O‘zbek tilining nazariy grammatikasi


Download 31.26 Kb.
bet4/4
Sana11.02.2023
Hajmi31.26 Kb.
#1189391
1   2   3   4
Bog'liq
Abdullayeva Iroda 214-guruh

Soʻz birikmasi — ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin kecha va boshqalar. Har qanday soʻz birikmasi birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va ikki qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy — tobe qism, maʼlumot — hokim qism).
Soʻz birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga boʻlinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan soʻz birikmasi soda soʻz birikmasi hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan bir birdan ortiq soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab soʻz birikmasi deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe qism, mutaxassis — hokim qism).
Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra soʻz birikmasining 2 turi farqlanadi: ot soʻz birikmasi va feʼl soʻz birikmasi. Ot soʻz birikmasi hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan soʻz birikmasidir (yuk mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). Feʼl soʻz birikmasi hokim qismi feʼl bilan ifodalangan soʻz birikmasilaridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farqlanadi: aniqlovchili soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchili soʻz birikmasi (ukamni oʻynatdim) va holli soʻz birikmasi (tez gapirmoq, qishloqda yashamoq).
Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi.
Gap — muayyan til qonuniyatiga koʻra grammatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. Gap- soʻz, soʻz birikmalariga qarama-qarshi qoʻyiladigan sintaktik kategoriyadir. Predikativlik, modallik, xabar intonatsiyasi, marom-ohang, tugallanganlik, soʻzlar tartibi gapning muhum xususiyatlaridandir. Kommunikativlik — gapning bosh vazifasi. Gaplar quyidagi nuqtai nazardan tasnif qilinadi: a) tarkibidagi predikativ birlikning miqdoriga koʻra.
Bunda sodda gap, qoʻshma gap farqlanadi; b) kommunikativ vazifasiga koʻra. Bunda gaplar 3 tur ga boʻlinadi: darak gap, soʻrok gap va undov gap; v) estetik vazifasiga koʻra emotsional (soʻzlovchining turli emotsiyasini, emotsional munosabatlarni ifodalovchi) gap hamda intellektual (hech qanday emotsiyalarsiz faqat fikrning oʻzini ifodalaydigan, kommunikativ vazifani bajaradigan) gaplar mavjud. Gap boʻlaklari gapni tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi. Oʻzbek, umuman turkiy tillar uchun til birliklarining nutqda grammatik xususiyatlar asosida birikuvidan tashkil topgan sintaktik butunlikdan iborat gaplarga xosdir.
Download 31.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling