O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
OTSQ qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Omonim iboralar.
- 3. Antonim iboralar.
- Amaliy qism 1-mashq.
frazeologiya deb ataladi.
Ibora (frazeologizm) tarkibida kamida ikkita so‘z qatnashadi, lekin ular umumlashgan holda bitta ma`noni anglatadi. Ya`ni ibora ma`no jihatdan bitta so‘zga teng bo‘ladi. Masalan, og`zi qulog`ida (xursand), yog` tushsa yalagudek (toza), qo‘li ochiq (saxiy) va boshqa. Iboralar uslubiy bo‘yoqqa boy bo‘ladi. Shuning uchun ulardan fikrni ta`sirchan qilib ifodalashda keng foydalaniladi. Ibora turg`un birikma bo‘lib, nutqda doimo birga qo‘llaniladi. Agar ularni yolg`iz holda qo‘llasak ma`no buziladi. Masalan, qo‘y og`zidan cho‘p olmagan iborasini olib ko‘raylik. Bu yuvosh degan ma`noni anglatadi. Unda to‘rtta so‘z (qo‘y, og`iz, cho‘p, olmagan) ni ajratib yuborsak ibora buziladi. Iboralar ma`no jihatdan 3 turga bo‘linadi. 1. Omonim iboralar. Yozilishi, aytilishi bir xil, ma`nolari har xil. Masalan, uyni boshiga ko‘tardi // onasini boshiga ko‘tardi. 2. Sinonim iboralar. Yozilishi, aytilishi har xil, ma`nolari bir-biriga yaqin iboralar. Masalan, ataladan suyak chiqqanday // tomdan tarasha tushgandek. 3. Antonim iboralar. Ma`nolari bir-biriga zid bo‘lgan iboralardir. Masalan, qo‘y og`zidan cho‘p olmagan // yulduzni benarvon uradi. Savol va topshiriqlar 1.Leksika nima? 2.Leksikologiya nimani o‘rganadi? 3.So‘zning leksik ma'nosi deganda nimani tushimasiz? 4.So‘zning grammatik ma'nosi nima? 5.Leksema va so‘z nimasi bilan bir-biridan farq qiladi? 6.Ko‘p ma'noli so‘zlar nima? 7.Ko‘chma ma'no qanday aniqlanadi? 8.To‘g‘ri qanday aniqlanadi? Amaliy qism 1-mashq. Quyidagi gaplardan iboralarni toping, ularning ma`nolarini tushuntiring. 1. O‘n bir yasharida paranji yopinmagan qizdan qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa uravering. 2. Ko‘zimning yog`ini yeb, boshimga ish tushganda qochdingiz. 3. Bas, pichoq borib suyakka yetdi. 4. U bir hafta bo‘yi qovog`ini ochmadi. 5. Musobaqada ko‘z bo‘yash bilan yutgan yekansiz-da, To‘tixon! 6. Boshimni qotirma, jiyan, qoy. 2-mashq. Sinonim iboralarni aniqlang va ma`no nozikligini tushuntiring. 1. Ilonning yog`ini yalagan. 2.Qovog`idan qor yog`adi. 3. Og`zi qulog`ida. 4. Boshi ko‘kka yetti. 5. Do‘ppisini osmonga otmoq. 6. Tepa sochi tikka bo‘ldi. 7. Mum tishlab qoldi. 8. Aravani quruq olib qochmoq. 9. Yoqasini ushlamoq. 10. Qo‘ynini puch yong`oqqa to‘ldirmoq. 3-mashq. Antonim iboralarni toping va ma`nosini izohlang. 1. Po‘stagini qoqmoq. 2. Ko‘ziga qon to‘lmoq. 3. Oyoq osti qilmoq. 4. Tutgan yeridan kesadi. 5. Og`ziga tolqon solmoq. 6. Labi labiga tegmaydi. 7. Barmog`ini tishlamoq. 8. Boshida yong`oq chaqmoq. 9. Suvga tushgan bo‘lka nondek. 10. Beli baquvvat. 11. Cho‘ntagi baquvvat. 12. Ko‘zi och. 4-mashq. “Mug`ombir” so‘ziga sinonim bo‘lgan iborani toping. Oyog`ini tirab olmoq, jig`ildoniga urmoq, ko‘z tikmoq, ko‘ngli to‘q, ilonning yog`ini yalagan, ko‘zining paxtasi chiqmoq. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling