O’zbek tilida tinish belgilari


Punktuatsiya prinsiplari Punktuatsiya prinsiplari


Download 156.88 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi156.88 Kb.
#1407661
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbek tilida tinish belgilari

Punktuatsiya prinsiplari

Punktuatsiya prinsiplari

  • Punktuatsiya orfografiya bilan aloqador. Bu ikki bo‘lim yozuvning ikki komponenti sifatida to‘g‘ri yozish va to‘g‘ri fikr ifodalash qonun-qoidalarini o‘rganadi. Orfografiya so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini o‘rgansa, punktuatsiya gap turlari, gap qismlari orasida tinish belgilarining to‘g‘ri ishlatilishini o‘rganadi. Masalan, so‘roq, undov, nuqta kabi tinish belgilaridan so‘ng gapning bosh harf bilan, ikki nuqta, nuqtali vergullardan keyin gapning ko‘pincha kichik harf bilan yozilish holatlari punktuatsiya bilan orfografiyaning aloqadorligini ko‘rsatuvchi omildir. Bundan tashqari, savodxonlikni oshirishda orfografiya qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, punktuatsiya ham shuncha ahamiyatga egadir. Orfografiya ham, punktuatsiya ham grafik vositalar yig‘indisi bo‘lib, yozuvni to‘g‘ri ifodalash haqidagi ta’limotdir.

Punktuatsiya prinsiplari

  • Punktuatsiya sintaksis bilan uzviy aloqador. Punktuatsion qoidalar sintaktik qonuniyatlar, me’yorlar asosida talqin qilinadi. Punktuatsiya qoidalarini sintaktik qonuniyatlarga bog‘lamasdan o‘rganish mumkin emas. Punktuatsiya qoidalarini aniqlashda mazkur tilning barcha sintaktik, uslubiy xususiyatlari hisobga olinadi. Tinish belgilarining ishlatilishini gap qurilishi, uning grammatik-logik shakllanishi boshqaradi. Masalan, Turg‘un ukam vrach bo‘ldi gapida:
  • Turg‘un undalma bo‘lsa, undan keyin vergul qo‘yiladi: Turg‘un, ukam vrach bo‘ldi;
  • Turg‘un, ukam so‘zlari uyushiq bolak bo‘lsa, Turg‘un so‘zidan keyin vergul qo‘yiladi: Turg‘un, ukam vrach bo‘ldi;
  • ukam ajratilgan bo‘lak bolsa, har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi:
  • Turg‘un, ukam, vrach bo‘ldi;
  • Turg‘un ukam izohlovchi izohlanmish munosabatida bo‘lsa, hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi: Turg‘un ukam vrach bo‘ldi.

Punktuatsiya prinsiplari

Punktuatsiya sintaktik fonetika, gap ohangi bilan uzviy bog‘langan. Ohang (intonatsiya) ovozning rang-barang tovlanishi: tinch boshlanishi, ko‘tarilishi (kulminatsiyasi), pasayishi, susayishi, tugallanishi; tempi: tez va sekinligi, osoyishtaligi; sifati: cho‘ziq, qisqaligi, kuchli va kuchsizligi; davriy va davomliligi, takrorlanishi kabilarda ko‘rinadi.

  • Punktuatsiya bilan ohang qanchalik yaqin bo‘lmasin, ular o‘ziga xosligi, qimmati jihatidan har xil baholanadi: ohang (gap ohangi) - birlamchi, material tushuncha; punktogrammalar (tinish belgilari) - hosila; ohangning mahsuli, uni aks ettiruvchi shartli simvollardir.
  • O‘zbek tilida ham punktogrammalarni qo‘llashning o‘z asoslari va shartlari mavjud. Tinish belgilarining qo‘llanishida:

Download 156.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling