O’zbek tilining boyish manbalari


Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi


Download 1.05 Mb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1574929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbek tilining boyish manbalari

Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi

Arxaik so‘zlar. Hozir mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari arxaik so‘zlar deyiladi. Arxaik so‘zlar yig‘indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm – grekcha so‘z bo‘lib, archaios – «qadimgi» degan ma’noni bildiradi. Eskirgan so‘z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo‘lgani uchun uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so‘z mavjud bo‘ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo‘lsa, ulardan til taraqqiyoti qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so‘zi hozirgi kunda kishilar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llanilyapti. Sekretar so‘zi eskirib, arxaiklashib qolgan. Arxaik so‘zlar so‘zlovchining ko‘z oldida iste’moldan chiqib ketayotgan so‘zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal (internotsional). Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o‘miz (ko‘krak) kabi.

Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi

So‘zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma’nosi arxaiklashishi mumkin. SHunga ko‘ra ular:

a) leksik arxaizmlar;

b) semantik arxaizmlar tarzida ikki xil bo‘ladi. Leksik arxaizmda so‘z eskiradi: gulgun, siymo (obraz). Semantik arxaizmda ma’no eskiradi: chechak – «gul» ma’nosida eskirgan, bekat – karvonlar to‘xtaydigan joy ma’nosida eskirgan, bag‘ir – «jigar» ma’nosida eskirgan, davlat – «boylik» ma’nosida eskirgan. Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik hodisalar doirasida ham yuz beradi. Iboralarning arxaiklashishi holati ko‘p, lekin grammatik hodisalarning arxaiklashishi ham uchraydi: dasti alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, - ibon shakllari, -dur – kesimlikni ko‘rsatuvchi bog‘lama eskirgan Grammatik shakllardir. Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo‘lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq kabi (sovun, qovoq). Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi angi narsalarni, ularning belgilarini, yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan so‘zlar yoki yangi ma’noda qo‘llangan eski so‘zlar neologizmlar

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1992. 120 - 126- betlar.

2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980.118-120- betlar.

3. O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent. O‘qituvchi. 1981. 251-258- betlar.

4. SH.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.SHukurov. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug’ati. Toshkent. O‘qituvchi. 1984.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling