O‘zbek tilining nazariy grammatikasi
Download 31.26 Kb.
|
Abdullayeva Iroda 214-guruh
Sintaktik aloqa turlari
So'zlaming, shuningdek, gaplaming orasidagi bog'lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi: 1) teng bog'lanish, yoki teng aloqa; 2) tobe bog'lanish, yoki tobe aloqa. Teng bog'lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo'lgan biri ikkinchisiga bo'ysunmagan so'zlaming yoki gaplaming aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so'zlar yoki gaplar o'zaro teng bog'lovchilar, teng bog'lovchi vazifasidagi yuklamalar, sanash ohangi (intonatsiya) yordamida munosabatga kirishadi. 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz о ‘rganib dono bo ‘lur) 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o'rganib dono bo ‘lur). Birinchi misolda eng maqbul, go'zal sifatlari o'zaro teng bog'lanib, gapda uyushiq sifatlovchilar vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa, bilmaslik ayb emas va bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan. Tobe bog'lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo'lgan qismlar (so'zlar, ergash gapli qo'shma gap qismlari) o'zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini aniqlash, izohlash, to'ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan, to'ldiradigan qismi tobe, izohlanadigan qism hokim deb yuritiladi: Kitobni o'qimoq, qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati baland bo'lsa, qadr-qimmati ham bo'ladi (Oz-oz o'rganib dono bo 'lur). Birinchi misolda so'z birikmasi tarkibidagi so'zlardan biri hokim qism (o'qimoq, voqea). ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) tobe qism bo'lib kelgan. Ikkinchi misolda ergashgan qo'shma gapning qismlaridan biri «qadr-qimmati ham baland bo'ladi» hokim qism, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland bo‘lsa» tobe qism, ergash gap sifatida qatnashgan. SHunday qilib, bog‘lanishning ikki xil turini so'zlar orasida ham, gaplar orasida kuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog'lanish haqida «qo'shma gap» bo'limida bahs yuritiladi). So'zlar orasidagi tobe bog'lanish ikki xil bo‘ladi: 1) predikativ tobe bog‘lanish; 2) nopredikativ tobe bog'lanish. Ega va kesimning bog'lanishi predikativ tobe bog'lanish hisoblanadi va bunday bog'lanishdan gap hosil bo'ladi. Tobe (ergash) bog ‘lanishning qolgan ko'rinishlari (aniqlovchi+aniqlanmish, to‘ldiruvchi+to‘ldirilmish, hol+hollanmish) nopredikativ tobe bog'lanish bo'lib, bunday bog'lanishdan so‘z birikmasi yuzaga keladi. So'zlaming nopredikativ tobe bog'lanishi uch xil bo'ladi: 1) boshqaruv; 2) bitishuv; 3) moslashuv. Boshqaruv tobe so'zning hokim so'z talab etgan shaklda kelishi boshqaruv deyiladi. Bunda boshqariluvchi so'z bosh va qaratqich kelishigidan tashqari boshqa kelishik shaklini yoki ko'makchini olib keladi. Qaysi kelishik yoki ko'makchi bilan shakllanish boshqaruvchi so'zning ma'nosi, semantikasi bilan belgilanadi: kitobni o'qimoq, qariyalarga g'amxo'rlik qilmoq, universitetda о ‘qimoq, ishdan qaytmoq, о ‘quvchilar bilan suhbatlashmoq va boshqalar. Boshqaruv ikki xil bo‘ladi: kelishikli boshqaruv va ko‘makchili boshqaruv. Kelishikli boshqaruvda boshqariluvchi so'z kelishik shaklida qo‘llanadi: kattalarni hurmat qilmoq, toqqa chiqmoq kabi. Ko'makchili boshqaruvda boshqariluvchi so'z ko'makchi orqali shakllanadi: zavq bilan ishlamoq, telefon orqali gaplashmoq kabi. Boshqaruv usuli bilan bog‘lanish to'ldiruvchi-to'ldirilmish, hol-hollanmish munosabatlarini yuzaga keltiradi. Bitishuv Hokim va tobe so'zlaming o'zaro so'z tartibi hamda ohang yordamida birikishiga bitishuv deyiladi. Bitishuv yo'li bilan bog'lanmish sifatlovchi-sifatlanmish (yangi libos). izohlovchi-izohlanmish (shoir Erkin Vohidov). q i s m a Ho l - h o l l a n m i s h (to‘satdan uchrab qoluvchi) munosabatidagi birikmalarga xos bo'lib, qismlari ifoda materialiga ko'ra turliicha bo'ladi: 1) sifat +ot: ziyrak bola, yam-yashil dala; 2) ot + ot: temir darvoza, oltin kuz; 3) son + ot: besh kishi, о‘n tup ko‘chat; 4) olmosh + ot: barcha xalqlar, shu yo‘l; 5) sifatdosh + ot: sinalgan odam, aytilgan so 'z; 6) ravish + ot: mo‘l hosil, ko‘p xususiyatlar; 7) taqlid so 'z + ot: g'ir-g'ir shabada, tars-turs ovozlar; 8) ravish + fe'l: tez yurmoq, erta kelmoq; 9) ravishdosh + fe'l: о 'ylab gapinnoq, quvonib avtmoq; 10) taqlid so'z + fe'l: duv-duv to'kilmoq, gir-gir aylanmoq. Moslashuv o‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog‘lanishning alohida turini tashkil qiladi. Bunda so'zlardan birini hokim, birini tobe deb qarash qiyin, chunki qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo‘lak qaratqich kelishigi shaklini oladi, o‘z navbatida, qaratuvchining talabiga ko'ra qaralmish egalik affiksini qabul qiladi: bolalarning quvonchi, mening kitobim, sening daftaring, ularning vazifasi kabi. Bunda munosabatdorlik ( o'zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi. Aslida moslashuv deyilganda, tobe so'z shaklining hokim so‘z shakliga mos kelishi nazarda tutiladi. Bu holat rus tiliga xos, negaki moslashuv bilan tuzilgan qurilmalarda, jumladan, aniqlovchili birikmalarda tobe so‘z hokim so'z bilan grammatik shaklda moslashib, hokim so'z bildirgan xususiy grammatik ma’nolarga ega bo‘ladi.. O'zbek tilida qaratqich va qaralmishning munosabati yuqorida qayd etilgan birikma qismlarining munosabatidan farq qiladi. Shuning uchun bunday bog‘lanishni moslashuv deb emas, muvofiqlashuv deb izohlash lozim bo’ladi. Demak, o'zbek tilida qaratqich va qaralmishning birikishi muvofiqlashuv asosida bo’ladi. Gapda so'zlaming о‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi quyidagi vositalar orqali bo'ladi: 1. Affikslar. O'zbek tilida so'zlaming o'zaro sintaktik munosabatga kirishuvida turlovchi va tuslovchi affikslarning xizmati katta. Masalan: Chor-atrof yaproqlarning shivir-shiviriga to'Iadi . Bu gapdagi so'zlar o'zaro kelishik affikslari (-ning. -ga), egalik affiksi (-i) va shaxs-son affiksi (-di) orqali sintaktik aloqaga kirishgan. 2. Yordamchi so'zlar: ko'makchilar, bog ‘lovchilar gapda so'zlaming o'zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi. Masalan: Xalqning ulug'vorligi uning soni bilan o'lchanmaydi, yagona o'lchov uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir. («Tafakkur gulshani»). Bu gapda ot (soni) fe’lga (o'lchanmaydi) bilan ko’makchisi orqali bog ‘langan; kamoloti, barkamolligi so'zlari teng aloqaga kirishib, uyushgan ot kesim vazifasini bajargan, holda va bog‘lovchisi yordamida sintaktik munosabatga kirishgan. Ba’zi hollarda yuklamalar ham bog‘lovchi vazifasida kelib, so'zlar orasidagi sintaktik munosabatni ko'rsatib keladi. Bugundan boshlab yotoq joylarda yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu. boshqa hamma paxtaga chiqdi. Bog'lama ega va ot kesim munosabatini ifodalashga xizmat qiladigan yordamchidir. Hayotda go'zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz о 'rganib dono bo 'lur»). So'z tartibi. Gap tarkibidagi so'zlarda maxsus grammatik ko'rsatkichlar bo’lganda, ularning o'rnini almashtirish sintaktik holatni o'zgartirmaydi. Qiyoslaylik daraxtlarning tagida nozikkina maysalar ko'rinib qoladi. Nozikkina maysalar daraxtlarning tagida ko'rinib qoladi. So'zlarda maxsus grammatik ko'rsatkichlar bo’lmaganda, ulaming o‘mini almashtirish sintaktik holatga ta’sir qiladi. Qiyoslang: yam-yashil dala (aniqlovchili birikma) - Dala yam-yashil (ega, kesimdan iborat yig’iq gap). Download 31.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling