O’zbek tili va adabiyotini o’qitish
Download 6.67 Kb.
|
O’zbek tili va adabiyotini o’qitish
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va Adabiyoti universiteti “O’zbek tili va adabiyotini o’qitish” Fakulteti 2-bosqich sirtqi bo’lim 203-guruh talabasi Axmedova Soxibaning amaliyot bo’yicha HISOBOTI. Men Axmedova Soxiba joriy yilning 5-maydan 19-maygacha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti rektori SH.Sirojiddinovning 2022- yil 7- apreldagi №03-148 sonli buyrug’i asosida Samarqand shahridagi 43-sonli Fransuz tiliga ixtisoslangan davlat umum talim maktabida amalyat mashg’ulotlarini o’tadim. Amalyot kundaligida ko’rsatilgan yo’riqnoma asosida dars jarayonlarini tahlil qildim. Maktab drektori Chutbayeva Gulnoza Mamasharipovnaga uchrashdim. U meni maktab ichki tartib qoidalari va ona tili va adabiyot o’qituvchilari bilan tanishtrdi. Men o’zbek tili o’qtuvchisi Do’stmurodova Farangiz ustozga biriktirildim. Amaliyotning birinchi haftasida asosan darslarni kuzatdim. Amaliyotimning ikkinchi haftasida 6-sinflarga mustaqil ravishda dars berishga harakat qildim. Amaliyot davomida o’rgangan bor pedagogik bilimlarimni ishga solishga harakat qildim. Amaliyot rahbarim Do’smurodova Farangiz men yo’l qo’ygan kamchiliklarni aytib o’tdilar. Amaliyot davomida maktab hayoti o’quv jarayonlari o’quvchilarning maqsad va vazifalari bilan tanishdim. 9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Barhayot siymolar” mavzusida tadbr o’tkazdik. Ushbu jarayonda tadbir tashkil qiliosh metodikasini o’rganib oldim. Tadbir jarayonida maktab o’quvchilari bilan yaqindan ish olib bordim. Amaliyot paytida ochiq darslarni kuzatishga ham kirdim. O’zim ham 7- sinflarda ona tili fanidan ochiq dars tashkil qildim. Ochiq darsda fan o’qituvchilari qatnashib o’z fikr va mulohazalarini bayon qilishdi. Amaliyot davomida o’qituvchilarning ish hujjatlari bilan muntazam tanishib bordim. Amaliyot davrim 19-maygach adavom etdi. Ushbu amaliyot jarayonlarida universitetda olingan nazariy bilimlarimni amaliyotda qo’llab o’zim uchun muhim xulosalar oldim. Hisobotni tayyorlovchi amaliyotchi talaba Axmedova.S Imzo _________________ 2022-yil. Amaliyot rahbari : Fan o’qituvchisi: Download 6.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling