O‘zbek tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish mavzu
Download 224.04 Kb.
|
English 5-WPS Office
O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MAVZU: Barchamizga ma’lumki, bugun biz komyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan davrning ayni cho‘qqisidamiz desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi, kompyuterdan foydalish har bir sohaning asosiy talabiga aylanib bormoqda: biznes, marketing, ish yuritish, mashinasozlik va hattoki, o‘qitishda ham kompyuter texnologiyalaridan boxabar bo‘lish davr talabidir. Dars jarayonida o‘qituvchi mavzuni tushuntirish davomida multimedia vositalari (slayd, audiomatn va shu kabilar)dan foydalansa, o‘quvchining o‘tilayotgan mavzuni tezroq tushunib olishiga yordam beradi, bu ilmiy jihatdan ham o‘z tasdig‘ini topgan, ya’ni multimedia vositalari yordamida o‘tilgan dars boshqa darslarga nisbatan tezroq yodda qoladi. Hozirda til o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish amalda keng tatbiq qilinmoqda, ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, xususan, o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida til sathlari haqida ma’lumot berishda (fonetik-fonologik sath, leksik-semantik sath, grammatik sath) kompyuterdan foydalanish o‘quv jarayonining yanada tushunarli bo‘lishiga yordam bermoqda. Aytish joizki, kompyuter texnologiyalari yordamida tildagi qo‘shma gaplar, so‘z yasalishi, so‘z birikmasi kabilarning tuzilish qolipini tahlillash o‘zbek tilinining mohiyatini yanada tushunarliroq qilib yoritib berishga xizmat qiladi, aytish joizki, so‘z birikmasinining mavjud 18 qolipi yordamida kompyuterda dasturiy ta’minot tuzilsa, ushbu dasturiy ta’minot yordamida gaplardagi so‘z birikmalarini juda oson va tez ajratib olish mumkin bo‘ladi. Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, bugungi kunda o‘zbek tilini o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat fan yutug‘iga aylanadi, balki o‘quvchilar fikrlash tarzini o‘stirib, o‘qituvchi ishining ham yengillashishiga sabab bo‘ladi. E'tiboringiz uchun rahmat 2023 2023 Download 224.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling