O’zbek tilida jins kategoriyasi bormi?


Download 19.28 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1133030
Bog'liq
IRODA NORMURODA


“O’ZBEK TILIDA JINS KATEGORIYASI – BORMI?”
ANNOTATSIYA
Maqolada bugungi kunda dolzarb mavzu bo’lgan jins kategoriyasi haqida ma’lumot keltirilgan.Hozirgi o’zbek tilida hozirgi kunda to’qqisda kategoriya bor.
Ular bir- biridan ma’no ko’lami jihatdan farqlanadi albatta.Umuman jins kategoriyasi o’zbek tilidan chiqarib tashlangan bo’lsa ham istemolda yaqqol ko’zga tashlanadi.Rus va arab tili bilan qiyoslab o’rganadigan bo’lsak,bugungi kunda rus- tilida uchta ,arab tilida esa ikkita jins kategoriyasi bor.
Rus -tilida: mujiskoy ,jeniskiy,siredniy rodlar.
Arab -tilida: muannas, muzakkar jinslar.
Kalit so’zlar: jins kategoriyasi,muzakkar, muannas, rod,gender.
“Is there a gender category in the Uzbek language?”
ABSTRACT
The article provides information about the gender category, which is a topical issue today.There are nine categories in the current Uzbek language.They differ from each other in terms of the scope of meaning .In general ,even if the gender category is excluded from the Uzbek language ,it is clearly visible in usage. If we compare it with Russian and Arabic language , today Russian there are three gender categories in language and two gender categories in Arabic.
Keywords:gender, gender category, feminine, masculine,rod.
Jins -jonli organizmlarining biologik va jismoniy xususiyatlarga ko’ra (erkak va urg’ochi ) turidan biri.
Hozirgi o’zbek tilida to’qqista GK mavjudligi tan olinadi.
Bular:
1.Nisbat kategoriyasi;
2.O’zgaluvchi kategoriyasi;
3.Harakat tarzi kategoriyasi;
4.Bo’lishli -bo’lishsizlik kategoriyasi;
5.Son kategoriyasi;
6.Daraja kategoriyasi;
7.Kelishik kategoriyasi;
8.Egalik kategoriyasi;
9.Kesimlik kategoriyasi:
9.1) shaxs -son;
9.2) zamon;
9.3) tasdiq – inkor;
9.4) mayl(modallik).
GK serqirra mohiyatli lisoniy hodisa bo’lganligi sababli turli tomondan tasnif qilinadi. (R.Sayfullayeva.Hozirgi o’zbek adabiy tili.287- 288 b).
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki jins kategoriyasi o’zbek tilida bor. Ammo keying davrda yaratilgan darsliklarda , grammatikalarda umaman e’tibor qilinmagan.(Musayeva.F.T, 2019, 12b).
Jins ma’nosi neytral bo’lgan so’zlar, hozirgi zamonaviy tillarda ham ko’plab uchraydi.
Masalan,o’zbek tilida va Surxondaryo va Qashqadaryo,Navoiyning ba’zi hududlarda shevalardagi “Jiyan”,”Bo’la”,”qarindosh “ so’zlar neytral xarakterga egabo’lib, ham ayol ,ham erkak jinsiga nisbatan bemalol ishlatiladi.
Musayevaning”O’zbek tilida jins tushunchasining ifodalanishi” desertatsiyasida “quda” so’zini ham ikkala jins vakillariga nisbatan bir xil qo’llanilishini ham bergan.Lekin “quda” erkak kishiga ,” qudaxola” esa ayol kishiga yoki”qudag’oy” so’zi ishlatiladi.Misollar:
Ota -ona
Aka -opa
Buva -buvi
Uka -singil
Tog’a -xola
Amma -amaki
SHoir – shoira
Chol – kampir
Er-xotin
Hayvonlarda jinsiy farqlarning ifodalanishi:
Qoramol uchun – xo’kiz,buqa ,novvos, qo’y uchun -qo’chqor ,sovliq,to’qli, eshak uchun -xangi va mocha,o tuchun -ayg’ir,axta va biya, tuya uchun – nortuya va moya, echki – taka,echki.
Parrandalarda ,tovuq – xo’roz farqlanadi.O’zbek tilida ham kasb – hunarga nisbatan ham farqlarni ko’rishimiz mumkin. Masalan: chevar, tikuvchi,doya, enaga, hamshira, quroqchi ayollarga nisbatan ishlatiladi.
Sarkarda ,jangchi, amir, podshoh,samavarchi,hammol, o’roqchi,quruvchi, temirchi erkaklarga ishlatiladi. Gilamchi va sotuvchi shevalrda ikkala jins vakiliga nisbatan ham ishlatiladi. Bundan ko’rinadiki o’zbek tilida ham jins kategoriyasi bor.Endi rus va arab tillarida ko’radigan bo’lsak, bu ikkala tilda yozilishida va ma’nosida farqlar bor.
Rus tilida jins kategoriyasiga misollar,
Папа -мама
Брат-систир
Бабушка -дедушка
Дядя -тетя
Bu kabi misollar ko’p. Rus tilida kishilik olmoshida ham rod kategoriyasini ko’rishimiz mumkin.Masalan, он – u erkaklarga nisbatan ishlatiladi,
Она – ayollarga ishlatiladi.
Siridniy rodda faqat jonsiz narsalarga ishlatiladi.Rus tilida hayvonlar ham yuqoridagi ikkita rodga ajratilib o’rganiladi.
Arab tilida jins kategoriyasi.
Arab tilida so’z muannas(qiz) yoki muzakkar(er) jinsida bo’ladi.
So’zning muannas jinsda ekanligini ko’rsatuvchi belgilari uchta:
1.So’zning Tamarbuta bilan tugashi.
Madrosatun
Ib-na-tun
So’lardagi un kelishik bo’lib,lekin arabcha yozuvdagi ko’rinishida muannas jins hisoblanadi.Arab tilida jins kategoriyasi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Xulosa. Yuqoridagi misollardan kelib chiqib xulosa chiqaradigan bo’lsak o’zbek tilida ham jins kategoriyasi bor deyishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Ra’no Sayfullayeva “ Hozirgi o’zbek adabiy tili”
3.Mirkamil Hasanov “Arab tili” ,TOSHKENT 2019.
4.Musayeva .F.T .Ozbek tilida jins tushunchasining ifodalanishi:filol.fan.falsafasi .dok.(PHD),…diss- Toshkent,2019.
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling