O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Download 1.77 Mb.
bet73/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Nazorat topshiriqlari:

  1. G’ozi Olim Yunusovning hayoti haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qiling.

  2. G’ozi Olim Yunusov nima sababdan turli ekspeditsiyalar uyushtirdi deb o’ylaysiz?

  3. G’ozi Olim Yunusov o’zbek tilining qaysi yo’nalishlarida ish olib borganligini sharhlang.

  4. G’ozi Olim Yunusovning o’zbek shevalarini o’rganish tarixini izohlang.

Testlar:

1. O’zbek shevalarini olim qaysi asarida guruhlashtirgan?


a) «O’zbek lahjalarini tasnifda bir tajriba» da
v) «O’rta Osiyo turklarining yangi alifbosi»da
s) «O’zbek tili»da
d) «Yangi o’zbek lotin alifbosini o’rganish uchun»da
e) «O’zbek urug’laridan qatog’onlar va ularning tili»da

2. G’ozi Olim Yunusov o’zbek shevalarini necha lahjaga bo’ladi?


a) bo’linmaydi
v) 2 lahjaga
s) 3 lahjaga
d) 4 lahjaga
e) 5 lahjaga
3. Qaysi qatorda G’ozi Olim Yunusovning tilshunoslikka oid asarlari qayd etilgan?
a) O’zbek tili, «Alla» to’g’risida bir-ikki og’iz so’z, «Alpomish» dostoni.
v) O’zbek tili, o’zbek urug’laridan qatag’onlar va ularning tili, o’zbek lahjalarini tasnifda bir tajriba, Yangi o’zbek lotin alifbosini o’rganish uchun.
s) O’zbek urug’laridan qatag’onlar va ularning tili, O’g’uz lahjasi, Tilshunoslikka kirish, Andijon lahjasi.
d)O’zbek lahjalarini tasnifda bir tajriba, «Alpomish» dostoni, o’zbek tili.
e)Yangi o’zbek lotin alifbosini o’rganish uchun, O’zbek tilining grammatikasi, O’zbek tilida aniqlovchilar.(kategoriya-idrok)
2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
Ulug’ Tursunovning hayoti bilan tanishtirish. olimning ilmiy yo’nalishlari haqida so’z yuritish. Ulug’ Tursunov va o’zbek tilshunosligi masalasi borasida fikr bildirish.

Identiv o’quv maqsadlari:



    1. Ulug’ Tursunov hayoti bilan talabalarni tanishtiradi.

    2. Olimning ilmiy yo’nalishlari haqida fikr bildiradi.

    3. Ulug’ Tursunov va uning o’zbek tilshunosligiga munosabatini belgilaydi.

2-Asosiy savolning bayoni:
Ulug’ Toshmuhamedovich Tursunov 1905 yil 9 yanvarda Qo’qon shahrida tug’ilgan. Otasi vafotidan so’ng 1919 yildan 1921 yilgacha bolalar uyida tarbiyalandi. So’ng Farg’ona pedagogika texnikumida (1921-1924) o’qidi. Marg’ilon shahrida (1924) o’qituvchi, Qo’qondagi 1,4-bolalar uyida (1925-1927) tarbiyachi, ilmiy mudir bo’lib ishladi. Leningrad Sharqshunoslik institutida (1927-1930) o’qidi. 1930-1931 yillarda Til va terminologiya komitetida ilmiy xodim va SAGU pedagogika fakultetida o’qituvchi, ayni paytda Toshkentdagi tojik agro-pedagogika instititutida dotsent, o’zbek tili va adabiyoti kafedrasining mudiri bo’lib ishladi.
Domla Madaniy qurilish ilmiy tekshirish institutida (1932-1933) lingvistika sektorining boshlig’i, A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutining (1934-1936) direktor o’rinbosari va lingvistika sektorining mudiri bo’lib ishladi.
Ulug’ Tursunovning 1936 yildan keyingi hayoti va faoliyati avvalgi O’zGU va hozirgi SamGU bilan bog’liq. 1936 yildan to umrining oxirigacha(1971) «O’zbek tilshunosligi» kafedrasining mudiri vazifasida ishladi.
Ulug’ Tursunov 1941 yil 21 iyunida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun «O’zbek tilida so’z turkumlarining yasalishi» maavzusida dissertatsiya yoqladi. 1941 yil iyulidan 1046 yilgacha harbiy xizmatda bo’lgan. 1958 yilda olimga professorlik unvoni berildi.
Professor Ulug’ Toshmuhammedovich Tursunov 100 dan ortiq ilmiy, amaliy, metodik xarakterdagi asarlar muallifidir. Domlaning ilmiy faoliyati ko’p qirrali va g’oyat salobatlidir.
Olim «Tilshunoslikdagi chalkashliklarga qarshi» (1952), «Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida»(1955), «Eksperanto nima?»(1959), «Darslikni mukammallashtirish yo’lida»(1960), «E.D.Polivanov i voproso’ evolyutsii yazo’ka»(1966), «Nutq madaniyati to’g’risida»(1966) kabi tadqiqotlarida tilning qurilishi, rivojlanishi, tilning ijtimoiyligi, tilning tafakkur bilan bog’liqligi kabi masalalarni atroflicha tahlil etadi.
«O’zbekchada fe’llarning yasalishi»(1930), «O’zbek tilida so’z turkumlarining yasalishi»(1941), «O’zbek tilida so’ng ko’makchilar»(1947), «O’zbek tilida fe’l darajalari»(1956), «Hozirgi zamon o’zbek tili»(1960), «Hozirgi o’zbek adabiy tili»(1965), «O’zbek tili leksikasining ba’zi masalalari»(1971) kabi ishlarda Ulug’ Tursunov so’z, so’zning shakllari, so’z yasalishining morfologik va sintaktik usullari, so’z turkumlarga ajratishda asosiy belgilar haqida fikr yuritadi.
Domlaning leksikologiya va morfologiyaga bag’ishlangan «Hozirgi o’zbek adabiy tili» (Sh.Rahmatullaev, J.Muxtorovlar bilan hamkorlikda) darsligi qayta-qayti nashr etilmoqda.
Ma’lumki, atamashunoslik masalasi hamisha,hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan. Xususan bu muammo 30-40 yillarda g’oyat munozarali kechgan. Ulug’ Tursunov ilmiy faoliyati atamashunoslik bilan ham aloqador. Chunonchi, «O’zbek terminologiyasi printsiplari»(1932), «Terminologiya masalalari»(1933), «Terminologiyada panislomizm va panturizmlarga qarshi»(1933), «Til va terminologiyada burjua intilishiga qarshi»(1933), «O’zbek tilshunoslik terminologiyasining boyish yo’llari»(1960), «Puti obogoshenie uzbekskoy terminologii»(1960), «Iz istorii razvitiya uzbekskoy terminologii»(1966) kabi ishlarda olim terminologiyaning boyish yo’llari, terminlarni yasash usullari, ayni paytda terminologiyaning manbalari haqida fikr yuritadi.
O’zbek tili turkiy tillar ichida ko’p shevaliligi bilan ajralib turadi. Lahjalar adabiy tilni boyitib, uni oziqlantirib turuvchi asosiy manba sanaladi. Shuning uchun U.Tursunov tilshunoslikning bu yo’nalishiga ham alohida e’tibor berdi. Muallifning dialektologiyaga oida fikrlari «O’zbek dialektologiyasi o’z rivojlanishining yangi bosqichida»(1960), «O sostoyanii izucheniya uzbekskix govorov Samarkandskoy oblasti»(1960), «Samarqand oblastidagi o’zbek xalq shevalarini klassifikatsiya qilishga doir materiallar»(1953), «Xalq shoirlari asarlarini o’rganishning o’zbek dialektologiyasi fani uchun ahamiyati»(1963), «O’zbek dialektologiyasiga qo’shilgan salmoqli hissa»(1966), «Shevalar leksikasi tadqiqi»(1967) kabi ishlarida o’z aksini topgan.
Ulug’ Tursunov so’z, so’zning qudrati, nutqdagi o’rniga jiddiy etibor berardi. Shuning uchun olim nutq madaniyatiga bag’ishlab «Shoirning poetik tili haqida» (1959), «Ob opredelenii ponyatiya stilya pisatelya» (1968), «Epitet to’g’risida ba’zi bir mulohazalar» (1970), «O’zbek adabiy tilida stilistik sinonimlar» (1971) kabi g’oyat qimmatli asarlar bitdi.
O’zbek tilining tarixiy ildizi g’oyat chuqur. Ayni paytda til tarxi bitmas-tuganmas manbaga ega. Shu bois domla bu soha bo’yicha ham ilmiy kuzatishlar olib boradi. Iqtidorli shogirdi, filologiya fanlari doktori, professor B. O’rinboev bilan hamkorlikda «Alisher Navoiy va o’zbek adabits tili» (1968), «O’zbek adabiy tili tarixi ocherklari» (1969), «Alisher Navoiy asarlari tilida leksik va grammatik normalarning belgilanishi» (1971), «O’zbek adabiy tili tarixi» (1982) va boshqa qator asarlar bitdi.
O’zbek tilshunosligi tarixida yorqin iz qoldirgan Ulug’ Tursunov xususan, Samarqand tilshunosligi maktabining shakllanishi va rivojiga munosib hissa qo’shdi.
Nazorat topshiriqlari:

  1. Ulug’ Tursunov hayoti haqida ma’lumot bering (kategoriya-idrok)

  2. Ulug’ Tursunov o’zbek tilshunosligining qaysi sathlari bo’yicha faoliyat ko’rsatganligini izohlang (kategoriya-analiz)

  3. O’zbek terminologiyasi va Ulug’ Tursunov munosabatini belgilashga harakat qiling (kategoriya-analiz)

4. O’zbek dialektologiyasi va Ulug’ Tursunov munosabatini izohlang (kategoriya-analiz)
5. O’zbek leksikologiyasi va Ulug’ Tursunov munosabatini izohlang (kategoriya-analiz)
6.O’zbek morfologiyasi va Ulug’ Tursunov munosabatini izohlang (kategoriya-analiz)

  1. Til tarixi va Ulug’ Tursunov munosabatini izohlang (kategoriya-analiz)

  2. Nutq madaniyati va Ulug’ Tursunov (kategoriya-analiz)

  3. Samarqand tilshunosligi maktabi va Ulug’ Tursunov (kategoriya-analiz)

  4. Ulug’ Tursunov va o’zbek tilshunosligi (kategoriya-analiz)

Adabiyotlar:

  1. Yunusov G’. O. O’zbek lahjalarini tasnifida bir tajriba. 1936 Toshkent

  2. Yunusov.G’.O. O’zbek urug’laridan qatag’onlar va ularning tili. Toshkent 1930

  3. Zufarov S. G’ozi Olim Yunusov. O’TA, 1966, 2-soni, 66-67 b

  4. Tursunov U, Muxtorov J, Rahmatullaev Sh. O’zbek adabiy tili tarixi. Pedagogika institutlarning filologiya fakultetlari studentlari uchun qo’llanma. Toshkent , O’qituvchi, 1982

  5. Tursunov U, O’rinboev B, Aliev A. O’zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, O’qituvchi. 1995

  6. O’rinboev B. Tilshunosligimiz jonkuyari O’TA. 1980. 2-son, 79-82-bet.



Ayyub G’ulom va o’zbek tilshunosligi.


“Til tarixi fani predmeti va mazmuni mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi


Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling