4-mashq. Gaplarni o‘qing. Ularni bir-biriga solishtirib, farqli jihatla-rini toping.
Biz qo‘rqmadimiz, sungusdimiz — Biz qo‘rqmadik, jang qildik. Neke qorqurbiz — Nimadan qo‘rqamiz. Turk budun yoq bolmazun! Bodun bolsun! — Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin! Xalq bo‘lsin!
5-mashq. She’rni o‘qing. Urxun-enasoy yozuvlari haqida bilganla-ringizni so‘zlab bering.
Urxun xatlariga boqing, ajoyib,
Xalqim tarixidan sado bu xatlar.
Kultegin, Xon Bilga o‘zbegim
Shuhrat bog‘idagi ulkan daraxtlar.
Qarang, mehnatlarda qavargan,
Xalqim qo‘llariga o‘xshaydi shakli.
Goh Doro kuydirgan, goh arab chopgan,
Bobomday sarg‘aygan, toliqqan, dardli,
Ohlari samoni, falakni tutgan,
Asrlar nomidan so‘zlaydi ular.
Ularning qatidan sizadi xalqi,
Kultegin boshida chekkan qayg‘ular.
Hozirda dong‘i zo‘r ayrim yozuvlar,
Ixtirosin kutib yotgan paytida.
Bobomning buvimga ishqi har sahar,
She’r bo‘lib yongandi urxun xatida.
Urxun yozuvlari — ko‘zimga ziyo,
Bobolardan qolgan tabarruk meros.
Siz bitilgan toshni aylab to‘tiyo,
Ming bora ko‘zlarga surtsak-da, bu oz!
(Abdulhay Sobirov)
Uyga vazifa: Nuqtalar o`rniga i yoki u unli harflaridan mоsini qo`yib, so`zlarni ko`chiring.
Bul...t, bal...q, bo`l...m, o`r...n, tutq...ch, bo`y...n, tuz...m, tuz...sh, kum...sh, ko`m...sh, b...g...z, mud...r, mumk...n, ko`ng...l, qo`y...n, to`lq...n, huq...q, ho`k...z, tush...ncha, tush...nish, tush...sh, tuх...m, tug`r...qхоna, хоt...n, uyq...,. bult...r, butk...l.
Do'stlaringiz bilan baham: |