O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi


Download 23.18 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi23.18 Kb.
#1507701
Bog'liq
o\'zbek tili


Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo‘yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqola.
Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Oʻzbekistonda 1989-yil 21-oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Oʻzbek tili siyosiy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda.

Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʻz milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo oʻz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir. Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash maqsadida: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktyabr sanasini “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy
cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish; davlat organlari va tashkilotlari,
jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha takliflar tayyorlash; oʻzbek tilining yozma nutqi meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish; davlat tilini rivojlantirish boʻyicha normativ- huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish; ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qoʻllanishini taʼminlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish; davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab- quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:


  1. uch oy muddatda:

“Oʻzbek tili bayrami kuni”ni belgilash boʻyicha qonun loyihasini;


“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;



  1. ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrgangan holda ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin;

v. 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan 2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin: mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish; taʼlim muassasalarida davlat tilini oʻrgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashini taʼminlash, oʻzbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish; davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq holatlarni muntazam va har tomonlama oʻrganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish; mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini oʻrganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish; davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etish.
Davlat tomonidan sportga bo‘lgan alohida e'tibor hamda mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy sport infratuzilmasining yaratilayotganligi natijasida, bugungi kunda aksariyat aholimiz sport bilan shug‘ullanishni o‘z hayot tarziga aylantirmoqda, qolaversa, farzandlarining sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib bermoqda. Bu bizga nima beradi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu xalqimizning jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlashda juda katta yordami hisoblanadi. Ya'ni keyinchalik ushbu shug‘ullanuvchilar orasidan mahalliy sportchilar, sportchilardan esa mahalliy murabbiylar safi yanada kengayib boraveradi. Demak, biz tomondan sport ta'limi sohasida olib boriladigan davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarimiz bilan o‘zaro uyg‘unlashgan holda katta kuchga aylanadi va, albatta, o‘z ijobiy natijasini beradi deb o‘ylayman.
Zero, jismoniy tarbiya va sport sohasi nafaqat mamlakat ichkarisida, balki xalqaro maydonlarda ham o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish borasida o‘z o‘rniga ega. Buni quyidagi ishlar misolida ham ko‘rish mumkin. O‘zbek kurashi xalqimizning turmush tarzi, ma'naviyati, milliy madaniyati va mentalitetini o‘zida aks ettiruvchi qadriyatimiz, milliy sport turidir. U xalqimizning ko‘pgina etnik xususiyatlarini mujassamlashtirgan marosim sifatida ham qadrlanadi. Uning shakllanishi qadim tarixga ega.
Olimlarimiz Qadimgi Baqtriya (ya'ni O‘zbekistonning janubi) hududidan topilgan arxeologik topilmalarga tayanib (sopol idishlarda ikki polvonning kurash usullari aks ettirilgan), o‘zbek kurashining ildizlari kamida uch yarim ming yillik tarixga ega ekanligini qayd etishadi. Kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi sifatida Klavdiy Eliyanning (II-III asr) yozma manbalarida, o‘zbek xalq qahramonlik dostoni “Alpomish”, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk”, Alisher Navoiyning “Hamsa”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoe'”, Husayin Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” kabi asarlarida ifodalangan, ularda kurash haqida ma'lumotlar berilgan. Keyingi yillarda asrlar davomida mardlik, bag‘rikenglik, olijanoblik va halollikning timsoli sifatida e'zozlanib kelingan, o‘zbek xalqining tarixiy merosi – “Kurash” milliy sport turini qayta tiklashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Sport jamoatchiligi hamda davlatimiz tomonidan bevosita ko‘llab-quvvatlanishi natijasida kurash xalqaro sport turi sifatida e'tirof etildi.
Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish joizki, o‘zbek tilining davlat tili sifatida shakllanishi uchun asosiy omillardan biri sifatida o‘z tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan o‘zbek kurashi bilan bir qatorda “Belbog‘li kurash”, “Turon”, “O‘zbek jang san'ati” kabi milliy sport turlari bilan ham bog‘lash o‘rinli bo‘ladi. Shu bois, o‘zbek tilining jahon hamjamiyatidagi o‘rnining yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘shuvchi boshqa milliy sport turlarini ham Osiyo va jahon miqyosidagi xalqaro musobaqalar dasturlariga bosqichma-bosqich kiritish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Davlat tili borasidagi islohotlarning davomi sifatida mamlakatimizdagi har bir vazirlik va idoralar kesimida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etilganligi hamda maslahatchilar oldida turgan eng asosiy vazifalar sifatida “Davlat tili haqida”, “Geografik obyektlarning nomlari” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarning ijrosini vazirlik va idoralar kesimida tizimli ravishda to‘g‘ri tashkil etish bilan bir qatorda, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi xalqaro nufuzini oshirish borasida ham jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, sport sohasining tajribali mutaxassislari, jamoatchilik vakillari bilan birgalikda o‘z hissamizni qo‘shishga astoydil xarakat qilamiz hamda buni o‘zimizning fuqarolik burchimiz deb bilamiz.
Mavzu: Til va yozuv. “ O‘zbek yozuvlari tarixidan” mavzusida material tayyorlash.

1.Yozuvning paydo bo‘lishi va tarixiy ahamiyati. YOzuvning paydo bo‘lishi til qadar uzoq tarixga ega emas. Hozir bizga ma`lum bo‘lgan tillarning yozuv tarixi o‘n-o‘n besh ming yildan oshmaydi. Ba`zi tillarda hozirgacha yozuv yo‘q. Mas., Amerika qit`asidagi ayrim mahalliy aholi. Yozuv ehtiyoj tufayli paydo bo‘ldi. Boshlanғich davrlarda xotirada saqlab qolish vositasi tabiat predmetlari bo‘lgan. Predmetlar simvolikasi shunday vazifani bajargan. Mas., qarama-qarshi qabila vakillarining navbatma-navbat trubka chekishi tinchlik simvoli bo‘lgan. Slovyan qabilalarida ilgari va hozir ham mehmonni non va tuz bilan kutib olish do‘stlik va hurmat belgisidir. Yozuv jamiyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har tomonlama taraqqiyotida juda katta rol’ o‘ynaydi. YOzuvning xabar etkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi - dunyoning turli nuqtasida paydo bo‘lgan yirik siyosiy, ilmiy, texnikaviy va adabiy voqealar barcha xalqlarning mulkiga aylandi. Agar yozuv bo‘lmaganida, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat namunalari bizgacha etib kelmagan bo‘lar edi. Xullas, harf yozuvi asosida paydo bo‘lgan ilmiy simvolika tafakkur taraqqiyotini tezlashtirishda, fikrlash, o‘ylash va isbotlashning yanada yuqori darajaga ko‘tarilishida muhim rol’ o‘ynadi va o‘ynamoqda. Tildagi uzoq yillar mobaynida yuz bergan fonetik, grammatik yaruslardagi o‘zgarishlardan faqat yozuv tufayligina xabardormiz. Faqat yozuvgini til evolyutsiyasi to‘ғrisidagi tasavvurimizni jonlantira olishi mumkin. Agar yozuv bo‘lmaganda, Mahmud Qoshғariy, YUsuf xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Lutfiy, Alisher Navoiy singari buyuk siymolarning donishmandona fikrlaridan bahramand bo‘la olmas edik. Yozuvning yutuғi: tilda bo‘lmagan imkoniyatlar yozuvda yuzaga chiqadi. Ammo u tilning to‘liq aksi emas, balki shartli va sun`iy aksidir. Yozuv tilga nisbatan kam o‘zgarib, uning vazifasi ham bir muncha chegaralangandir. Jamiyatning kelgusi taraqqiyotida radio va televizion, internet aloqa vositalari kabi yozuvdan ustunroq bo‘lgan yangi vositalar ham yuzaga kelishi mumkin. Yozuv o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmay, balki ma`lum bir ehtiyoj va zarurat asosida fikrni uzoq masofaga etkazish yoki keyingi avlodlarga qoldirish talabi bilan yaratilgan. Uning o‘ziga xos xarakterli belgilari bor 1. Yozuv mustaqil va asosiy aloqa vositasi bo‘lolmaydi, yordamchi vosita hisoblanadi. 2. Nutqni uzoq masofaga etkazish va keyingi davrlarga qoldirish uchun xizmat qiladi. Grafik belgilar yozuvning asosiy qurolidir. Demak, yozuv ko‘z bilan ko‘radigan va kishilar o‘rtasida o‘ziga xos aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladigan grafik belgilar sistemasi bo‘lib, uning jamiyatda o‘ziga xos katta o‘rni va xizmati bor, ya`ni yozuv ma`lum bir masofa bilan ajralgan odamlar orasidagi aloqalarni yaxshilashda, yozma adabiyotlarni va yozma adabiy tilni yuzaga keltirishda, ma`lum bir davrda yaratilgan madaniy- adabiy yodgorliklarni keyingi davrlarga etkazib berishda nihoyat darajada muhim rol’ o‘ynaydi.


Olimlar yozuvning paydo bo‘lishi va ahamiyati to‘ғrisida maxsus asarlar yozishgan. Masalan, Abu Nasr Forobiy Aristotelning «Ritorika» asariga yozgan sharhida yozuv tizimi, uslubiyat haqidagi fikrlarida o‘z ifodasini topgan. U tilshunoslikning mundarijasini olti bo‘limdan iborat deb belgilaydi va beshinchisi
«yozuv qonunlari va to‘ғri talaffuz (orfoepiya) haqidagi fan» ekanligini ta`kidladi. Bundan tashqari olim «Kitob fi sanoat al-kitoba» («YOzuv san`ati haqida kitob»), nomli asar yozgan. Abu Rayhon Beruniy tilshunoslikning ko‘p masalalari qatorida yozuvning ahamiyati haqida ham atroflicha fikr yuritadi. U til va yozuvning munosabati haqida shunday yozadi: «Agar insondagi so‘zlash quvvati hamma joyga shamol kabi yoyiluvchi bo‘lmaganda edi va zamonlardan zamonlarga nafaslar singari o‘tuvchi xat yozish san`atini keltirib chiqarmaganda edi, o‘tmish zamonning xabarini, ayniqsa, uzoq zamonlar o‘tganda hozirgi zamon tillariga qanday ko‘chirib bo‘lar edi?» Beruniy ayrim mutaassib kishilar arab yozuvini alloh tomonidan yuborilgan, deb ilohiy tus berayotgan bir paytda, har qanday yozuv kabi bu yozuv ham insoniyatning kashfiyoti ekanligini e`tirof etadi. Lekin bu yozuvda ancha noqisliklar bor ekanligi, shuning uchun ham grek, lotin, hind tilidagi asarlarning arab tiliga qilingan tarjimalarida ayrim nomlarni to‘ғri ifodalash qiyin, shu tufayli ko‘p nomlar ғaliz berilishini bayon qiladi. Olimning aytishicha, arab yozuvida «katta baxtsizliklar» bor. Unli fonemalarning ifodalanmasligi, ko‘p harflarning bir-biriga o‘xshashligi va ularning ayrim nuqtalar orqaligina farqlanishi qator qiyinchiliklarga olib keladi. V. Gumbol’dt shundan keyingi davrlarda «Harf yozuvi va uning til qurilishi bilan aloqasi haqida»(1824) kabi asarlar yozgan. 2. YOzuv va uning taraqqiyot bosqichlari. YOzuv o‘zining taraqqiyotida turli bosqichni bosib o‘tgan. Dastlab buyumlardan mnemonika yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi. Ammo bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Masalan, arqon, chilvir, ip, kanoplarni xilma-xil rangga bo‘yash, ularga turli tugunchalar qilish bilan ayrim voqeani, fikr-istaklarni o‘zlaridan uzoqda turuvchilarga nutqsiz etkazganlar. Biror narsani eslab qolish odati shundan qolgan. So‘ngra buyumlarga aniq ma`no berila boshlagan. Buyumga ma`no birkitib qo‘yishning bu usuli «buyumli yozuv» deb atalgan. O‘tmishda, hozirgi zamon yozuvlari bo‘lmagan davrlarda, odamlar ba`zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini yoki zamonda (vaqtda) abadiylashtirish maqsadlarini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan. Turli voqea, narsa-predmetlarning rasmlarini chizib, o‘zlarining fikr va istaklarini bildirishgan. Ana shunday turli narsa-predmet va voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik (pictus – chizilgan, grafo – yozaman) yozuv deb ataladi. Piktografik yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: Qabila boshliғi otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50 kishi va qabila boshliғining Baliqchi ismli safdoshi bor. Ko‘lda uch kun suzib, quruqlikka chiqqanlar.
Piktografik yozuv asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo - yozaman) yozuv paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) yozuv deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik yozuvning bir ko‘rinishi mixxatdir. Bu yozuv qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan. Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma so‘zning ma`nosini izohlaydi. Demak, logogramma bevosita predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma`nosini aks ettiruvchi shartli belgidir. Logografik (so‘z yozaman) yozuvning biroz mukammallashgan formasi ieroglifik yozuvdir (muqaddas yozuv). Bu yozuv qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir. Xitoy tilining to‘liq luғatlarida qirq mingga yaqin ierogliflar qayd qilingan. Hozirgi zamon matnlarida esa 2-5 ming atrofida ierogliflar qo‘llanadi. Xitoy yozuvi dunyodagi noyob yozuvlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi foydalanadigan yozuvlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr ierogliflariga va SHumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu yozuv o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma`noni bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma`noni ifodalaydi. Yozuvning ommaviylashuvi uchun uni, albatta, osonlashtirish, soddalashtirish va qulaylashtirish kerak edi. Uning soddalashish jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga osha boshladi: yangi tushunchalarni mavjud logogrammalar yoki ierogliflar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Mas., xitoy yozuvida: ko‘z yoshi tushunchasi- ko‘z va suv ramzi ifodasi. Unumsiz rivojlandi; logogrammalarni o‘zak sifatida qoldirib, grammatik ma`nolar uchun yangi logogrammalar o‘ylab topish; fonografik yozuvga o‘tish. Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik yozuvga o‘tish bo‘ldi. Fonogrfikyozuv. Ayrim yozuvlar, masalan, piktogramma, sillabogramma (bo‘ғin yozuv) va ideogrammalar (shartli belgi, simvol) evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi yozuv taraqqiyotida harf- yozuv davri boshlandi. Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to‘rtdan uch qismi mana shu yozuvdan foydalanadi. Harf tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil yozuv sistemasidan iborat. Lotin yozuvi asosidagi yozuvdan jahon aholisining 30%, slaviyan-krillitsa yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi.
Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling