O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet119/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Nutqiy hosilalar


javob raqamlari

Tasviriy ifodalar


1, 2,4,5,7,8,9,10


Iboralar


3, 6,





  1. topshiriq. Tasviriy ifodalar anglatgan ma‘nolardan kelib chiqib gaplar tuzing.

  2. topshiriq. Po‗lat etak, miya dastyori, tinchlik ramzi, fasllar kelinchagi, dunyo tomi, charm qo‗lqop ustalari, zangori ekran, oynayi jahon kabi tasviriy ifodalar ifodalagan ma‟nolarni izohlang.

(Shu o„rinda o„qituvchining o„zi ibora til birligi (u so„zlar kabi tilda tayyor birlik sifatida mavjud bo„ladi), tasviriy ifoda esa nutqiy birlik (jamiyat a‟zolari tomonidan o„ylab topilgan va ijtimoiy turmushda tan olingan) ekanligini bilishi va shu asosda ibora hamda tasviriy ifodani aralashtirib yubormasligi zarur.)
Ona tili mashg„ulotlarida o„quvchilarning so„z boyligini oshirish yo„llaridan yana biri uyadosh so„zlar ustida ishlash tajribasidir.
Uyadosh so„zlar dеganda bir mavzu, tushuncha yoki mohiyat atrofida birlashadigan, bir uyaga mansub so„zlar sirasi tushuniladi. Masalan, “qovun” uyasi: amiri, ko‗kcha, handalak, mirzacho‗li, zamcha, dahbedi, go‗rvak, bo‗rikalla, toshloqi, davlatboy, gulobi, qo‗ybosh, umrboqiy, oqurug‗, asati, cho‗gari, qizilurug‗, obi novvot, shakarpalak, kampirchopon, bosvoldi....
O„quvchilar nutqini uyadosh so„zlar bilan boyitishning yo„llar juda ko„p va rang-barang. Masalan, gapda yoki matnda ajratilgan umumiy ma‟noli so„zlarga tegishli xususiy ma‟noli so„zlarni topish (masalan, o‗quv qurollari: daftar, ruchka, qalam, chizg‗ich, o‗chirg‗ich, albom...), ma‟lum bir uyadagi so„zlarning izohli lug„ati yoki shu so„zlarning ro„yxatini tuzish, bеrilgan xususiy ma‟noli so„zlarning umumiy ma‟nosini aniqlash (masalan, qozon, kafgir, cho‗mich, qoshiq, sanchqi, lagan, kosa....–oshxona buyumlari kabi), ayni bir so„zning o„z va ko„chma ma‟nolari, ma‟nodoshlari, qarama- qarshi ma‟nolari va uyadoshlarini topish kabi mustaqil ish turlari o„quvchilar nutqini bunday so„zlar bilan boyitishda alohida o„rin egallaydi. Ayniqsa, bеrilgan matnda ajratilgan so„zlarning uyadoshlarini topish, tavsiya etilgan uyadosh so„zlar yordamida (masalan, “gul” uyasi: atirgul, safsargul, chinnigul, marvaridul, tugmachagul, xrazantema, kaktus, aloy, xitoy atirguli, rayhon, ra‘no,
251
nozbo‗y, lola, qizg‗aldoq....) matn yaratish kabi amaliy ishlar o„quvchilarda nutqiy ravonlikni ta‟minlash uchun muhim. Tabiat manzarasi (bog„, sahro, dala, o„rmon, tog„ kabilar) tasvirini bеrish, ularning uyadoshlarini topish, shu uyadoshlardan nutqiy faoliyatda foydalanish ko„nikmasini rivojlantirish o„quvchi uchun foydali.

”So„zshunoslik” bo„limida ‖Atamalar‖ mavzusi ta‟limi ham nazarda tutilgan. Mazkur mavzuni o„rganishda bеrilgan so„zlarni qaysi fanga mansubligiga qarab guruhlarga ajratish, so„z va atama orasidagi munosabatni aniqlash, uyadosh atamalar tanlash va ular yordamida matn yaratish singari topshiriqlardan foydalaniladi. Ayniqsa, ma‟lum bir fan sohasida tor, ko„pchilik odamlar boshqacharoq ma‟noda kеng qo„llaydigan so„zlar ustida ishlash, ularning tor va kеng qo„llanish ma‟nolari asosida gaplar tuzish shular jumlasidandir. Masalan,


  1. Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling