O‘zbek tilshunosligi kafedrasining –yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma


Download 14.42 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.42 Kb.
#1569584
Bog'liq
1 Bayonnoma Baxtiyor


O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASINING –YIG‘ILISHI
BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA
Rais –
Kotib –
28.05.2022
Qatnashdilar:
f.f.d.dots.B.Bahriddinova (rais), f.f.d.dots.X.Jabborov, f.f.d.T.Jumayev, dots. E.Jabborov, dots. N.Yuldosheva, dots.O.O‘rinova, dots.O.Shukurov, dots.G.Tojiyeva, dots. Norxadjayeva, f.f.f.d. X.Yuldosheva, f.f.f.d.B.Sulaymonov, f.f.f.d.Z.Rahmatova, f.f.f.d. V.Nafasova, M.Nabieva, F.Hamroyev, D.Abatov, I.Ro‘ziev; doktorantlar: K.Jumayeva, O.Xo‘jamurodova, I.Nurmurotov; kabinet mudiri R.Nabieva.


KUN TARTIBIDA:
Har xil masalalar.
Filologiya fakulteti tyutori, B. Toshtemirovning “Sirojiddin Sayyid she’riyatining lingvopoetikasi” mavzusida fan doktori (PhD) dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbarini tasdiqlash to‘g‘risida.
ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish raisi B.Bahriddinovaning axboroti tinglandi. Filologiya fakulteti tyutori B. Toshtemirovning “Sirojiddin Sayyid she’riyatining lingvopoetikasi” filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyaси ustida ish olib borayotganligi va ilmiy rahbar sifatida filologiya fanlari doktori, dotsent G. Tojiyeva rozilik xati berganligi xususida gapirib, mavzuning reja va asosnomasi bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
So‘zga chiqdilar: filologiya fanlari doktori X.Jabborov so‘zga chiqib, mavzuning dolzarbligi hamda o‘zbek tilshunosligida tadqiq qilinishi zarurligi xususida to‘xtaldi. Yig‘ilish qatnashchilaridan T.Jumayev, N.Yo‘ldasheva, E.Jabborovlar fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Majlis raisi B.Bahriddinova B. Toshtemirovning dissertatsiya mavzusi hamda ilmiy rahbarini ma’qullash va tasdiqlashni fakultet kengashidan so‘rash taklifini kiritdi.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Qaror qilindi:

  1. Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti tyutori B. Toshtemirovning “Sirojiddin Sayyid she’riyatining lingvopoetikasi” mavzusida fan doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya ishi mavzusi tasdiqlansin.

  2. Dissertatsiyaga ilmiy rahbar etib, Qarshi davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori G.Tojiyeva tasdiqlansin.

  3. Ushbu qarorning tasdig‘i fakultet Ilmiy kengashidan so‘ralsin.

Yig‘ilish raisi: B.Bahriddinova


Kotib: F.Maxmudova
Download 14.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling