O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023


MAVZU: Soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari


Download 1.17 Mb.
bet44/85
Sana04.11.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1748090
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Bog'liq
Majmua O\'TSQ

15.MAVZU: Soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari
Reja:

  1. Maqola va tezis haqida tushuncha.

  2. Taqriz va annotatsiya.

  3. Rezume matni.

  4. Dastlabki ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot

  5. Kirish va asosiy qism haqida

  6. Xulosalar

  7. Havola,sitata va abzas

  8. Topshiriqlar



Maqola va uning turlari: Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettiriladi.
Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi. Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi. Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi. Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Oʻzbekiston jismoniy tarbiya instituti

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling