O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti “Ro’yxatga olindi” O’quv ishlari bo’yicha dekan movini D. Rustamov
Oblast partiya konferensiyasida so’z olib, hozirgi rahbarimiz ministr
Download 165.53 Kb.
|
O\'zbek tili va adabiyotini o\'qitish fakulteti “Ro’yxatga olindi”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obkomning birinchi kotibi
Oblast partiya konferensiyasida so’z olib, hozirgi rahbarimiz ministr Luqmonovning yolg’on-yashiq gaplariga ishonib, yaxshi-yaxshi odamlarni badnom qilayotganini, Respublikada yangi bir shaxs paydo bo’lganini aytdi. (“Jimjitlik”, 10b). Ushbu misoldagi oblast leksemasi o’rnida hozirgi kunda viloyat, ministr leksemasi o’rnida vazir leksemalari iste’mol doirasidadir.
Yuqoridagi misollardagi arxaik so’zlar muayyan davrning yozma uslubini ifodalashda va qahramonning nutqiy xarakteristikasini berishda uslubiy vosita sifatida xizmat qilgan. Eskirgan so’zlarning yana bir turi tarixiy so’zlar bo’lib, ular istorizm termini bilan ham yuritiladi. Istorizmlar orqali ifodalanadigan tushunchalar iste’mol doirasidan chiqib qolgan bo’ladi. Istorizmlar o’zlarining ekvivalentlariga (yangi so’zlariga) ega emas. Istorizmlar eskirgani va iste’moldan chiqib qolgani jihatdan arxaizmga o’xshasada, biroq bunday so’zlarning farqlari ham mavjud: Arxaizmlar orqali ifodalanadigan narsalar mavjud bo’lsa, istorizmlar orqali ifodalanadigan predmetlar yo’qolgan bo’ladi. Arxaizmlarning ekvivalenti mavjud bo’lib, u shu bilan (yangi so’z yoki sinonimi bilan) ifodalansa, istorizmlarning ekvivalenti bo’lmaydi. Arxaizmlar davrlar o’tishi bilan passiv so’zdan aktiv so’zga aylanishi mumkin, istorizmlar esa bunday xususiyatga ega emas. Bunday so’zlar ham badiiy matnda o’tmish voqeligini real tasvirlash maqsadida ishlatilib, yozuvchi asarlari tahlili jarayonida ham istorizmlarni uchratdik: Obkomning birinchi kotibi O’tbosarov bundan 4 yil oldin pensiyaga chiqqan. Lekin partiya uchyotini ko’chirib olib kelmagandi. (“Jimjitlik”, 10b). Darhaqiqat, oblast selxoztexnika birlashmasi boshlig’I Abdug’ani Ismoilov sovxoz nimani so’rasa yo’q demay berardi. (“Jimjitlik”, 28b) U qachonlardir Toshkentda zooveterenariya texnikumida o’qigan, kolxozga vetvrach bo’lib kelgandi. Bu orada kolxoz sovxozga aylandi, u o’sha-o’sha vetvrach. (“Jimjitlik”, 56b). Biz yuqorida tahlilga tortgan misollarimizdagi Obkomning birinchi kotibi, partiya uchyoti, selxoztexnika birlashmasi, sovxoz, kolxoz kabi tushunchalar istorizmlardir, ya’ni ushbu leksemalarning o’zi ham, ular anglatgan ma’no ham eskirgan. Badiiy adabiyotda muayyan tasvir maqsadi bilan o’zga tilga oid so’z va iboralar qo’llanishi kuzatiladi. Tilning lug’at tarkibiga kiritilmagan, faqatgina og’zaki so’zlashuv nutqiga xos bo’lgan bunday chet so’zlaridan badiiy nutqda qahramon xarakteri, milliy mansubligi va ichki dunyosi tasvirida hamda voqea-hodisaga xorijga xoslik ta’kidini berish maqsadida ishlatiladi. Shuningdek, voqealar bo’lib o’tayotgan o’ringa ishora qilish yoki nutqiy vaziyat va unda ishtirok etayotganlarning milliy mansubligi haqida ma’lumot berish istagi bilan ham kiritilishi mumkin. Bunday birliklar varvarizmlar (ayrim adabiyotlarda ekzotizmlar) deb yuritiladi. A.Hojiyev fikricha, varvarizmlar yunoncha barbarismos so’zidan olingan bo’lib, ona tiliga o’zlashmagan, o’zga til hodisasi sifatida qo’llangan so’z yoki iboralardir. Varvarizmlardan, odatda o’zga yerga xos rasm-odatlarni tasvirlashda, mahalliy koloritni yaratishda foydalaniladi.Said Ahmad asarlari tahlili jarayonida quyidagi o’rinlarda varvarizmlarga asoslangan badiiy nutqlarni uchratdik: Muncha imillaysan?! Chaqqon-chaqqon ye. Markazga tushamiz. Ertaga senga oddix beraman. Damingni olasan. Bugungacha chidab ber, bola. (“Jimjitlik”, 31b) Kredit texnikumida o’qib yurganimda bizga pul oborotidan bankda praktika olib borardi. (“Jimjitlik”, 35b) Sal durustroq kiyinib oling, sto vosmoylarga o’xshab yurmang, mehmonlar oldida,- dedi. (“Jimjitlik”, 41b) –Hoy, menga qarang. Uyda yo’q paytingizda-ku, mayli. Nega bor paytingizda ham yo’qqa o’xshab yurasiz? Axir, shu kolxoz o’lgurda ishlaganingizga 20 yil bo’lay deyapti. Qo’l ostingizda ishlaydiganlardan bittasi geroy bo’ldi. (“Jimjitlik”, 57b) Download 165.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling