Ifor taratmoq, taralmoq, bo‘y taratmoq.
Yoqimli hid taratmoq ma’nosi ostida birlashgan bu fe‟llar mano bo‘yoqdorligining oshishiga qarab darajalanadi.
Bahorda turli gullar ifor taratib, havo o‘zgacha bo‘ladi. Nuridiydamning yuzlaridan nur taralardi.
Ayoldan yoqimli bo‘y taralardi.
Yalinmoq, yolvormoq, iltijo qilmoq.
Bu fe’llarni drajalanish qatoriga joylashtirishda ular ifodalagan ma’no boyoqdorligiga asoslandik va shunga muvofiq darajalab chiqdik.
Amakingga ham o‘zim “uzoq shaharga olib keting shuginani, bir etak bolamdan hech bo‘lmasa birovginasi dunyo ko‘rsin” deb yalinganman.
Yolvoraman bizni tashlab ketmang, onajon.
Uning kata-katta qora ko‘zlaridan tinmay yoshroq, buzog‘ining jonsiz tanasini yalar, hech kimni bolasiga yaqinlashtirmas, xo‘ngrab mo‘rar, najot so‘rar, iltijo qilardi.
Chidamoq, sabr qilmoq, toqat qilmoq.
Nimagadir bardosh bermoq ma’nosi bu fe’llar uchun umumiylikni tashkil qilsada, lekin ma’no darajalanishning oshishiga qarab oshib boradi.
Ayol hamma qiyinchiligu xo‘rliklarga, turmushning mushtiga chidab yashaydi. Bergan baxtingga shukur qildim, g‘amingga sabr qilolmadim.
“bevaqtgina onama, otam uylanganiga hech toqat qilolmayaptimikin, o‘n yil o‘tayotgan bo‘lsayam ko‘nmayaptimikin?!... Yoshgina ketgan onama”(G. E, Olmalar)
Qoniqmoq, ko‘ngli to‘lmoq. Biror voqea yoki ish ko‘nglidagidek bo‘lmoq ma’nosini bildiradi. Va bir-biridan bu fe’llar ma’no ifodalash darajasiga ko‘ra farqlanadi.
Bu qilgan ishingdan ana endi qoniqadi.
Chalgan musiqang menga yoqdi, endi sendan ko‘nglim to‘ldi. Ko‘ngli og‘rimoq, yuragiga tegmoq, dili qon bo‘lmoq.
Bu fe‟llar esa nimadandir xafa bo‘lmoq ma’nosida birlashadi lekin bu fe‟llar ham ma’no bo‘yog‘ining oshib borishiga qarab farqlanishini kuzatamiz.
Bunchlar dilozorlik qilma, gaplaring ko‘nglimni og‘rityapti.
Forsiyni bilmasam, ma’nosini tushunmasamda noladan dilim qon bo‘ldi.(G. E, Tiyramoq tushlari)
Do'stlaringiz bilan baham: |