O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
OTSQ qollanma
Yozuvning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi
kishilarning o‘zaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik xarakterdagi axborotlarni qayd etish, saqlash zaruriyati bilan bevosita bog‘liq. Xalqlarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; ishlab chiqarish va savdo kengayadi; boshqa xalqlar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va boshqa shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli ko‘rinishlari shakllanadi; xalqlarning o‘z tarixini bilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bularning barchasini faqat og‘zaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda yozuv zaruriyatga aylanadi. Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnoseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba, bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari va boshqa qimmatli axborotlarning barcha-barchasi avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Yozma nutqning asosiy xususiyati axborotni uzoq muddat davomida saqlash imkoniyatidir. Yozma nutqning asosiy vazifasi – og‘zaki nutqni qayd qilish, uni zamon va makonda saqlashdan iborat. Kishilar o‘rtasida bevosita muloqot qilish imkoni bo‘lmaganda, odamlar zamon va makonda ajralib qolganda, yozma nutq insonlar o‘rtasida aloqa-aralashuv vositasini o‘taydi. Muloqotning texnik vositasi – telefonning rivoj topishi xatning rolini pasaytirdi, Faksning paydo bo‘lishi va Internet tizimining tarqalishi makonni bosib o‘tishga yordam berdi va bugunda nutqning yozma shaklini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Yozma nutqning asosiy xususiyati axborotni uzoq muddat davomida saqlash imkoniyatidir. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling