O`zbek tilining milliy korpusini yaratish muammolari


chuqur annotatsiya (tahlil)langan korpus


Download 18.06 Kb.
bet2/2
Sana15.02.2023
Hajmi18.06 Kb.
#1199027
1   2
Bog'liq
O

chuqur annotatsiya (tahlil)langan korpus (bunda har bir gapning morfologik va sintaktik qurilishi uchun tahlil mavjud);
2) rus va ingliz matnlarining parallel korpusi (bunda rus yoki ingliz tillaridagi so‘z va so‘z birikmalarning tarjimalarini topish mumkin bo‘ladi);
3) dialektal matnlar korpusi (bunda Rossiyaning turli hududlarida grammatik xususiyatlariga ko‘ra saqlangan dialektik matnlar mavjud);
4) poetik matnlar korpusi (bunda she’riyatning nafaqat leksik va grammatik, balki uning turli janrlari (sonet, epigramma, amfibrax, ularning qofiya turlari) bilan bog‘liq jihatlar mavjud);
5) rus tilini o‘rganish korpusi (bunda asosiy e’tibor rus tilining maktab programmasiga yo‘naltirilgan);
6) og‘zaki nutq korpusi (bunda magnit tasmasiga yozib olingan ommaviy va xususiy og‘zaki matnlari va 1930-2000-yillardagi kinofilmlar transkript (talaffuz) matnlari mavjud) va b.
Xullas, korpus tilshunosligi, uning milliy shakllarini yaratish, shuningdek, mavjud tajribalardan kelib chiqib o‘zbek milliy korpusining nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, uni keng jamoatchilikka tadbiq qilish mutaxassislarning galdagi dolzarb vazifalaridan biridir. Natijada o‘zbek tili mumtoz va zamonaviy matnlari, turli janrlarda yaratilgan betakror durdona asarlar “ikkinchi hayot”ga yo‘llanma oladi va kelgusida o‘zbek tilining ham ko‘p ming (ikki yuz, besh yuz ming yoki million) so‘zli lug‘atlarini yaratish imkoni tug‘iladi.
Download 18.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling