Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi fanidan mustaqil ish mavzulari
O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. Arxitekturaga xos va ozlashgan sozlar tasnifi
Download 304.63 Kb.
|
O zbek tilini sohada qo llanilishi fanidan mustaqil ish mavzular (2)
O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. Arxitekturaga xos va ozlashgan sozlar tasnifi.
O‘zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda boyib boradi. Tilning lug‘at tarkibi 2 manba asosida boyiydi. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so‘z yasash orqali yangi so‘zlar hosil qilinadi: sirifdosh. Limonzor. Vazirlik. Ijarachi, tinchliksevar. MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalaruan adabiy tilga so’z olish ham kiradi: aya. Bolish. Uvildiriq (ikra) kabi. Boshqa tillardan so’z olish (tashqa manba). 0‘zbek tiliga boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish turli davrlarda turlicha boMgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so‘z o’zlashtirish faollashgan. 0‘zlashgan so‘zlar ham o‘zbek tili leksikasida anchagina miqdomi tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so‘z yasashdan ko‘ra boshqa tillardan so‘z o’zlashtirish hisobiga boyishi yyetakchilik qilmoqda.
I Har bir so`zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan. Lug`atda so`zlarning, asosan, hozirgi o`zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan. So`zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan: DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg`ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug`lash uchun ishlatiladigan so`z. Bosh so`zlarning mustaqil ko`chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko`chma belgisi bilan ta’minlangan. Lug`atda ayrim so`zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan. Koloinada-ustunlar qatori, qatorak. Konservatsiya-ta’mirning asosiy turi. Qadimiyat asori atiqalarini saqlab qolish uchun ko’riladigan choralar. Binoni yanada buzilib ketishini oldini olish uchun maxsus qurilish choralari ko’riladi. Koshin-1) bino bezagi uchun maxsus pishitilgan sirkor mo’rt sopol bo’lagi. Yuzasi sirlangandan keyin yana bir marta xumdonda pishiriladi. 2) kesma koshin. Kulol tuproq-sopol buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladigan shirali tuproq, soz tuproq. Kuloxiy gumbaz-kulox (uchli qalpoq) shaklidagi gumbaz. Lamba-tekis suvalgan yoki taxtalardan terilgan ship. Linga (krujalo)-yog’och va gumbazlarning andazasi. Loyixa-bino tuzilishini ko’rsatuvchi me’moriy chizmalar to’plami. Lo’k-g’ishtning chalqancha tomoni; chalqancha berilgan g’isht. Majmua-ma’lum me’moriy reja asosida o’zaro mutanosib qurilgan binolar. Madrasa-diniy oliy o’quv yurti. Mang’ash-tarkibida temir, xrom qoldiqlari bo’lgan tog’ ma’dani. Kulol ustalar qoramtir jigarrang bo’yoq sifatida foydalanishgan. Me’mor- binokor usta, balno, muxandis; bino va inshootlarning loyixasini yaratuvchi va ularning qurilishini nazorat qilib turuvchi bosh mutaxassis. Andaza-o’lchov olish, aynan shaklni ko’chirish.
Download 304.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling