Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Biotoponim – jonli mavjudotlar nomiga nisbat berib yasalgan toponimlar. 26. Venusonim


Download 128.86 Kb.
bet36/53
Sana03.12.2023
Hajmi128.86 Kb.
#1796960
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
ONOMASTIKA fani

Biotoponim – jonli mavjudotlar nomiga nisbat berib yasalgan toponimlar.
26.
Venusonim – (lotincha Venus – Venera, onoma – atoqli ot) – Venera sayyorasidagi har qanday tabiiy-fizikaviy ob’ektlarning atoqli oti. Astrotoponim turi.
27.
Gapiruvchi antroponim – badiiy adabiyot tilida o‘zi anglatayotgan shaxs yoki ob’ekt haqida ijobiy yoki salbiy ma’no tashuvchi, uni biror tomondan xarakterlovchi atoqli ot (ism).
28.
Gelonim – (yunoncha gelos – botqoq, onoma – atoqli ot) – botqoqning atoqli oti. Gidronim turi.
29.
Genonim – (yunoncha genos – urug‘, oila, nasl-nasab, onoma – atoqli ot) – urug‘, avlod-ajdod va ular tarmoqlarining atoqli oti.
30.
Geomorfologik oykonimlar – erning tuzilishi, sathi bilan bog‘liq bo‘lgan ahldi punktlarining nomlari. Masalan: Tepaqishloq, G‘ortoepa, YAssitepa kabi.
31.
Geortonim – (yunoncha georto – bayram, onoma – atoqli ot) – har qanday bayram, festival, xotra kunlari va mana shunday marosim va tadbirlarga berilgan atoqli ot. Ideonim turi.
32.
Gidronimlar – (yunoncha gidro - suv) – suv ob’ektlarining, ya’ni dengiz, daryo, ko‘l, soy, ariq, buloq, quduq singarilarning atoqli otlaridir. Masalan: CHimqo‘rg‘on suv ombori, Naymansoy kabi.
33.
Gipponim – (yunoncha gippos – ot, onoma – atoqli ot) – zotli otlarga beriladigan laqab nomlar: Boychibor, G‘irko‘k, Qamishquloq va boshqalar. Zoonim turi.
34.
Dialektal antroponimiya – 1) biror xududiy lahjada uchraydigan antroponimlar majmui, boyligi; 2) Lahjaviy xususiyatga ega bo‘lgan kishi atoqli otlari.
35.
Diminutiv – kichraytirilgan shakldan toponimlarning yasalishi; O‘zbekistonda –cha, -chak, ba’zan –ik affikslari diminutiv shakldagi toponimlar yasashga xizmat qiladi; bunday toponimlar otlardan (Xisorak, Xumdonak kabi), sifatlardan (Ko‘kcha, Oqcha, Qoracha kabi), etnonimlardan (Do‘rmoncha, Naymancha kabi) yasalishi mumkin.
36.

Download 128.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling