O‘zbek tilshunosligida graduonomiya hodisasining ilmiy tadqiqi


O‘ylamoq, fikrlamoq, mulohaza qilmoq


Download 64.95 Kb.
bet16/23
Sana03.11.2023
Hajmi64.95 Kb.
#1744131
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Xolnazarov Abdulla

O‘ylamoq, fikrlamoq, mulohaza qilmoq. Bu fe‟llarning darajalanish qatorining boshini tashkil qilgan o‘ylamoq fe’lining boshqa ma’nosida qo‘llanganda bu fe‟llarga ma’nodosh bo‘ladi. Shu munosabatiga ko‘ra darajalanishni tashkil qiladi.
Bu mavzu haqida chuqur o‘yladi.
U bu mavzu haqida tunu kun fikrlardi. Bu ishni chuqur mulohaza qildi.
Umid qilmoq, istamoq, xohlamoq. Bu fe’lar istak xohishni kuchayib borishini ifodalaydi va bu fee’llarning umumiy ma’nosini tashkil etadi, shunga qararamay bu fe’llar orasidagi ma’nodarajasidagi farqni kuzatishimiz mumkin. Va shu ma’noni darajasiga qarab graduonimik qatorga joylashtiramiz. Yo, Razzoq, seni umid qilib, hayratlanib va hatto anglamay sevaman, biroq qo‘rqib sevsam ishonma, qo‘rqib sevsam bu sevgimdan quvonma, qo‘rqsam
aldayman, aldasaam do‘st bo‘lolmayman…… na o‘zimga, na-da senga….. ( G. Ernazarova, Tiyramoq tushlari)
Men ham sen buyurganingday emas,o‘zim istaganimcha yashashni istayman. (G. Ernazarova, tiyramoq tushlari)
Men seni ko‘rishni qanchalik xohlashimni bilsang edi.
Sezmoq, anglamoq tushunmoq. Bu darajalanish qatorini boshida turgan sezmoq fe’li sezgi organlari orqali his etmoq ma’nosini anglatadi va shu munosabatni ifodalanishiga qarab darajalanish ortib boradi. Shu munosabatning ortishiga asoslanib darajalanish qatorini tuzdik.
Men qilayotgan ishimning xatoligini ich ichimdan sezib turardim. Ana endi sening bu ishdan maqsading aslida nima ekanini angladim. Seni juda yaxshi tushundim.


Esdan chiqarmoq, unutmoq. Bu fe‟llar anglatgan umumiy ma’no yodidan, xotirasidan ko‘tarilmoq ma’nosi bo‘lsada, bu fe’llarda ham darajalanish kuzatiladi va ularni quyidagicha darajladik hamda fikrimizni misollar bilan ko‘rsatishga harakat qildik.
Men sen haqingdagi barcha xotiralarni allaqachon esimdan chiqarganman. Maktab yotqxonasida o‘tkazgan birinchi tunimni hanuz unutolmayman. (G.Ernazarona, tiyramoq tushlari.)

Achinmoq, afsuslanmoq, pushaymon qilmoq.


Bu fe’llar afsuslanish ma’nosini o‘zida umumiy ma’no sifatida saqlasada, lekin baribir ma’noning past darajadan yuqori darajaga ko‘tarilib borishini ko‘ramiz, buning aniqroq ifodsini misollardan anglaashimiz mumkin.
Bugun uning uchun dunyo faqat oq va qora ranglardangina iborat, endi u hech kimni sog‘inmaydi, hech kimga achinmaydi (doimiy sogg‘inch ham oxir oqibat odamni bag‘ritosh qilib qo‘yarkan) ( G. Ernazarova, tiyramoq tushlari)

Download 64.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling