Mavzuga doir savollar:
1. So‘z birikmasining so‘z bilan o‘xshash tomonlari qanday?
2. So‘z birikmasining so‘z bilan farqli tomonlari qanday?
3. So‘z birikmasi va iborani qanday farqlaymiz?
4. Gap va so‘z birikmasining farqi nimada?
5. Qo‘shma so‘z va so‘z birikmasining noo‘xshash tomonlarini ayting. 6. Sintaksis so‘zining ma’nosi? 7. So‘z birikmasining bog ‘lanish usullar qanday? 8. Sintaksis nechaga bo ‘linadi va qanday turlarga? 9. So ‘z birikmalari tarkibidagi so ‘zlarni ayting. 10. Tobe so ‘z qanday bo ‘ladi? 11. Bosh so ‘z qanday bo ‘lishi haqida ayting. 12. Tobe so ‘z va bosh so ‘zni bir biriga bog ‘lovchi vositalar qaysilar?
Mavzuga oid testlar
1. Sintaksis so‘zi qaysi tildan olingan?
A. Yunon B. Lotin C.Fransuz D.Ingliz
2. Sintaksis nechaga bo’linadi? A.4 B.3 C.2 D.5
3. Turg’un birikma nima?
A. so‘z B.ibora D. qo’shma so‘z D. so‘z birikmasi
4. Agar so‘z birikmasi predikativlikka ega bo‘lsa, unda u endi so‘z birikmasi emas, … hisoblanadi
A. ibora B. gap C. qo’shma so‘z D. so‘z
5. Qoʻshma soʻz leksik birlik boʻlib, maʼno anglatadi. Qismlari orasida grammatik aloqa yoʻqolgan va bitta soʻz urgʻusiga ega bo‘ladi.
A. gap B.ibora C. so‘z D. qo’shma so‘z 6. Qaratqich kelishigi bilan kelgan so ‘z birikmalari qaysi usulda yasalgan bo ‘ladi?
A. moslashuv B. bitishuv C. boshqaruv D. kelishuv
7. Ohang orqali bog’langan so ‘z birikmalari qaysi usul yordamida bog’langan bo’ladi? A. moslashuv B. bitishuv C. boshqaruv D. kelishuv
8. Ko ‘makchilar yordamida bog’langan so ‘z birikmalari qaysi usul yordamida yasalgan bo ‘ladi? A. moslashuv B. bitishuv C. boshqaruv D. kelishuv
9. Quyidagilardan qaysi biri sintaktik birlik? A. so ‘z birikmasi
B. so ‘z C. leksema D. qo ‘shimcha
10. Quyidagilardan qaysi biri gap emas?
A. toza ko ‘cha B. yozilgan diktant C. oqar suv D. gul qizil
Foydalanilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |