Matn
Ma’lum muddatga belgilangan ish, vazifaning qay darajada bajarilganlìgi haqidagi axborot
bayoni
(lavozim nomi) (imzo) (ismi, familiyasi)
Sana
Tushuntirish xati shakli:
tashkilot nomi, rahbarning lavozimi,
ismi, familiyasi+ga
tushuntirish xati yozuvchining
lavozimi,
ismi familiyasi+ning
TUSHUNTIRISH XATI
O‘qish (ish)ga kelganligi, topshiriqni bajarmaganligi va boshqa holatlarning sababi
izohlanadi.
Asoslovchi hujjat bo‘lgan taqdirda ilova etilganligi bildiriladi.
(Ilova:)
sana (imzo) ismi, familiyasi
Tushuntirish xati namunasi:
TDAU Agronomiya fakulteti dekani prof.
A.S.Ibodullayevga
3-kurs 15guruh
talabasi Saidov Muzaffarning
TUSHUNTIRISH XATI
Men kasalligim tufayli 3-bosqichning V semestri uchun rejalashtirilgan fanlardan
yakuniy baholash ishlarini belgilangan vaqtda topshira olmadim.
(Ilova:)
sana (imzo) ismi, familiyasi
Ariza namunasi:
Toshkent davlat agrar universiteti
“Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi iqtisodiyoti” fakulteti
“Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish” yo‘nalishi
dekani N.Noraliyevga
1-bosqich talabasi Najim Toshqulovdan
A R I Z A
Viloyatdan kelganligimni e’tiborga olib, menga 14-sonli talabalar yotoqxonasidan joy
berishingizni so‘rayman.
2019 .16.09.
(imzo)
N.Toshqulov
Mavzu bo‘yicha testlar:
Do'stlaringiz bilan baham: