O’zbek tilining imlo qoidalari Va soha egalarining savodhonligi bo’yicha fikr bildirish


TIRE, QO'SHTIRNOQ VA ULARNING QO'LLANILISHI


Download 1.83 Mb.
bet10/12
Sana21.04.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1374018
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu

TIRE, QO'SHTIRNOQ VA ULARNING QO'LLANILISHI

  • Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M. Karamzin (X VIII asr) kiritgan. U o'zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan.
  • Tire quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
  • 1. Dialoglardagi har bir gapning boshida.
  • Amaki, o'ylab gapiryapsizmi? Qancha yo'l yurib kel-ganimizni bilasizmi?
  • Bilmayman. Qayerdan kelganingizning menga farqi yo'q.
  • —Siz tabibmisiz o'zi?
  • —Odamlar shunaqa deyishadi. OUoh istasa, men bir vositachi bo'laman-u, dardmandga shifo yetadi. Bo'lmasayo'q.
  • Nima mening oshnamni davolashni Xudoyingiz istamayotibdimi? — dedi Kesakpolvon g'ijinib.
  • Olloh bir meniki emas, barchamizniki, — dedi chol ovozini bir parda ko'tarib. — Siz nomusulmon odamga o'xshab so'zlar ekansiz (T. Malik).
  • Bog'lamasiz qo'llangan ot kesim bilan ega orasida.
  • Til — millatning qalbi. Yer — don, dehqon — xazinabon.
  • Uyushiq bo'laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan oldin. O'zbek, qirg'iz, qozoq, turkman, tojik — barchamiz bitta yunning farzandlarimiz.
  • Muallif gapi bilan ko'chirma gap orasida. «Oddiylik axloqiy barkamollikning bosh shartidir», — deb yozgan edi. L.N. Tolstoy.

QO'SHTIRNOQ VA UNING QO'LLANILISH O'RINLARI

  • Qo'shtirnoqni amaliyotga rus olimi prof. A.A.Barsov ki-ritgan. O'zbek yozuvida u kiritish belgisi sifatida XIX asr­ning 80-yillaridan boshlab uchraydi.
  • Qo'shtirnoq quyidagi o'rinlarda ishlatiladi.
  • Ko'chirma gap qo'shtirnoqqa olinadi.
  • «Apil-tapil qilingan ishning umri qisqa'», — degan edi Sa'diy Sheroziy. I. V. Gyote shunday deb aytgari edi: «Donish-mandlik faqat haqiqatdadir». «Er kishiga zeb-u ziynat, — degan edi Alisher NaVoiy, — hikmat va donishdir.»
  • Sitatalar qo'shtirnoq ichida yoziladi.
  • Buyuk yozuvchimiz A. Qahhorning quyidagi gaplari hali-hanuz o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q: «Yozuvchi adabi-yotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab, birinchi asari bilan yashnab kiradi.
  • Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ko'nglidan chiqarib emas, qornidan chiqarib yozadi. Yozuvchilikka cho'g'day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnayveradi...»
  • Ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qo'llanayotgan, kesatiq, piching, do'q-po'pisa va shu kabi ma'nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo'shtirnoq ichida yoziladi.
  • ... oradan yana bir necha oy o'tib, uchinchi marta sud bo'lgan. Bu safar Botirovning «jinoyati» o'n bir yillik qamoq bilan «taqdirlandi» (T.Malik). «Xalq artisti», beliga o'q tekkanday erta-yu kech to'rdagi krovatga yonboshlab «Teatr» jurnalini varaqlaydi, xalq artisti bo'lmoq sirlarini axtaradi, chamasi (E.A'zamov). Toshkentda Germaniya-ning «Daymler-Bens» konserni vakolatxonasi ishlab turibdi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling