratgan okkazional so’zlar bugungi kunimizda ham eskirmadi, faollashmadi. SHuning uchun ular tilning doimiy yangi so’zlari bo’lib qolaveradi. Mana shu jihatdan okkazional so’z neologizmlardan farqlanadi. Neologizm tarixiy vaqtga nihoyatda bog’liq hodisa, chunki har bir davrning o’z neologizmi bor, ularni yaratuvchi muallif aniq emas, ular tildagi tarixiy o’zgarishlar bilan bog’liq holda o’zgarib turadi. Masalan, tuman, hokim, vazir, mahkama, viloyat so’zlari hozirgi kunda tarixiylik xususiyatini yo’qotib, yangi ma’no bilan yana qo’llana boshladi. SHuningdek, neologizmlar, okkazional so’zlardan farqli ravishda, til lug’at tarkibining to’laqonli a’zosidir. Mana shunday qiyoslash natijasi ko’rsatadiki, okkazionalizm − nutq birligi, neologizm esa til birligidir.

  6. Okkazionalizmlarning badiiy-estetik vazifasini tadqiq qilishdan shu narsa ma’lum bo’ldiki, okkazional so’z eng avvalo nominativ vazifani:
    Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling