O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 21/3-gurux talabasi


Download 105.75 Kb.
bet2/18
Sana18.03.2023
Hajmi105.75 Kb.
#1283443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Õzbek punktutsiyasining shakllanishi.(Ğafur Ğulom asarlari misolida)

Uchinchi bob:
ADIB QISSALARIDA YUMORNING KO‘LAMI

    1. O‘spirin obrazining shafqat va hamdardlik negizida tasvirlanishi 42

    2. Xarakterlar qismatining o‘zaro tutashligi 47

Xulosa 52
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 54

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida xalqning aniq maqsad yo‘lida harakat qilishida ta’lim-tarbiyaning roli naqadar muhim ekanini uqtirarkan: “Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda... Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”1,- deb ta’kidladilar. Darhaqiqat, mustaqillik biz yoshlar uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Biroq, yosh avlod shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoga hamqadam bo‘lishi, olis va yaqin o‘tmish merosimizni qaydarajada o‘zlashtirishi, ularning o‘zligini anglashiga ham bog’liqdir.
Nodir iste’dod sohibi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, faylasuf shoir, nosir G’afur G’ulom xalqimiz va butun ezgu niyatli bashariyatning qalbiga quloq tuta olgan, ularning dardini dildan his eta bilgan olim, shoir va yozuvchi edi. G’afur G’ulom ijodiy merosining salmoqli qismini nasriy asarlari, xusuan qissalari tashkil etadi. Mazkur qissalarni davr va shaxs talqini nuqtai nazaridan o‘rganish yoshlar tarbiyasi, madaniy merosga munosabatini shakllantirish, XX asr vaqeligining badiiy talqinlarini yangicha qarashlar asosida o‘rganish negizida estetik didini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, “... biz hali yurtimizni, uning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ulug’ olimu ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganganimiz yo‘q.” 2

Download 105.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling