O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Download 1.77 Mb.
bet65/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Nazorat topshiriqlari:

    1. Fitratning tovush o’zgarishlari xususidagi fikrlarini izohlang. Uning til qonuniyatlarini o’rganishdagi o’rnini belgilang.

    2. Fitratning so’zshunoslikdagi g’oya va xizmatlarini sharhlang. Uning hozirgi tilimizga munosabatini belgilang.

    3. Fitratning atamashunoslik sohasidagi qarashlarini sharhlang. Hozirgi tilshunoslikdagi qarashlar bilan uni qiyoslang, munosabatingizni bildiring.

3-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
Fitratning sarfshunoslik (morfologiya) yuzasidan bildirgan g’oyalarini izohlash. So’zlarning tubligi, yasamaligi haqidagi qarashlarini sharhlash.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Fitratning morfologiya sohasidagi fikrlarini sharhlaydi.

    2. So’zlarning tubligi, yasamaligi xususidagi qarashlarini izohlaydi.

3-asosiy savolning bayoni:
Fitrat – sarfshunos.
Abdurauf Fitrat o’zining “Tilimiz” nomli maqolasida “Sarf”ning turkchasi bo’lmaganligi sababli shu atamadan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini qayd etadi va o’zining o’zbek tili grammatikasiga bag’ishlangan birinchi kitobini shu nom bilan ataydi. Kitobda nutq tovushlari, nutq tovushlarida bo’ladigan o’zgarishlar haqida fikr bildirgach, “So’z va uning turlari” borasida to’xtaladi. So’zga qo’yiladigan mezonlarni sharhlagach, olim so’zning ma’lum bir bo’g’ini boshqalariga nisbatan qattiqroq aytilishi, bu o’sha so’zning urg’usi bo’lib, u doim so’z oxiriga tushishi haqidagi fikrlarini bayon etadi.
Abdurauf Fitrat o’zicha maxsus ohang, bosimga ega bo’lib, ma’lum bir ma’noni anglatgan tovushlar to’dasini so’z deb sharhlab bo’lgach, ularni: ot, sifat, fe’l, olmosh, ko’makchi so’zlari kabi qismlarga ajratadi. Ko’rinadiki, so’zlarni bunday guruhlashtirish Mahmud Qoshg’ariyning tavsifi bilan o’zaro monandlikni yuzaga keltiradi.
Fitrat so’zlarni guruhlarga ajratish va shu guruhlar bo’yicha tahlil etishga kirishar ekan, avvalo o’sha so’zning o’ziga xos xususiyati, ya’ni shu so’z anglatgan ma’noni ularni ma’lum guruhga ajratuvchi mezon deb oladi.
Chunonchi, olim narsaning nomini bildiruvchi so’zlarni tahlil etar ekan, “quyosh, bulut, yog’och, temir, Ahmat” deganda shu so’zlarning har biri birga bir narsani eslatadi. Boshqacha aytganda, bu so’zlarning har biri bizga eslatkani narsaning otidir. Bildirgani ma’noda ot bo’lib taqalgan so’z “ot”dir deb ta’kidlaydi. Shu ot guruhidagi so’zlarning ma’no munosabatlari haqidagi g’oyasini davom ettirar ekan, “Ot ma’nosining tutash ko’zga ko’rinarlik narsa bo’lishi lozim emas. Es, qayg’u, mung, zulum kabi. Ma’nosi ko’zga ko’rinmas “ot”lar ham bordir” deya aniq va mavhum otlarni bir-biridan ma’nosiga qarab farqlab sharhlaydi.
Fitrat “qizil olma, qaro toxto, uzun yog’och, yirok kent” kabi birikmalarda “olmo,toxto, yog’och, kent” so’zlari biror ot bo’lgani holda, bu otlarning “nuchuklik” (Fitrat atamasi) larini anglatmoq uchun “qizil, qoro, uzun, yiroq” so’zlari unlarga qo’shilgandir deya ta’kidlaydi. Va grammatikada bu so’zlarning birinchisi “sufat”, keyingisi “sufatli” deb nomlanishini uqtiradi: “Bir otning “Nuchuklik”larini anglatmoq uchun uning bosh tomoniga keltirgan so’ziga “Sufat” va shu otning o’ziga “sufatli” deyiladir”.
Abduruf Fitrat kitobining “Fe’l” so’zlar guruhiga oid qismida bu turkumdagi so’zlarning harakatni, shu harakatni bajargan shaxsning so’zlaguvchiga nisbatini, ish harakatning qaysi zamonda bo’lganligini anglatishini misollar asosida tahlil etadi: yaz-d-o’m, uq-d-m, bor-or-mz, kel-ar-sz. Ko’ramizki, har bir so’zimiz uchka bo’lindi. Bunlarning birinchi bo’laklari biror ishni, uchinchi bo’laklari shu ishni ishlaganning so’zlaguvchiga nisbatini, ikkinchi bo’laklari shu ishning qaysi zamonda bo’lg’onini bildirmak uchun aytilgandir. Mana shunday so’zlar fe’l deb ataladir.”
Olimning ta’kidlashicha, fe’lning birinchi bo’lagi “o’zak”, ikkinchi bo’lagi “zamon belgisi”, uchinchi bo’lagi esa “ishlovchi” belgisidir. Ayni paytda fe’l, ot, sifat bo’lmagan so’zlardan boshqalari “ko’makchi so’z” deb izohlanadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling